Peshko’ tumani “Ibn Sino” MFYsida davra-suhbati bo`lib o`tdi
2022-yil 20-may Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotshunosligi kafedrasi o’qituvchisi M. M. Raximovning Peshko’ tumani “Ibn Sino” MFYsida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O’zbekiston Respublikasi xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora –tadbirlari to’g’risida”gi PQ – 5117 –sonli qarori ijrosi yo’nalishida olib borgan davra suhbati o’tkazildi.
Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O’zbekiston Respublikasi xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora –tadbirlari to’g’risida”gi PQ – 5117 –sonli qarori ijrosi yuzasidan ma’ruza qildi.
Jumladan, M.Raximov qaror ijrosi yo’nalishida Vazirlar Mahkamasi huzurida xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilganligi, uning asosiy vazifasi xorijiy tillarni aholi va yoshlar o’rtasida mukammal o’rgatishini tashkil etish ekanligini uqtirdi. M. Raximov ma’ruza davomida Buxoro davlat universiteti o’quv yo’nalishlari, ularda yaratilgan keng imkoniyatlar haqida ham ma’ruza qildi.
Ma’ruzachi M. Raximov MFY raisi Z. Obloyev bilan birgalikda texnikum talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talabalar uchun yaratilgan shart – sharoitlar, imkoniyatlar bilan tanishib chiqib, davomatni yaxshilash bo’yicha ma’ruza qilindi.