Pedagogika fakultetida Ota-onalar kuni o‘tkazildi

Pedagogika fakultetida Ota-onalar kuni o‘tkazildi


Mamlakatimiz ilm fan sohasida amalga oshiralayotgan keng ko‘lamli islohotlar ayni paytda ta’lim va tarbiya tizimi orqali odamlarimizning ongu tafakkuri va dunyoqarashini o‘zgartirish, davlat siyosatining ustuvor masalasiga aylandi. Pedagogika fakultetida o‘tkazilgan ota-onalar kuni esa ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli va samarali tashkil etishda fakultet ma’muriyati hamda ota-onalarning hamkorligida amalga oshiriladigan vazifalarga bag‘ishlandi. Talaba yoshlarning bo‘sh vaqtini  mazmunli tashkil etishda “Besh muhim tashabbus” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Ijarada yashayotgan talabalarning yashash sharoitlarni yaxshilash va bugungi kunda ijarada yashayotgan talaba yoshlarga 1 maydan boshlab ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplab berilishi, bitiruvchi kurs talabalarining bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga boshlayotgan yoshlar uchun berilayotgan imtiyozli kreditlar haqida ma’lumot berildi.

BuxDU Matbuot xizmati



Report Page