Pedagogika fakulteti tyutorlari talabalar bilan video muloqotda.

Pedagogika fakulteti tyutorlari talabalar bilan video muloqotda.

Muallif: Tyutor Rajabova Go'zal

Qishgi ta'tilda Pedagogika fakulteti tyutorlari Rajabova G, Murodova M,Olimova F talabalar holidan xabar olish maqsadida, o'ziga biriktirilgan guruhdagi talabalar bilan onlayn video muloqotda bo'lishdi. Muloqot davomida bo'sh vaqtlarida nimalar bilan shug'ullanayotganlari so'raldi. Talabalarga BuxDu tomonidan o'tkazilayotgan onlayn tanlovlarga va shaxmat sport turiga qatnashishda faol bo'lishga chaqirildi. Bo'sh vaqtlarida qaysi badiiy adabiyotlar mutoala qilayotganliklari bilan qiziqib ko'rildi va ularni o'qishlari uchun foydali bo'lgan adabiyotlar ro'yxati berildi. Talabalardan bo'sh vaqtlarini, yanada mazmunli o'tkazishlari uchun takliflar eshitildi. Ta'til davomida ular uchun yana qanaqa tanlovlar o'tqazish kerakligi, to'g'risida fikrlari tinglandi. Bundan tashqari hozirda ko'payib borayotgan "Omikron" virusidan himoyalanish, "Covid19" ga qarshi emlanish sog'liq uchun foyda bo'lishi uqtirildi. Shuningdek, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish borasida Rus tili, Ingliz tillarini, o'rganishlari o'zlari qiziqgan hunar bilan shug'ullanishlari va sport bilan ko'proq shug'ullanish kerakli borasida tavsiyalar berildi, va harbir talabaning ota- onasi bilan alohida gaplashib kontrakt to'lovining 50%to'lanishi aytildi.Uniwork tizimiga o'z vaqtida ma'lumotlar yuklanishi ham aytib o'tildi.



Report Page