Plus Messenger Rasmiy O'zbek Guruhining Qoidalari

Plus Messenger Rasmiy O'zbek Guruhining Qoidalari

Plus Messenger Uz

Plus Messengering Rasmiy O'zbek muhokama guruhida yozishdan avval ushbu qoidalarga amal qilishingizni so'raymiz. Iltimos quyidagi qoidalar va guruhdan foydalanish shartlari bilan tanishib chiqing!!!❗️Va shuni unutmangki xar bir aqlli inson qoidaga rioya qiladi !


0.1 Guruh Faqat Plus Messengerining muammolari muhokama qiladigan guruh, shuning uchun savol berishdan oldin Bu savol Plus Messenger mavzusidan boshqa mavzu bo'lmasligini hisobga oling. Agar boshqa mavzu bo'lsa offtop guruhimizga boring.


Shuni unutmangki, Qo'llab-Quvvatlash guruhimiz adminlari Hech qanday Moddiy Manfaat yo'lida emas balki, Ko'ngillilar sifatida sizga yordam beradilar. Iltimos shuni inobatga oling


Tez-tez beriladigan savollarga javobni bu yerdan olishingiz mumkin: https://t.me/tghelp_uz/85


Guruhimizga hush kelibsiz


1. Umumiy Qoidalar


1.1 - Ushbu guruh Plus Messenjerining Rasmiy O'zbek qo'llab-quvvatlash guruhi. Chatga qo'shilishdan oldin guruhda faqatgina Plus Messenjeriga oid suhbatlar bo'lishi shart va majburiy ekanligini anglang va qoidalarga amal qiling


1.2 - Guruhda sekinlik rejimi ya'ni ma'lum vaqt ichida faqatgina bitta xabar yuborish rejimi ishlaydi. Shuning uchun savolingizni bir matnga sig'dirib, tushunarli qilib yozing. Va sekinlik rejimini o'chirib qo'yishimizni so'rab yozmang, Sizga Adminlar jamoamizning ishlariga aralashmaslikni tavsiya qilamiz. = Ogohlantirish olasiz


1.3 - Mavzudan tashqari boʻlgan soʻzlar va savollarni Plus Messenger guruhing Rasmiy Mavzudan tashqari guruhidan so'rashingiz mumkin.


1.4 - Heshteglar:

• Savolingiz bo'lsa #savol heshtegidan so'ng savolingizni yozing

• Plus Messenjeriga qanday yangi taklif kiritmoqchi bo'lsangiz #taklif heshtegidan so'ng taklifingizni yozing

• Plus Messenjeri bilan bog'liq texnik yoki dasturiy nosozliklar vujudga kelsa #nosozlik heshtegi ostida muammoni yuboring. Va albatta nosozlik so'nggida Plus ma'lumotlarini ham yuboring. Quyidagicha:⬇️

Ko'rsatilgan Plus detallarini nusxalab uni #nosozlik heshtegidan so'ng ishlatasiz

Iltimos heshteglardan to'g'ri foydalaning. Noto'g'ri foydalangan guruh a'zosi ogohlantirish oladi!!!


1.5 - Iltimos, Plus Messenjer mijozlari mavzusiga sodiq qoling!


1.6 - Ushbu guruh faqat Plus Messenjer-ning texnik qismini muhokama qilish uchun mo'ljallangan, u mavzudan tashqari soʻzlardan xoli bo'lishi kerak

1.7 - Sog'lom fikr yuriting;


1.8 - Faqatgina o'zbek (adabiy) tilida gapiring.


1.9 - Faqat Plus Messenjer-ga tegishli xabarlar yozing.


1.10 - Fayl, ovozli xabar, musiqa va no oʻrin giflarni yuborishdan saqlaning (guruh adminlari bundan mustasno).

1.11 - Guruhdagi barcha foydalanuvchilarni hurmat qiling.

1.12 - Suhbatni(chatni) ma'nosiz xabarlar (salomlar, smayliklar, stikerlar) bilan to'ldirmang.


