Piskentda ijaraga berilgan yerni 53 ming dollariga sotayotgan masʼul rahbar ushlandi

Piskentda ijaraga berilgan yerni 53 ming dollariga sotayotgan masʼul rahbar ushlandi

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyati IIBB Korrupsiyaga va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi, yer resurslarini talon taroj qilinishiga qarshi kurash boʻlinmasi hamda Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi tezkor xodimlari tomonidan, Nurafshon shahrida navbatdagi nazorat-reyd tadbiri o'tkazildi.

IIBB Axborot xizmati

Tadbir davomida, fuqaro E.Q. (fermer xoʻjaligi rahbari) Piskent tumani hokimligi tomonidan ijaraga berilgan, tuman “Oʻzbekiston” massividagi 6 gektar yer maydonini hujjatlashtirib berishni 53 ming AQSH dollariga kelishib, arizachidan boshlangʻich badal sifatida talab qilgan 5300 AQSH dollarining 5 ming dollarini olayotgan vaqtida ushlandi.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Maʼlum boʻlishicha, tuman “Oʻzbekiston” massividagi 24 gektar yer maydoni fuqaroga fermer xoʻjaligi bilan shugʻullanish uchun 50 yilga ijaraga berilgan boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan, fuqaro E.Q. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi va 28-211-moddalari bilan jinoyat ishini qoʻzgʻatildi.

IIBB Axborot xizmati

Report Page