Pedagogika kafedrasida ma'rifat soati o'tkazildi

Pedagogika kafedrasida ma'rifat soati o'tkazildi

Nodira Xikmatovna


Pedagogika kafedrasida “Yoshlarning ma’naviy qiyofasi :axloq-odob va kiyinish madaniyati” mavzusida  ma'rifat soati o'tkazildi. Oilada farzandlarni o‘z burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash mas’uliyat, onglilik, vijdon kabi fazilatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda ota-onaning o‘zaro samimiy munosabati, ularning farzandlari bilan yaqin, do‘stona munosabatda bo‘lishi, ularning kelajakdagi orzu-maqsadlarini tushunib olishlari, farzandlarning sog‘-salomat voyaga etishlari uchun asos bo‘ladi.

Bolalar tarbiyasida tezda ijobiy natijalarga erishish uchun ularga bilim berish bilan birga, ma’lum mehnat jarayonlariga jalb etish, kasb va mutaxassislik sir-sinoatlarini qo‘shib o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiya ishining ba’zan samarasiz bo‘lishiga asosiy sabablardan biri tarbiya jarayonida tartib-intizomning bo‘lmasligidir. Shaxs qanchalik mehr-muhabbat va tartib-intizom asosida tarbiyalansa, yomon xatti harakatlardan shunchalik uzoq bo‘ladi.

Pedagogik ta'lim fakulteti matbuot xizmati

Report Page