Pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi yig'ilishi...

Pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi yig'ilishi...

Rahmatulla Temirov


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-iyun kuni oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi munosabati bilan joriy yilning 17-iyun kuni Buxoro davlat universiteti bosh binosi 103- auditoriyasida pedagogika fakulteti dekani E.Muxtorov, pedagogika kafedrasi mudiri Sh.Olimov boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda pedagogika kafedrasi professor-o'qituvchilari, birinchi va ikkinchi bosqich magistrantlar ishtirok etishdi. Yig'ilish davomida Yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan to'rt ustuvor vazifaga alohida to'xtalib o'tildi. Birinchisi – oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kengashlarining rolini oshirish va kafedralar vakolatlarini kengaytirish.

Ikkinchisi – o‘quv jarayonini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta’minlash va talabaning o‘z ustida ishlashi uchun muhit yaratish.

Uchinchisi – oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish.

To‘rtinchisi – professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qog‘ozbozlikni kamaytirish, sohani raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish.



Kafedra yig'ilishi davomida birinchi ustuvor vazifa – oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kengashlarining rolini oshirish va kafedralar vakolatlarini kengaytirish shu asosida har bir kafedraning faoliyati uning ilmiy salohiyati va yoshlarni seleksiya asosida ilmiy faoliyatga jalb etish ko'rsatgichlariga qarab baholanishi yuzasidan fikr mulohazalar yuritildi.


Kafedra o'qituvchilari G. izbullayeva , B.Umarov, D.Rahmonovalar tomonidan yig'ilish mavzusi doirasida takliflar berildi hamda tegishli xulosalarga kelindi.




Pedagogika fakulteti matbuot kotibi R.Temirov

Report Page