1.13 - Qisqa-qisqa gaplar bilan bizni vaqtimizni olmang. Chuqur fikr va ma'noli gap yozishni xohlasangiz - uni faqatgina bitta xabaringizga sig'diring. Zero sizning muammoyingiz tezda hal boʻladi.




2. Guruhda salom bilan yozish odobi.


2.1 - Iltimos, ushbu guruhda "Salom", "Hammaga salom", "Hayrli kun", "hayrli kech", "Nima gap", "bir narsa sorasam bo'ladimi", "savol berishim mumkinmi?" va shunga o'xshash gaplarni yozmang. Agar siz hushmomilalik bilan yozishni afzal bilsangiz, iltimos, muomalada bolishni afzal deb bilsangiz va birdaniga salomlashish bilan birga savolingizni yozing.


2.2 - Quyidagi saylarga kirib guruhda yozish odobi bilan tanishib chiqsangiz hamma uchun foydaliroq boʻladi deb oʻylaymiz: neprivet.ru, nometa.xyz




3. Keraksiz xabarlar


3.1 - Guruhga har xil stiker, gif, smayl (emodji) va har xil ma'noga ega bo'lmagan xabarlarini yuborishdan saqlaning!


3.2 - Agar siz qaysidir bir guruh a'zosining qoida buzgan hatti-harakatlarini kuzatgan bo'lsangiz va bu sizni g'azabga keltirsa, uning qoida buzishiga sababchi bo'lgan xabariga javoban @admin so'zini yuborish orqali uning ustidan shikoyat qoldirgan bo'lasiz va biz adminlar bu holat yuzasini o'rganib shikoyatingizga oid chora-tadbir ko'ramiz.


3.3 - Guruhga savol bergandan keyin kuting,Sabr qiling. Suhbatni savolni qaytarishlar va "aloooo" "????" "javob beringlar" kabi keraksiz, ma'nosiz jumlalar bilan to'ldirmang


3.4 - Guruhga "aloo" "admin bormi" "savolimga javob beringlar" "biladiganlar bormi?" degan jumlalarni yozmang. Shunchaki savolni bir matnda yozing. Adminlar albatta javob beradilar


4. Xabarlar soni


4.1 - Bitta fikr - bitta xabarda. Bitta jumlani ifodalash uchun koʻplab qisqa xabar yozmang.


4.2 - Agar siz savol belgisini qo'yishni yoki biron bir narsani aytishni unutgan bo'lsangiz, tahrirdan(yuborilgan xabarni o'zgartirish "изменить" qilish) orqali xabaringizni toʻgʻrilang.


4.3 - Guruhda yozgan xabarlaringizni hech qachon o'chirmang. Agar o'chirsangiz ogohlantirish olasiz!!!



5. Yangilanishlar(Обновление)


5.1 - Yangilanish qachon paydo bo'lishini so'rash befoyda, chunki Android uchun rasmiy Telegram mijozi dasturchilarining dastlabki o'zgarishlarni qachon joylashtirishiga bog'liq. Agar Telegram yangi o'zgargan manba kodini yuklamasa, Plus Messenger-ni ham yangilay olmaydi. Yana shuni qo'shimcha qilmoqchimizki, biz ishlab chiqaruvchi bilan aloqa o'rnata olmaymiz, ya'ni yangilanish qachon ro'y berishini bilmaymiz.


5.2 - Siz quyidagi norasmiy kanal orqali Telegram va Plus messenjerning yangilanishlari haqida o'zbek tilida xabardor bo'lishingiz mumkin.


Kanal manzili: t.me/plusmsgr_uz



6. Dasturni yuklab olish


6.1 - Agar siz Plus Messenjer dasturini yuklab olishni xohlasangiz, ushbu havolalardan foydalaning:


Play market: https://play.google.com/store/apps/details?id=org.telegram.plus


Vebsayt: https://www.apkmirror.com/apk/rafalense/plus-messenger/


6.2 Agarda siz Plus messenjerning dasturini yuklashni xohlaganlar uchun Play marketdagi Plus messenjerning manzilini berishingiz mumkin


6.3 Guruhga Plus ilovasini fayl formatida yubormang yoki yuborishimizni so'ramang! Negaki bu yuklab olgan foydalanuvchilar sonini aniqlashda xatoliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ilovani Rasmiy ko'rsatilgan havolalar orqali yuklab oling



7. Fikrlar va xatolar


7.1 - Ushbu guruhda Plus Messenjer-ning dasturchilari yo'q, shuning uchun bu yerda xato haqida yoki takliflarni yozishning ma'nosi yo'q. Agar chindan ham ishlab chiquvchiga biron bir xato-kamchilik yoki taklifni aytmoqchi bo'lsangiz, iltimos, rasmiy Plus Messenjerning ingliz tilidagi guruhiga yozing.

