Pensiya taʼminotiga oid soʻngi yangiliklar

Pensiya taʼminotiga oid soʻngi yangiliklar

"Bulung`ur hayoti" gazetasi

Keksalarni va mehnatga layoqatsiz shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularga sifatli davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida quyidagilar amalga oshirildi:

  • Pensionerga hisoblangan, lekin uning tomonidan talab qilib olinmagan pensiyalarni toʻlash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytirildi.
  • Pensiya yoshiga yetgan fuqarolar pensiya tayinlash uchun nafaqat Pensiya jamgʻarmasiga, balki oʻzlariga qulay boʻlgan Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda yoki my.gov.uz portali orqali onlayn murojaat qilish huquqi berildi.
  • Pensiyalarning eng kam miqdori minimal isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlmasligi belgilandi. Bunda, pensiyalar miqdori yil davomida tovarlar va xizmatlarning isteʼmol narxlari indeksi darajasining oʻsish surʼatlarini inobatga olgan holda oshirib borilishi belgilandi.
  • Pensiya yoshiga yetgan fuqaro jamgʻargan pensiya mablagʻlarini Xalq bankining mobil ilovasi orqali olish imkoniyati yaratildi.

Report Page