Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar, muammo va murojaatlar

Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar, muammo va murojaatlar

https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official


Bugun AOKAda Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Abdulaziz Haydarov, direktorning birinchi o‘rinbosari Zohidxo‘ja Tursunov, direktor o‘rinbosari Nuriddin Shodixo‘jayev ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida mavzu yuzasidan ma’lumot berildi:

https://t.me/aokamediakontent

✔️ Jamgʻarma va uning quyi tuzilmalari tomonidan hisobot davrida Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash toʻgʻrisida”gi Nizomi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalikdan nogironlarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi va “Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga, mehnatga layoqatsiz fuqarolarga hamda bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor (boʻlgan) onalarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomi ijrosini taʼminlash borasida aholining huquqiy manfaatlarini himoyalash, pensiya tayinlash va toʻlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. 

Jumladan, Pensiya jamgʻarmasining 2021-yilning 9 oyi uchun aniqlashtirilgan daromadlar rejasi 18 017,5 mlrd. soʻm boʻlib, ijrosi 18 940,7 mlrd. soʻmni (shundan, soliqlardan tashqari tushumlar miqdori 55,0 mlrd.soʻm) tashkil qildi yoki ijro aniqlangan prognoz rejaga nisbatan 105,1 foizga bajarildi.

4,0 mln. nafarga yaqin fuqarolarga har oyda pensiya va nafaqa toʻlovlari uchun oylik talabnomalarning oʻz vaqtida moliyalashtirilishi hamda oyma-oy toʻliq toʻlanishi taʻminlanib, bu maqsadlarga Pensiya jamgʻarmasi hisobidan 26 605,2 mlrd. soʻm va Respublika budjeti hisobidan 2 947,8 mlrd.soʻm mablagʻ xarajat qilindi.

2021-yil 1-yanvar holatiga pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 825,2 ming kishini tashkil qilgan boʻlsa, 2021-yil 1-oktabr holatiga 3 983,0 ming kishini tashkil qilib 157,8 ming kishiga yoki 4,1%ga ortib aholi sonidagi ulushi11,5 foizni tashkil qildi (shundan, 3 548,1 ming nafari pensiya va 434,9 ming nafari nafaqa oluvchilar).

2021-yil sentabr oyida pensiyalarning bir oylik oʻrtacha miqdori 924 780 soʻmni tashkil qilgan holda 2021-yil yanvar oyiga nisbatan 111 467 soʻmga yoki 1,14 foizga koʻpaydi.

2021-yil sentabr oyida nafaqalarning bir oylik oʻrtacha miqdori 577 812 soʻmni tashkil qilgan holda 2021-yil yanvar oyiga nisbatan 116 167 soʻmga yoki 1,25 foizga koʻpaydi. 

2021-yil yanvar-sentabr oylarida 293 889 nafar fuqarolarga pensiya va nafaqalar muddatida tayinlanib toʻlanishi taʻminlandi (shundan, 238 311 nafariga pensiya va 55 578 nafariga nafaqa tayinlandi).

Davlat pensiya taʻminoti tizimini takomillashtirish maqsadida, “Fuqarolarning davlat pensiya taʻminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi va Senat tomonidan maʻqullanib imzolash uchun davlat rahbariga yuborildi.

Tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 6 ta Farmon hamda 1 ta qarori va 2 ta Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Bundan tashqari, tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda 2 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʻminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-4938-son qaroriga muvofiq faxriy unvonga ega boʻlgan 3 342 nafar pensiya oluvchilar uchun qoʻshimcha toʻlov miqdori 2021-yil 1-fevraldan 1,1 barobarga oshirildi.

Fuqarolar tomonidan pensiya va nafaqa tayinlash uchun taqdim etiladigan qogʻoz shaklidagi hujjatlardan voz kechish, ushbu jarayonda inson omilini kamaytirish, arizalar ijrosi ustidan avtomatik kameral nazorat oʻrnatish maqsadida “Pensiya” dasturiy majmuasida elektron “Qayd etish kitobi (Kniga regitrasiya)” moduli yaratildi.  

