Pedagogika fakultetida «Istiqbolli Avlod» Markazining Buxoro viloyati bo‘limi hamkorligida uchrashuv o‘tkazildi. 

Pedagogika fakultetida «Istiqbolli Avlod» Markazining Buxoro viloyati bo‘limi hamkorligida uchrashuv o‘tkazildi. 

Xumora Zavqiyevna

Pedagogika kafedrasi o‘qituvchilari N.Ismatova, G.Habibova, L.Eliboyeva, Q.Abdullaev, F.Jumyaeva, O‘.Qurbonovalar tashabbusi bilan «Istiqbolli Avlod» Markazi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda «Istiqbolli Avlod» Markazining Buxoro viloyati bo‘limi raisi Lola Karimova 3-bosqich Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarni Markaz faoliyati bilan tanishtirib, jamiyatda uchraydigan zo‘ravonlik holatlari va uni bartraf etishda Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. SHuningdek odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarni ijtimoiy hayotga qaytarish va sog‘ligini tiklashlariga amaliy yordam hamda, odam savdosi jinoyati qurbonlariga psixologik, huquqiy va ijtimoiy ko‘mak berish borasida Buxoro viloyatida amalga oshirilgan ishlar borasida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga markaz xodimlari tomonidan javob berildi.

Pedagogika fakulteti matbuot xizmati:



Report Page