Piskentdagi iqlimi tabiiy qulay hududlarda ekoturizm obektlari tashkil etiladi

Piskentdagi iqlimi tabiiy qulay hududlarda ekoturizm obektlari tashkil etiladi


Tuman hokimi Nodirbek Yakubov Toshkent dengizi (Tuyabo‘g‘iz suv ombori)ning Piskent tumaniga qarashli sohillarida ekoturizm obektlari tashkil etish yuzasidan hududlarda bo‘ldi.

N.Yakubov hamda hokim o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari Do‘stlik mahallasi hududidagi Toshkent dengizi sohillari, shu bilan birga o‘rmon xo‘jaligi hududidagi maydonlarni ko‘zdan kechirdi. Ushbu hududlarning sof havosi, suv omboriga yaqinligi, go‘zal tabiati, ko‘p yillik daraxtlari ekoturizm obektlari, xususan ovchilik, baliqchilik xo‘jaliklari tashkil etish, mehmon uylari barpo etishda katta ustunlik beradi. Tumanda turizmni rivojlantirish maqsadida 10 ta mehmon uyi, magistral yo‘l yoqalariga yo‘lovchilar uchun o‘tovlar qurish, suv ombori sohiliga plyaj, skuter va qayiqlar keltirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.

Tuman rahbari bu imkoniyatdan samarali foydalanib, tumanning turizm salohiyatini rivojlantirish borasida qator takliflar berdi. Shu bilan birga bo‘sh turgan binolar, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘riladigan bo‘ldi.

Report Page