"Mening raqamli huquqlarim" tanlovi to'g'risidagi NIZOM

"Mening raqamli huquqlarim" tanlovi to'g'risidagi NIZOM

www.mjdc.uz

Версия на русском языке


1. Umumiy qoidalar.

1.1. Mazkur ijodiy ishlar tanlovini o'tkazish to'g'risidagi Nizom (keyingi o'rinlarda - Tanlov) Tanlovni tashkil etish va o'tkazish tartibi, ishlarni saralash mezonlari, ishtirokchilar tarkibi, tanlov komissiyasi tarkibi, g'oliblarni taqdirlash tartibini belgilaydi.

1.2. Tanlov O'zbekiston Respublikasida raqamli huquqlarni targ'ib qilish maqsadida o'tkaziladi.

1.3. Tanlov tashkilotchisi: O'zbekiston Respublikasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi.

1.4. Tanlov natijalariga binoan sovrindorlar taqdirlanadi.

 

2. Tanlovning asosiy maqsad va vazifalari.

2.1. Tanlov maqsadilari:

§ yoshlar orasida raqamli huquqlar tushunchasini targ'ib qilish, ijodkor yoshlarni aniqlash, qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish;

§ yoshlarda ijodiy faoliyatga qiziqish va rag'bat uyg'otish.

2.2. Tanlov quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan:

§ raqamli huquqlarga qiziqishni oshirish;

§ ijodiy tashabbusni rivojlantirish, raqamli huquqlarni o'rganishga qiziqishni shakllantirish;

§ yoshlarni ijodiy faoliyatga rag'batini uyg'otish uchun shart-sharoit yaratish.

 

3. Tanlov Ishtirokchilari.

·      Tanlovda 18-30 yoshdagi kishilar ishtirok etishlari mumkin;

Tanlovda ishtirok etish uchun talablar:

·      Tanlovda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin;

·      Tanlovda O'zbekiston Respublikasi rezidentlari yoki O'zbekiston Respublikasida rasmiy mehnat faoliyatini olib borayotgan norezidentlar ishtirok etishlari mumkin;

·      Tanlovda ishtirok etish uchun ishlar qat'iy belgilangan muddatda qabul qilinadi.

 

4. Tanlovning asosiy yo'nalishlari va ishlarni taqdim etish shartlari:

4.1. Tanlovga raqamli huquqlar mohiyatini ochib beradigan MOV, AVI va MP4 formatdagi videomateriallar (bir ishtirokchidan to'rttagacha) qabul qilinadi.

4.2. Videomateriallar tanlov mavzusiga oid bo'lmog'i va raqamli huquqlar mohiyatini ochib berishi kerak.

4.3. Videorolik xronometraji 60 soniyadan oshmasligi kerak.

4.4. Yuklanayotgan videomaterial hajmi 100 MB dan oshmasligi lozim.

4.5. Tanlovga ijodiy ishlar 2022 yil 20 iyun 24:00 gacha qabul qilinadi.

4.6. Ishtirok etish uchun hujjatlar https://forms.gle/iryhFgaR5Z8hh9ep6  havola orqali qabul qilinadi.

 

5. Tanlovni tashkil etish va o'tkazish tartibi.

5.1. Tanlov Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etiladi.

5.2. Tanlovni o'tkazish uchun Tashkiliy qo'mita tashkil etiladi, u Tanlovni o'tkazish tartibini, Tanlovni o'tkazish muddatlarini belgilaydi, Tanlov komissiyasini tasdiqlaydi.

5.3. O'tkazish muddatlari.

Tanlov uch bosqishda bo'lib o'tadi: I bosqich - ijodiy ishlar qabuli. II bosqich - taqdim etilgan ishlarning tanlov komissiyasi tomonidan baholanishi. III boshqich - tanlov g'oliblarini taqdirlash.

5.4. Tanlovda ishtirok etish uchun ishlarni Tanlov komissiyasiga taqdim etiladi.

 

6. Tanlov komissiyasi.

6.1. Tanlov natijalarini aniqlash uchun Tanlov komissiyasi tashkil etiladi, uning tarkibiga Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi xodimlari, O'zbekiston Respiblikasi Yoshlar ishlari Agentligi vakillari, raqamli huquq sohasidagi mutaxassis kiradi.

6.2. Tanlov komissiyasi ijodiy ishlar tahlilini amalga oshiradi, baholaydi.

6.3. Komissiya Tanlov g'oliblarini aniqlaydi.

6.4. Komissiya yig'ilish dalolatnomasini rasmiylashtiradi.

6.5. Tanlov komissiyasi qabul qilingan qarorlarni muhokama qilmaydi.

 

7. Tanlov o'tkazilishining boshqaruvi va metodik ta'minoti.

7.1. Tanlovni Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi direktori buyrug'i asosida faoliyat olib boradigan Tashkiliy qo'mita boshqaradi.

7.2. Tashkiliy qo'mita vakolatlari doirasida:

§ Tanlov hakamlar hay'ati tarkibini shakllantiradi;

§ Tanlov ishtirokchilari va g'oliblari uchun Diplomlar, qimmatbaho sovg'alarni tayyorlaydi.

Saralash mezonlari kompetent hakamlar tomonidan tasdiqlanadi.

Quyidagi mezonlar taklif etiladi:

Tanlov mavzusiga moslik;

Ijodkorlik;

Haqqoniylik;

Tushunarli bo'lishi.

Report Page