Pedagogika fakultetida kafedra kunlari...

Pedagogika fakultetida kafedra kunlari...

Rahmatulla Temirov

Joriy yilning 5-may sanasida Buxoro davlat universiteti talabalar turar joyi binosida kafedra kunlari doirasida Pedagogika kafedrasi professor o'qituvchilari tomonidan ma'naviy- ma'rifiy tadbirlar tashkil qilindi.
Kafedra o'qituvchilari G.Habibova "Sog'lom turmush tarzi tarafdorlarimiz", N.Raximova "Kitob- mening do'stimsan" , D.Tosheva "Tafakkur sinovlari" nomli zakovat bellashuvi, hamda L.Elibayeva tomonidan O'zbekiston xalq shoiri M.Yusuf xotirasiga bag'ishlab "Mehr qolur, muhabbat qolur" nomli tadbirlar bo'lib o'tdi.





Pedagogika kafedrasi mudiri p.f.d.p. Sh. Olimov tomonidan "Milliy tiklanishdan- milliy yuksalish sari" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Talabalar bilan bo'lgan suhbat davomida Sh.Olimov "...bugungi kun oliy ta'lim talabalari erkin va mustaqil fikrlovchi, o'z tanlagan mutaxasislik yo'nalishining sir asrorlarini mukammal o'rganishi, shu bilan birga milliy urf-odatlarimiz , ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy va ma'naviy merosni chuqur o'rganishi, zamon talablariga javob berishi,yangilikka intiluvchan bo'lmog'i kerak" ligini aytib o'tdilar.



Pedagogika va psixologiya ta'lim yo'nalishining MOTIVATOR va INSAYT zakovat jamoalari o'rtasida kechgan zukkolik bahsida MOTIVATOR jamoasi 6:4 hisobida g'alaba qozondi. Jamoalar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.



Pedagogika fakulteti talabalari tomonidan ijro etilgan sahna ko'rinishlari, aytilgan she'r-u qo'shiqlar, kitobxonlikni targ'ib etuvchi chiqishlar barchaga birdek manzur bo'ldi.

Tadbir davomida Buxoro shahar 2-son IIB profilaktika inspektori katta leytenant N. Nekboyev, jinoyat qidiruv bo'limi katta leytenanti A.Abdullayev hamda pedagogika kafedrasi o'qituvchisi O.Ahmadov tomonidan "Ommaviy madaniyat bilan bog'liq mafkuraviy tahdidlarning oldini olish" ga qaratilgan profilaktik davra suhbati tashkil qilindi.


Tadbir so'ngida iqtidorli talabalar ijrosidagi jonli qo'shiqlar barcha ustozlar, ishtirokchilar va mehmonlarga xush kayfiyat ulashdi.


Pedagogika fakulteti matbuot kotibi
Rahmatulla Temirov

Report Page