Payshanba yoshlar kuni 

Payshanba yoshlar kuni 


Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ochiq va samimiy muloqotdan so‘ng tuman hokimi Sh.Xudayberdiyev 78-umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.


Tuman rahbari avvalo mental arifmetika sinfiga kirib, bolajonlar bilan suhbatlashdi. Ularning bilimga chanqoqligi, tezkor fikrlashi va hisob-kitoblarni chaqqonlik bilan bajarishi tahsinga sazovor ekanini aytdi. Samimiy ruhda o‘tgan suhbat jarayonida tuman hokimi o‘zining maktab davrlarini yodga olib, matematika fanidan bir nechta misollarni ishlab berdi. Bu esa o‘quvchilarga yanada motivatsiya bag‘ishladi.


Shuningdek, mehnat xonasi hamda tikuvchilik xonasida yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarni egallashi, kasb-hunarga yo‘naltirilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etildi. Maktab kutubxonasiga ham kirilganida, yoshlarning mutolaa madaniyatini oshirish, ularni kitobxonlikka keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


O‘rganish davomida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilarning bilim olishi va kasb o‘rganishi uchun keng imkoniyatlar mavjudligi alohida qayd etilib, kelgusida bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Report Page