#Pedagogika fakulteti sportchi qizlari bilan uchrashuv!

#Pedagogika fakulteti sportchi qizlari bilan uchrashuv!

Xumora Zavqiyevna

Pedagogika fakulteti sportchi qizlari bilan talaba yoshlar o'rtasida davra suhbatlari va uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvni fakultetning Yoshlar ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari F.Jumayeva o'z nutqlari bilan boshlab berdilar. Nutqlari davomida fakultetdagi sportchi qizlar hamcha sport bo'yicha chempion bo'lib talabalik baxtiga musharraf bo'lgan qizlarimiz haqida so'zlab berdilar. Shular jumlasidan fakultet yetakchisi Tohirova Xumora taekvondo sport turi bo'yicha, Mansurova Ferangiz qilichbozlik sanati bo'yicha chempionlikni qo'lga kirtishgan. Dekan o'rinbosari nutqlari so'ngida so'z navbatini fakultet yetakchisi X.Tohirova topshirdi. Tohirova o'z nutqi davomida taekvondo sport turining afzalligi, erishgan yutuqlari va sog'lom turmush tarziga amal qilish to'g'risida bir qancha ma'lumotlarni berib o'tdi. Bu bilan talaba yoshlarni sport bilan shug'ullanib, sog'lom turmush tarziga rio qilishga da'vat etdi.

Pedagogika fakulteti matbuot xizmati:

https://t.me/Pedagogika_buxdu

Report Page