Piskent tumani hokimi Aripov Muraffar Akbarovichning tuman yoshlariga murojaati

Piskent tumani hokimi Aripov Muraffar Akbarovichning tuman yoshlariga murojaati


Aziz yoshlar!

Piskent tumani  Yoshlar ishlari bo‘limi  tomonidan sizlarga yo‘llangan murojaatni o‘qib, Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi rolingiz tobora ortib borayotganini yana bir bor his qildim.

Davlatimiz Rahbari tomonidan mamlakatimizda joriy yilni “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi, har bir mahallada yoshlar bilan manzilli ishlash borasida oldimizga ulkan vazifalarni qo‘ymoqda.

Bugungi kunda tumanimizda  96 ming 541 nafar aholi bo‘lib, 38 ming 883 nafari (49 foiz) yoshlarni tashkil etadi (20 400 nafari 14-30 yosh, shundan 9 ming 291 nafari xotin-qizlar).

Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi – vertikal tizim yaratildi. Mahallalarda yoshlar yetakchilari institutining joriy etilganligi esa siz yoshlarning murojaatlaringizni sizlar yashaydigan joyning o‘zida hal etish imkonini bermoqda. Tumanimizdagi 29 ta mahallada bilimli, tashabbuskor yigit-qizlardan iborat yoshlar yetakchilari faoliyat yuritmoqdalar.

Yoshlar yetakchilarining honadonbay ishlashlari narijasida 14 yoshdan 30-yoshgacha bo’lgan yoshlar xatlovdan o’tkazilib ijtimoiy holati, qiziqishlari va takliflaridan kelib chiqib 3 toifaga ajratildi.

1-toifamiz davlat sektorida rasmiy band bo’lgan, ta’limda rasmiy bo’lgan iqtidorli, tashabbuskor 15 024 nafar yoshlar “YASHIL” toifaga kiritildi

2-toifamiz -turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin iqtisodiy faol 4 812 nafar yosh “sariq” toifaga kiritildi.

3-toifamiz davlatning g‘amxo‘rligi va eʼtiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj 304 nafar yoshlar “ahvoli og‘ir, qizil” toifasiga kiritilib, rahbarlariga nomma-nom biriktirildi.

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan yoshlarni “Otaliqqa olish” tizimi joriy etilganligi va bunda 6 ta huquq-tartibot idoralariga yoshlarni biriktirish ham o’z samarasini bermoqda. Biz sektor rahbarlari, huquq-tartibot va mudofaa organlari hamda barcha tashkilotlar bilan bir jamoa bo‘lib, yoshlarmizning bandligini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga ko‘maklashish orqali yoshlar o‘rtasida ishsizlikni va jinoyatchilikni keskin kamaytiramiz.

 Hozirgi kunda yoshlarni chet tillarini bilishlari, zamonaviy kasblarni o’rganishlari uchun barcha eshiklar ochiq birgina misol qilib aytadigan bo’lsak “Ibrat farzandlari” loyihasida 2000 dan ziyod yoshlarimiz taxsil olmoqda, “Mutolaa” loyihasida 2 200 nafardan ortiq kitobxon yoshlarimiz mavjudligi bizni quvontiradi.

Aziz tumanimiz yoshlari!

Davlatimiz rahbarining “Axir siz osmonni olmoq bo’lsangiz ne uchun yelkamni tutib bermayin” degan so’zlarini yana bir bor eslatmoqchiman. Sizning shijoatingiz intilishingizni har doim qo’llab-quvvatlashga tayyorman.

 



Report Page