Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining o‘rinbosari tayinlandi

Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining o‘rinbosari tayinlandi

Pensiya jamg'armasi

Shadixodjaev Nuriddin Abdumalikovich budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuchi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Nuriddin Shadixodjaev 1984 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 2010 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

O‘z mehnat faoliyatini 2003 yilda Toshkent shahar Mirobod tumani Ijtimoiy ta'minot bo‘limi Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni to‘lash sho‘'basi 1-toifali mutaxassisi sifatida boshlagan. Turli yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi apparati Mablag‘larni boshqarish va pensiya nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi boshlig‘i, Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish va hisobini yuritish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati To‘lov tizimini rivojlantirish va daromadlar hisobini yuritish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida samarali faoliyat yuritgan.

 

Pensiya jamg‘armasi

Axborot xizmati



Report Page