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʻmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 248-son qaroriga asosan 7 turdagi nafaqalar uchun murojaat qilish 2021-yil 1-avgustdan Davlat xizmat markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish yoʻlga qoʻyildi. Bunda Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” dasturiy taʻminoti Sogʻliqni saqlash vazirligining OITSga qarshi kurashish markazi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligini “TMEK”, Davlat xizmatlari agentligini “FHDYO yagona elektron arxivi” hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan oʻzaro elektron axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5199-son Qarori ijrosini taʻminlash maqsadida Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” dasturiy taʻminoti hamda Sogʻliqni saqlash vazirliging “Imtiyozli davolanish uchun navbat” dasturiy majmualari oʻrtasida elektron axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq 2021-yil 1-iyundan boshlab:

- pensiyalarni tayinlashda shaxsning ish haqi va mehnat staji toʻgʻrisidagi maʻlumotlarning elektron bazasi yuritilmagan davr 2005-yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblash joriy etildi;

- uch yil va undan avval tayinlangan, qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekshirish hamda ular boʻyicha aniqlangan ortiqcha toʻlovni undirish bekor qilindi;

- pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga koʻra roʻyxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha tayinlanishi va toʻlanishi joriy etildi;

- pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz shaklda olish uchun arizalar fuqarolar tomonidan Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimiga murojaat qilmagan holda, tijorat banklari filiallarida bank plastik kartalarini ochish jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilmoqda;

- ishlovchi fuqarolar tomonidan ishlamaydigan turmush oʻrtoqlari kelgusida pensiya taʻminotiga ega boʻlishlari uchun oʻz daromadlaridan ixtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq toʻlash huquqi berildi;

- fuqaroning pensiyaga boʻlgan huquqini idoralararo elektron axborot almashinuvi maʻlumotlari asosida tasdiqlash orqali toʻlovlarni naqd pulsiz shaklda oluvchi shaxslar tomonidan har olti oyda Pensiya jamgʻarmasining boʻlimiga kelish majburiyati bekor qilindi;

- 2021-yil 1-fevral holatiga 4,9 ming nafar fuqaroning pensiya ishlarini tekshirish natijasida aniqlangan 12,0 mlrd. soʻmlik ortiqcha toʻlovlar hisobdan chiqarildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoni bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab pensiya tayinlash uchun bergan arizalar va pensiya hujjatlarida quyidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilmaslik belgilandi: 

- soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilganligi;

- nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi;

- shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;

- shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;

- tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining maʻlumotnomalari;

- mehnat daftarchalari va ularning nusxalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda soʻrash bundan mustasno);

- ish haqi va ish stajini hamda oliy taʻlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlovchi arxiv maʻlumotnomalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda soʻrash bundan mustasno).

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-martdagi 122-sonli qaroriga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga ulangan 9 ta vazirlik va idoralarning elektron axborot bazalaridan olinadigan 20 turdagi axborotga qoʻshimcha ravishda 2021-yil 9-oyida yana 4 ta vazirlik va idoralar bilan axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilishi natijasida olinadigan axborot turlari jami 44 taga yetkazildi.

2021-yilning yanvar-sentabr oylarida 4058,7 mingdan ortiq oilaning ijtimoiy nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi arizalari “Yagona reestr” ATga kiritildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi PQ–4797-son qaroriga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi amaliyotga joriy etildi.

Bugungi kunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga 13 ta vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan 44 turdagi maʼlumotlar elektron olinmoqda.

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlovlarini oʻz vaqtida manzilli va maqsadli yetib borishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021-yildagi 654-sonli “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan;

Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash bilan bogʻliq quyidagi asosiy oʻzgartirishlar kiritildi.

·    amalda boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga 14 yoshgacha bolalari uchun nafaqa va 2 yoshgacha bolani parvarish qilish nafaqasi oʻrniga yagona bolalar nafaqasi joriy etildi.

·    bolalar yoshi meʼyori 14 yoshdan 18 yoshgachaoshirildi.

·    toʻlov muddati 6 oydan 12 oygacha uzaytirildi.

·    nafaqa miqdori oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilanishi joriy etildi. Bunda:

·    3 yoshgacha bitta farzandi uchun – 325 ming soʻm;

·    3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bitta farzandi uchun – 250 ming soʻm;

·    ikkinchi farzandi uchun qoʻshimcha – 150 ming soʻm;

·    uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qoʻshimcha –100 ming soʻmdan;

·     farzandi boʻlmagan yoki farzandlari 18 yoshdan katta boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanishi joriy etildi.

·        moddiy yordamning miqdori – 380 ming soʻmni tashkil etadi.

Avvalgi tartib bilan solishtiriladigan boʻlsa, 4 ta farzandi bor oila 384 ming soʻm miqdorida 14 yoshgacha nafaqa olib kelgan boʻlsa, ushbu oila ham endilikda 600 ming soʻmmiqdorida nafaqa olish imkoniyatiga ega boʻldi.

2021-yilning 1-sentyabridan – oilaning har bir aʼzosiga jami bir oylik oʻrtacha daromad mezoni 393.8 ming soʻmdan 440 ming soʻmga oshirildi.

