Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

https://t.me/Buxorotuman_offical

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishi – bu inson manfaatlari va huquqlari, barcha fuqarolarga teng imkoniyatlar taqdim etish, jumladan pensionerlar, ayniqsa mehnat faxriylari va nogironlarni davlatning real yordami va e’tiboridan chetda qolmasligini ta’minlashdan iboratdir. Ijtimoiy himoya siyosatining ilk bosqichida mamlakatimizda ijtimoiy ta’minot tizimi tamomila qayta qurildi, pensionerlarni ijtimoiy himoyalashning yangi shakllari joriy etildi, kuchli ijtimoiy siyosatning mustahkam asosi shakllantirildi va u amalda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.

Yurtimizda keksa yoshdagi insonlarning ijtimoiy himoya qilishning huquqiy asoslari va tashkiliy mexanizmi yaratilgan. Mamlakatimiz Konstitusiyasi (39-modda), “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4906-sonli Farmoni va “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2753-sonli Qarori,“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi bir qator qonunlar va Mehnat kodeksi, shuningdek, boshqa ko‘plab hujjatlar shular jumlasidandir.

Kuni kecha Buxoro tumani Pensiya jamg'armasi boʼlimi tomonidan Nuroniylar markazida nafaqadagi keksa avlod vakillari ishtirokida Fuqarolarning davlat pensiya ta’minotiga taalluqli huquqlari to’grisida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Report Page