Pluviophile

Pluviophile

Han YeonSu
Pluviophile - a lover of rain Ep9


~ Kech tushib qizlar bazm uchun yo'l oldi ikki qiz hashamatli uy oldida to'xtagan mashinadan tushib kelishdi Jisoo atrofni kuzatib borar ekan ular tomonga kelayotgan insonni ko'rib yuziga tabassum yugurdi


- Salom xonimlar... YeonSu bugun ko'rinishing ajoyib


- Bilaman Rowoon... endi esa yo'limizdan qochsang ichkariga kirsak

Rowoon


- Marhamat yuringlar


- Bizga hamroh shart emas


- Senga kerak bo'lmasa oldingdagi xonimga hamrohlik qilaman


- Unga ham shart emas


- Umuman olganda qarshi emasman )

YeonSu Jisooning gapini eshitib hayratlandi va chekaroqqa olib qulog'iga gapirdi


- Hoy Jisoo esingni yedingmi haliyam Rowoonda ko'ngling bormi deyman ?

Jisoo & YeonSu


- Yo'q shunchaki u senga halaqit bermasin deyapman axir uni ko'rgani ko'zinga yoqligini ikkimiz ham yaxshi bilib turibmiz


- Yaxshi ) YeonSu gapirib bo'lib ichkariga kirib ketdi Rowoon esa Jisooning oldiga kelib qo'lini uzatdi


- Salom Jisoo adashmasam YeonSu sizni shunday chaqirdi


- Salom ha ismim Jisoo


- Tanishganimdan xursandman


- Men ham ) Rowoon Jisooning qo'lidan ushlab yetaklagancha ichgariga olib kirarkan yana savolga tutdi


- YeonSu sizga kim bo'ladi


- Uning yaqinlaridan biriman


- Ha sizni avval ham qayerdadur ko'rganga o'xshayman


- Ha korgansiz chunki YeonSu bilan ko'rishish uchun universitetga ko'p borar edim siz ham u bilan bir universitetda o'qigansizku


- Ha eslagandek bo'ldim ) Rowoon qizni yetaklab stollarning biriga borib o'tirishi uchun yordamlashdi


YeonSu ichgariga kirishi bilan o'zi uchun kerakli odamni qidira boshladi u ko'z qiri bilan Jungkookni istar edi


- Ko'rinishinga gap so'z bo'lishi mumkin emas ) YeonSu orqasidan kelgan ovozni eshitib ortiga o'girildi


- Rahmat sening ham ko'rinishing chakki emas Jungkook

Jungkook


- Sizdan maqtov eshitadigan kunimiz ham bor ekan ) Jungkookning gapi YeonSuning tabassumiga sabab bo'ldi


- Ha... tadbir otkazish uchun juda chiroyli joy tanlabsiz


- Shunday desa ham bo'ladi...hademay bazm boshlanadi yuraqol biron joyga borib o'tiramiz ) Ular birgalikda bir stolga borib joylashdi va YeonSu gap boshladi


- Ertalab bo'lgan voqea uchun uzur so'rayman


- Belimni sindiray deganing bo'lsa mayli kechirdim


- Yaaa men atay qilibmanmi o'zingku men uni nazarda tutmadim...xolam kelib qoldiku shuning uchun


- Ha Tushunarli menimcha xolang Meni payqamadi ?


- Albatta agar sezib qolganda xozir qarshingda o'tirmagan bo'lar edim ) YeonSuning gapiga Jungkook kulib qo'ydi


Barcha suhbatlashib o'tirar ekan zalga Hyeosop va uning mehmonlari Janob Im oilasi bilan kirib keldi Jungkook YeonSuning oldidan turib mehmonlarni kutib olish uchun ularning oldiga bordi


- Hush kelibsiz Janob Im) Jungkook borib tazim qildi


- Rahmat Jungkook ko'rmaganimga ancha bo'lgan ekan katta bo'lib juda kelishgan yigit bo'libsan


- Albatta Janob Im o'g'lim har narsada yetakchi xuddi qizingizga o'xshab aytmoqchi Nayeon korinmaydi


- Nayeon biroz turib keladi


- Unday bo'lsa yuring biroz suhbatlashamiz ) Hyeosop va Janob Im ketishgandan so'ng Jungkook sochlarini asabiy taragancha atrofiga qaradi va zerikib o'tirgan YeonSuning oldiga bordi


- Chiroyli manzara ko'rishni xohlaysanmi ? ) Jungkook YeonSuning oldiga kelib so'radi qiz ha degandan so'ng qo'lini ushlab tepaga olib chiqib ketdi


- Jungkook qayoqqa ?


- Borganda korasan


- Hademay Janob Hyeosop nutq sozlaydi kech qolamiz ) Jungkook qizning gapiga etibor bermay eng tepaga olib chiqdi va eshikni ochdi YeonSu ko'rgan manzarisadan hayratda qoldi


- Ho'sh senga yoqdimi ?


- Albatta axir kechki Seulni tepadan kuzatish Juda chiroyli ) Jungkook qiznni binoning tom qismiga olib chiqgan edi


- Juda chiroyli shunday emasmi ? ) YeonSu atrofdan ko'zini uzmay gapirdi


- Huddi sen kabi


- Nimaaa ? ) YeonSu Jungkookning gapidan hayron qoldi Jungkook qizning hayratda qolganini ko'rib unga yaqinlashdi


- Juda chiroylisan YeonSu) Jungkook gapini tugatib YeonSuning belidan ushlab o'ziga yaqinroq olib keldi qiz hech narsani anglab ulgurmay Jungkook uning quloqlariga yaqinroq kelib gapirdi


- Seni sevaman ) Jungkookning qaynoq nafasi qizni huddi tanasini kuydirgandek edi bunday vaziyatni kutmagan YeonSu Jungkookga hayron qarab turar ekan yigit ham qizningning yuziga tikilb nigohlari uning lablariga tushdi va YeonSudan mayin bo'sa oldi


To be continued


• Hi everyone new qism , o'tgan safargi fikrlarga to'ymadim albatta bu safragisida fikrilani aytaszlar. Nma deb o'ylasizlar YeonSu Jungkookga qanday javob beradi menga qolsa yo'q desa yaxshimikan deb turibman



Report Page