Pedagogika fakultetida "Kafedra kuni" munosabati bilan turli tadbirlar o`tkazildi

Pedagogika fakultetida "Kafedra kuni" munosabati bilan turli tadbirlar o`tkazildi

Xumora ZavqiyevnaOctober 19, 2021


Pedagogika fakulteti Psixologiya kafedrasi o'qituvchilari A. Nazarov, S. Qosimova hamda Sh. Salixovlar tomonidan Buxoro davlat universiteti talabalar turar joyida "Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz" shiori ostida turli xil ma'naviy - ma'rifiy tadbirlar o'tkazildi.

Fakultet yetakchisi X.Tohirova tomonidan talabalarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishi uchun turli xil ko'ngilochar o'yinlar hamda " Zakovat " intellektual o'yinlari tashkil etildi. O'yinlarda faol ishtirok etgan talaba yoshlarga Psixologiya kafedrasi tomonidan ajoyib kitoblar sovg'a qilindi.

Tadbir so'ngida so'zga chiqqan Psixologiya kafedrasi dotsenti A. Nazarov talabalarga siyosiy jarayonlarga befarq bo'lmaslikni hamda saylovoldi jarayonlarga hamma birdek faol bo'lishiga da'vat etdi. Talabalar uchun ajoyib kuy - qo'shiqlar yangradi.

Pedagogika fakulteti matbuot xizmati:

https://t.me/Pedagogika_buxdu






Report Page