Pedagogika fakultetida “Dunyoni zabt etib” mavzusida tadbir tashkil etildi
Amir Temur o‘z davlatini har qanday kutilmagan voqealardan himoya qilib, kuchli va mustahkam, xalqini esa baxtli va farovon hayotini ta’minlay olgan shoh. U o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga qat’iylik bilan erishgan. Shuning uchun xam u o‘sha davrda dunyodagi eng kuchli saltanatga ega bo‘lgan. Kuchli xarakter sohibi, moxir siyosatchi va lashkarboshi, ilmli inson bo‘lgan.
Pedagogika fakulteti 4-1PSI-20 va 4-2PSI-20 guruh talabalari tomonidan tashkil etilgan tadbir ana shunday buyuk sarkardaning “Temur tuzuklari” asarida ilgari surilgan psixologik qarashlariga bag‘ishlandi. Talabalar tomonidan Amir Temurning sa’y-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xonaqoxlar, saroylar, bozorlar, ko‘priklar, yo‘llar, bekatlar, hammomlar, kanallar, qal’alar jumladan, Bibixonim jome masjidi, Go‘ri Amir va Ahmad YAssaviy, Zangi ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zindadagi me’moriy mo‘jizalari bo‘lmish tarixiy obidalar, inson tafakkuri va aql-zakovatining buyuk timsollari sifatida ta’riflanildi.
Tadbirning badiiy qismida esa Abdulla Oripovning „Sohibqiron“ dramasida asosida Amir Temur va sulton Boyazid o‘rtasidagi jangning strategik taktikasi, Temur va Aloviddinning shatranj o‘yini misolida nomoyish etildi.
BuxDU Matbuot xizmati