Guruh manzili: @plusmsgrchat




8. Admin bo'lmoqchi bo'lganlar uchun:


8.1 - Agar siz Plus Messenger O'zbek chat guruhiga Administrator bo'lishni istasangiz, Avvalo o'zingizni adminlikka loyiq ekanligingizni sinovdan o'tkazing, ya'ni Plus Messenjer foydalanuvchilari muammolarini hal etishda yordam bering. Plus Messenjeri bo'yicha bilimlaringizni oshirib boring.Javob berishdan oldin o'zingizni qiynagan va javobini bilmaydigan savollarni adminlardan so'rab, bilmaganingizni ko' rib, o'qib keyin aniq va to'g'ri javob berishni maslahat beramiz.


8.2 - Foydalanuvchi savollariga adabiy o'zbek tilida javob bering


8.3 - Faqat aniq bilgan savollarga javob bering, bilmasangiz javob bermang, noto'g'ri javob sizning zararingizga ishlashi mumkin


8.4 - Guruhga yoki adminlar lichkasiga admin bo'lmoqchiligingizni ifodalab yozish befoyda. Agar adminlar jamoasiga yangi admin kerak deb hisoblasak, sizni sinovdan o'tkazamiz.


8.5 - Biz sizni har tomonlama sinovdan o'tkazamiz.

• foydalanuvchi savollariga aniq javob bera olish

• o'zini tuta bilish, ma'nosiz gaplardan tiyinish

• guruhda faol bo'lish

• bizning maxsus savollarimizga javob bera olish

• keyin esa ma'lum bir muddatga sinov rejimiga tushasiz, bunda siz sekin rejimidan ozod bo'lasiz va qat'iy kuzatuv ostida bo'lasiz




9. Ogohlantiramiz!!!


9.1 - Guruhda har-xil, bo'lar-bo'lmas,mavzudan tashqari bo'lgan gaplarni gapirishdan(yozishdan) tiyining.


9.2 - Administratorlarning o'ziga(lichkasiga) yozishdan avval ulardan ruxsat so'rang! O'zboshimchalik bilan, sababsiz lichkaga o'tganlar admin tomonidan spam bo'ladi!!!


9.3 - Faqat Plus Messenjeri bilan bog'liq savollar bilan guruhga murojaat qilish qat'iyan belgilanishini inobatga oling!


9.4 - Javobni olgach,chatni to'ldirib yana qayta yozmang, e'tiborliroq bo'ling!


9.5 - Savol berishdan oldin, savolni tushunadigan qilib, aniq narsani (Muammo, Telefon markasi va modeli, "Plus"ning tilini kiritish foydangiz uchun xizmat qiladi) so'rasangiz, Javob ham shunga yarasha aniq,tez bo'ladi


9.6 - Biror bir Foydalanuvchining muammosiga javob bermoqchi bo'lsangiz, Javobni tushunadigan, aniq, va to'g'ri tarzda bering. Aks holda javob bermang!


