Piyoda yurib, 100 million soʻm yutib olishni xohlaysizmi? Endi buning imkoni bor!

Piyoda yurib, 100 million soʻm yutib olishni xohlaysizmi? Endi buning imkoni bor!


Xabaringiz bor, 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoniga muvofiq “Sogʻlom turmush tarzi” (www.1hls.uz) platformasi tashkil etilgan edi.

Endilikda 1hls.uz platformasida kuniga 10 ming qadam yurgan fuqarolarni rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy qilinmoqda.

Platforma foydalanuvchilarini yana-da ko‘proq rag‘batlantish maqsadida har hafta bitta 100 million so‘m miqdorida pul mukofoti va mingta velosiped o‘ynaladi.

Shaffoflik va xolislikni taʼminlash maqsadida jamoatchilik faollari, IT-mutaxassislari, jurnalist va blogerlardan iborat Jamoatchilik nazorati kengashi tashkil etiladi hamda barcha jarayonlar ustidan qatʼiy nazorat olib boriladi.

Report Page