Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Пенсионный Фонд

Zohidxo’ja Tursunov budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuchi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

 Zohidxo’ja Orifovich Tursunov 1987-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 2009-yilda Toshkent Moliya institutini tamomlagan. 

 O‘z mehnat faoliyatini 2009-yilda Boʻka tumani fermer xoʻjaligi hisobchisi sifatida boshlagan. Turli yillarda Toshkent viloyati hokimligi moliya boshqarmasida “Daromadlarni bashorat va tahlil qilish” boʻlimi bosh iqtisodchisi, “Aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy sohani moliyalashtirish boʻlimi” boshligʻi, “Taʼlim muassasalarini moliyaviy taʼminlash boʻlimi” boshligʻi, moliya bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari lavozimida xizmat qilgan.  

 Tayinlovga qadar Toshkent viloyati moliya bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida samarali faoliyat yuritgan.


Pensiya jamg‘armasi

Axborot xizmati

Report Page