9.7 - Bu guruhda hech qanday suhbat qurmang va "lichkaga o'ting yordam beraman" kabi jumlalarni yozmang. Yozsangiz ban olasiz. Shunchalik yordam bermoqchi bo'lsangiz shu guruhda 9.6 bandga asoslanib javob bering


9.8 - Savolingizga oddiy Foydalanuvchi tomonidan javob olsangiz va u xato bo'lsa, buni ma'muriyatga shikoyat qilmang. Shuning uchun aniq javoblarga ishonishingni tavsiya qilamiz


9.9 - Agar qoidani buzsangiz, uning turiga qarab ogohlantirish olasiz va ogohlantirishlar soni 2 taga yetgandan so'ng 1 kun yoza olmaslik rejimiga tushasiz. Undan keyin 1 kun o'tib yana qoida buzsangiz, avtomatik guruhdan chetlashtirilasiz va qaytib guruhga qo'shila olmaysiz

9.10 - Savol berishdan oldin, chat tarixiga nazar soling yoki ko'p beriladigan savollarga javoblar kanalimizni ko'zdan kechiring. Chunki sizning Savolingizga javob allaqachon berilgan bo'lishi mumkin




10. Taqiqlangan:


10.1 - Guruhda taqiqlangan media xabarlar va shu kabilar ro'yxati:
• ovozli xabar
• video xabar
• stiker
• url manzillar
• taklif havolalari
• bot va bot orqali yuborish
rasmlar (faqatgina Plus Messenjeriga oid muammoni ko'rsatish yoki muammoning yechimi aks etgan rasmlar yuborish mumkin)
video (faqatgina Plus Messenjeriga oid muammoni ko'rsatish yoki muammoning yechimi aks etgan video yuborish mumkin)
gif
buyruqlar ("/" bilan yoziladigan admin buyruqlari taqiqlangan)
so'rovnoma (anonim yoki viktorina so'rovnomalari taqiqlangan)
musiqa
• reklama
• kun yangiliklari/ob-havo/Mavzudan tashqari yangilik va xabarlar


10.2 - Guruhga ushbu ro'yhatdagilarni yuborish taqiqlangan! Adminlar bu ro'yhatdan mustasno!


10.3 - Reklamalar. Guruh har qanday reklamalardan holi bo'lishi shart. Vaholanki, bu Rasmiy Plus Messenjeri Guruhi va sizning reklamangizni hech qanday ahamiyati yo'q. Guruhga reklama yuborish yoki yuborishga urunish(ruxsat so'rash) taqiqlanadi. Yuborgan taqdiringizda, jazolanasiz! Jazo turi: ogohlantirish, cheklangan yoki cheklanmagan muddatgacha yoza olmaslik, yoki guruhdan chetlashtirilishingiz ham mumkin.


10.4 - Guruhga "Zo'r bot chiqibdi, Shu ssilka orqali qo'shiling va yutuqlarga ega bo'ling" va shu kabi xabarlarni tarqatish taqiqlanadi. Bu Telegram tomonidan qalloblik hisoblangani uchun, shunday xabar yuborgan taqdiringizda, guruhdan chetlashtirilasiz.


10.5 - Boshqa Messenjerlar mavzusiga oid savollar taqiqlanadi!


10.6 - Vahima uyg'otuvchi xabarlar yoki lavhalar, pornografik materiallar, hamda yoqimsiz deb hisoblangan xabarlar yuborish taqiqlanadi. Yuborgan taqidiringizda cheklanmagan muddatga guruhdan chetlashtirilasiz


10.7 - Asosiysi, Guruhga Plus Messenjeri yoki Telegram Messenjeri mavzusidan yiroq bo'lgan savollar yuborish, qatiyan taqiqlangan. Istasangiz Mavzudan tashqari guruhimizda xohlagan mavzuda suhbat qilishingiz mumkin. Lekin bu guruhda mumkin emas, Aks holda guruhdan chetlashtirilasiz!


11. Mavzudan tashqari suhbat

11.1 - Guruhga umuman mavzudan tashqari suhbat qurmang, va boshqa mavzuda savol bermang. Javobni offtop guruhimizdan so'rang. Ko'ngillilardan iborat jamoamiz sizga albatta yordam berishadi


11.2 - Mavzudan tashqari savollar va mazmunli chat uchun guruh manzili:👇

@OffTopicPlusChatUz




- "Plus Messenger" O'zbek Tilidagi Rasmiy Muhokama Guruhi Ma'muriyati



- "Plus Messenjer Rasmiy O'zbek Tilidagi Qo'llab-Quvvatlash Guruhi qoidalarining v1.0.8 versiyasi"

Report Page