Pekin-2022: hamyurtimiz Italiyadan Chin yurtiga jo‘nab ketdi

Pekin-2022: hamyurtimiz Italiyadan Chin yurtiga jo‘nab ketdi


Komil To‘xtayev XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarida Italiyaning mashhur VIST brendi liboslarida qatnashadi

Xabaringiz bor, shu yilning 4-20-fevral kunlari Xitoyning Pekin shahrida XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladi. Ushbu nufuzli musobaqada hamyurtimiz Komil To‘xtayev ham ishtirok etadi.

Bugun hamyurtimiz Italiyadagi mashg‘ulotlarini yakunlab, Xitoyga yo‘l oldi. Maʼlumki, yana 3 kundan so‘ng Pekinda XXIV qishki Olimpiya o‘yinlariga start beriladi. Bundan biroz avval hamyurtimiz Komiljon To‘xtayev o‘z murabbiyi bilan Italiyaning Milan shahridagi “Malpensa” xalqaro aeroportidan Pekinga jo‘nab ketdi.

Darvoqe, To‘xtayev Pekin qishki olimpiadasida Italiyaning mashhur VIST brendi liboslarida ishtirok etadigan bo‘ldi. Ushbu brend asosan qishki sport turlarining tog‘ chang‘isi yo‘nalishi uchun liboslar ishlab chiqaradi va undan dunyoning aksariyat qishki sport turlari rivojlangan davlatlari foydalanadi.

VIST brendi xalqaro chang‘i federatsiyasi sertifikatiga ega bo‘lib, ushbu sertifikatga ega bo‘lmagan brendlar libosida bironta xalqaro musobaqada qatnashib bo‘lmaydi. Ushbu brend ixtisoslashgan sport kiyimlari va anjomlarini ishlab chiqaradi. Mazkur kombinezonlardan bir nechtasi O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari uchun buyurtma asosida xarid qilindi.


Report Page