Pedagogika fakulteti tomonidan “Qadriyatlarni qadrlaymiz” loyihasi doirasida “Milliy qadriyatlar-yosh pedagoglar nigohida” nomli tadbir tashkil etildi

Pedagogika fakulteti tomonidan “Qadriyatlarni qadrlaymiz” loyihasi doirasida “Milliy qadriyatlar-yosh pedagoglar nigohida” nomli tadbir tashkil etildi


Milliy qadriyat va anʼanalarimizni yanada rivojlantirish, folklor sanʼatimizni boyitish, dunyo boʻylab keng tarannum qilish borasida olib borilayotgan ezgu ishlarni amalga oshirish maqsadida  Pedagogika fakulteti professor-o’qituvchilari, pedagogik amaliyotni o‘tayotgan talabalari hamda Buxoro Pedagogika kolleji pedagogik jamoasi hamkorlikda “Qadriyatlarni qadrlaymiz” loyihasi doirasida tayyorlangan “Milliy qadriyatlar-yosh pedagoglar nigohida” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda milliy qadriyatlarimiz ulug’lanib,  talaba-yoshlar tomonidan milliy xalq o‘yinlari musobaqalari (arg‘inmachoq, berkinmachoq, kim kuchli, ko‘z bog‘lagich, arqon tortish, kim epchilu kim chaqqon, sust xotin) o’yinlari tashkil etilib,  milliy liboslar,  milliy urf-odat va an'analarni namoyish etishdi.

BuxDU Matbuot xizmati



Report Page