2022-yildan boshlab – oilaning har bir aʼzosiga jami bir oylik oʻrtacha daromad minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan oshmaganda oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etilishi belgilab qoʻyildi.

Murojaat qilish tartibi: Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga taqdim etiladi.

Arizalar quyidagi hollarda rad etiladi:

·        oilaning har bir aʼzosiga belgilangan meʼyor (440 ming soʻm)dan yuqori daromadi mavjud boʻlganda;

·        2 va undan ortiq koʻchmas mulki yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud boʻlganda;

·        oila aʼzolarining oʻz nomiga rasmiylashtilgan yoki bosh ishonchnoma asosida foydalanayotgan ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshmagan texnik xolati soz boʻlgan yengil avtotransport vositasi boʻlganda;

·        ishlab chiqarilgan muddati 15 yildan oshmagan, texnik holati soz boʻlgan yuk tashuvchi avtotransport vositasi, avtobus, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;

·        2 yoki undan ortiq texnik xolati soz boʻlgan avtotransport vositasi mavjud boʻlganda;

·        ariza beruvchi va oila aʼzolarining tijorat banklaridagi depozit hisob raqamlarida ariza bergan oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiqroq miqdorda mablagʻlar mavjud boʻlganda;

·    ariza beruvchi va oila aʼzolarining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiqroq miqdorlarda qimmatli qogʻozlar mavjud boʻlganda;

·    Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Mudofaa sanoati qoʻmitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlari xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila aʼzolari, shuningdek, pensionerlari tomonidan arizalar taqdim etilganda;

·    Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga asosan pensiyalar bilan taʼminlanganda;

·    Oilada mehnat organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasiniolayotgan aʼzolari mavjud boʻlganda;

·    oilada oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan aʼzosi mehnat organlarining ishga doir taklifini ikki yoki undan ortiq marotaba rad etganda;

·    daromadning rasmiy manbalariga ega boʻlmagan va oxirgi 6 oy maboynida ish izlab mehnat organlariga xisobda turmagan, oʻzini-oʻzi band shaxslar roʻyxatiga kiritilmagan yoki haq toʻlanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan oilaning mehnatga layoqatli aʼzosi mavjud boʻlganda nafaqalar tayinlash rad etiladi.

·    Ushbu qoida quyidagilarga nisbatan qoʻllanilmaydi:

·    “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobda turgan shaxslarga;

·    bola uch yoshga toʻlguniga qadar parvarish qililayotgan onalarga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga);

·    taʼlim muassasalarida oʻqiyotganlarga (taʼlimning kechki va sirtqi shakllari bundan mustasno);

·    ishlamaydigan pensionerlarga, davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolarga, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga, I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha shaxslarga;

·    amalda tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritish bilan band boʻlgan oila aʼzolariga;

·    18 yoshgacha bolalikdan nogironligi boʻlgan, shu jumladan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarning onalariga (onasi boʻlmagan holda otasiga), oila aʼzosi hisoblangan I guruh nogironligi boʻlgan shaxsni yoki oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan keksalarni parvarish qilayotganlarga;

·    chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila aʼzolariga;

·    sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boʻyicha jazoni ijro etish muassasalarida boʻlganligi munosabati bilan oilada boʻlmagan aʼzolariga;

·    oilaning chaqiriq boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotgan aʼzolariga;

·    bolasini yolgʻiz tarbiyalayotgan yolgʻiz onalar (otalar)ga hamda nikohi bekor qilingan ayollarga;

·    rasmiy daromad manbalariga ega boʻlmagan va oxirgi bir yil mobaynida “Temir daftar” roʻyxatida boʻlgan oilalarga;

·    toʻrt va undan ortiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan farzandi mavjud boʻlgan oilaning mehnatga layoqatli har bir aʼzosiga nisbatan.

Nafaqani tayinlash yoki rad etish toʻgʻrisida qaror inson omilisiz “Yagona reestr” tomonidan avtomatik ravishda qabul qilinadi.

Bunda fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari va Pensiya jamgʻarmasi xodimlari nafaqa tayinlash yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega emas.

Nafaqani tayinlash yoki rad etish qarori haqida arizachiga SMS xabar orqali maʼlum qilinadi.

Shuni alohida takidlab oʻtish joizki, 2021-yil 1-sentyabrga qadar tayinlanganijtimoiy nafaqa va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam avtomatik tarzda, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatishning yangi tartibiga asosan nafaqa miqdori oshishi nazarda tutilgan fuqarolardanqoʻshimcha ariza va hujjatlar talab etmagan holda, kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasiga oʻtkazilishi belgilab qoʻyildi.

