Pentest 101 - challenge
TuranSecOSCP kabi taniqli imtixonlardan biri eJPT imtixoni uchun yo'llanma (voucher) yutib olishni istaysizmi? Unda challengeda qatnashing!
Challenge shartlari:
- Pentest 101 video darsligini 10 kun davomida o'qish va har kuni 1 marta o'rganilgan mavzu bo'yicha post joylash.
- Postlarga #TuranSec hashtagi joylanishi kerak.
Savol-javob:
Post qayerga joylanadi?
- Har bir o'quvchi o'z Linkedin profilida postlarni joylashi kerak.
Post aynan nima haqida bo'lishi kerak?
- Post joylash uchun 1 kun davomida darslikni o'qish so'raladi, post uchun esa shu kunda o'rganilgan mavzulardan ma'lumot olinadi.
- Bonus: o'rgatilgan mavzudan tashqari boshqa qiziqarli bilimlarni o'rganish va postga qo'shish - challengeda yutishingiz asosiy sababi bo'la oladi!
Challengeda yutish shartlari qanday?
- 10 kun davomida darslikni o'qish, darslikdagi va erkin izlanib o'rganilgan ma'lumotlarni post sifatida joylash (har kuni 1 marta).
- Research is the key! (Izlanish bu kalit!)
Namuna:

G'oliblar qanday aniqlanadi?
Har kunlik postlar TuranSec mutaxassislari tomonidan nazorat qilinadi. 10 kun davomiy yuqori sifatda post joylagan 3 tagacha o'quvchilarga yo'llanma taqdim etiladi.
Challengeda qanday qatnashaman?
TuranSec administratoriga quyidagicha xabar yuboring:
Assalomu alaykum, ismim to'liq-ismingiz.
Challengeda qatnashmoqchiman, qatnashish uchun Linkedin profilim - havola.
Challenge 25-iyul kuni boshlanadi va 10 kun davom etadi.
Administrator: https://t.me/Turan_admin