#Pedagogika fakulteti Texnologik ta'lim kafedrasi o'qituvchilari tomonidan Talabalar turar joyida "Kafedra kunlari" doirasida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda uchrashuvlar o'tkazildi.

#Pedagogika fakulteti Texnologik ta'lim kafedrasi o'qituvchilari tomonidan Talabalar turar joyida "Kafedra kunlari" doirasida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda uchrashuvlar o'tkazildi.

Нодира Кахрамонова
Hozirda insoniyat boshiga turli balolarni solib, oilalarni va jamiyatni tanazzulga olib boradigan illlatlardan biri bu giyohvandlikdir. Yoshlarimiz o'rtasida shunday illatlarni oldini olish maqsadida Pedagogika fakulteti Texnologik ta'lim kafedrasi dotsenti D. Sayfullayeva tomonidan "Giyohvandlik-asr vabosi" mavzusiga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi.
Shuningdek, tadbirda Universitet bosh shifokori Mavluda Karimova ishtirok etib, talabalarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida qiziqarli ma'lumotlarni aytib o'tdilar hamda talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar.
Ushbu davra suhbatini o'tkazilishidan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarni giyohvandlik balosidan saqlash, insoniyat salomatligini asrash va sog'lom turmush tarzini olib borishga da'vat etishdan iborat.


Report Page