Aytib oʻtish zarurki, mazkur oʻzgarishlar amaldagi kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalarni tayinlash tizimi kamchiliklarini bartaraf etish va ijtimoiy adolatli tizimni yaratishga koʻmaklashadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martagi PF-6195- son Farmoni boʻyicha 2021-yil 1-apreldan “Saxovat” uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida yashovchi yolgʻiz pensionerlarga shaxsiy sarf-xarajatlari uchun kamida toʻlanadigan oylik pensiya miqdori 10 foizdan 20 foizgacha oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PF-6224- son Farmoni boʻyicha 2021-yil 10-maydan boshlab 1941 - 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda 2,5 mln.soʻm etib belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-iyundagi “Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-6241-son Farmoniga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish hamda eng kam pensiya va nafaqa miqdorlarini aholining bazaviy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur boʻlgan (MIX-minimal isteʻmol xarajatlari) qiymatga bosqichma-bosqich yaqinlashtirib borish maqsadida 2021 -yil 1-iyuldan boshlab:

1) Eng kam yoshga doir pensiya miqdorida va undan kam miqdorda pensiya oluvchi shaxslarga pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida (262 470 soʻm × 20%=52 494 soʻm) qoʻshimcha toʻlov joriy etildi;

Ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori yuqoridagi qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda 400 000 soʻmga yetkazildi;

Yaʻni, hozirgi kundagi pensiya miqdoridan kelib chiqib mutanosib ravishda pensiya miqdori 93 325 soʻmgacha oshirilishi natijasida 899 ming nafar shaxsning pensiya miqdori qayta hisob-kitob qilindi va joriy yilda qoʻshimcha 214 mlrd. soʻm mablagʻ ajratildi.

2) Belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 513 350 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik boʻyicha pensiya miqdori 565 000 soʻmga yetkazildi;

Hozirgi kundagi pensiya miqdoridan kelib chiqib mutanosib ravishda pensiya summalari 50 ming soʻmgacha oshirilishi natijasida 442 ming nafar shaxsning pensiya miqdori qayta hisob-kitob qilindi va ushbu maqsadlar uchun joriy yilda qoʻshimcha 64 mlrd. soʻm ajratildi.

3) Zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 030 soʻmdan 400 000 soʻmga va I-guruh nogironlik nafaqalari 430,6 ming soʻmdan 465,6 ming soʻmga oshirilishi natijasida 85 ming nafar shaxsning pensiya miqdori qayta hisob-kitob qilindi va joriy yilda qoʻshimcha xarajat 18 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

4) Boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya oluvchi oilalarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʻzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori 256 675 soʻmdan 400 000 soʻmga oshirildi hamda keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʻzosi uchun amaldagi tartibga asosan toʻlandi.

Boquvchisini yoʻqotganlik pensiya oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʻzosi uchun pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi (52 494 soʻm) miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy etildi.

Natijada 175 ming nafar boquvchisini yoʻqotgan shaxsning pensiya miqdori qayta hisob-kitob qilindi va ushbu toʻlovlar uchun joriy yilda qoʻshimcha ravishda 117 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.

5) Boquvchisini yoʻqotganlik uchun nafaqa oluvchi oilalarning barcha aʻzolarini qamrab olish maqsadida ularning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʻzosi uchun nafaqa miqdori 400 ming soʻm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʻzosi uchun 150 ming soʻm belgilandi.

Natijada 59 ming nafar oluvchining nafaqa miqdori qayta hisob-kitob qilindi va joriy yilda qoʻshimcha 17 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻ ajratiladi.

6) Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa oyiga 513 350 soʻmdan 565 000 soʻmgacha oshirilishi natijasida 290 ming nafar oluvchining nafaqa miqdori qayta hisob-kitob qilindi va joriy yilda qoʻshimcha 3 mlrd. soʻm mablagʻ toʻlanadi.

Mazkur chora-tadbirlar natijasida 1 951 ming nafar pensiya va nafaqa oluvchilarning toʻlov miqdorlari oshirildi, ushbu maqsadlar uchun yil yakuniga qadar qoʻshimcha 433 mlrd.soʻm mablagʻ ajratiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-avgustdagi "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida" PF-6279-son Farmoniga asosan, 2021-yil 1-sentabrdan pensiya va nafaqalar miqdori 1,10 foizga oshirilgan holda yangi miqdorlarda toʻlanishi taʻminlandi.

Report Page