Paypoq ishlab chiqarish liniyasi

Paypoq ishlab chiqarish liniyasi

@afexuz

‌‌

Paypoq ishlab chiqarish liniyasi (www.afex.uz)

Koʻplab talablar va qiziqishlar tufayli Paypoq ishlab chiqarish liniyasini sizlarga havola etishga qaror qildik. Quyida nima uchun aynan paypoq uskunasining talabchanligi, unga boʻlgan qiziqishlar va uskunalarning xilma-xil turdagi variantlarini taqdim qilamiz.

“Qish boʻlsin, yoz boʻlsin asosiysi ish boʻlsin“ - deb bekorga aytishmaydi tadbirkorlar 😊. Paypoq ishlab chiqarish liniyasi hech qanday fasl (sezon) tanlamaydi, axir qishda ham yozda ham paypoq kiyishadi! Bozorga kirib olsangiz bas, biznesingiz gullab ketishi aniq.

“Paypoq xaridorgir boʻlishiga sabab nima?! 😳“ - deb oʻylashingiz tayin, buning uchun koʻp bosh qotirish ham shart emas. Statistika natijalariga qaraganda hozirda insonlar oʻlimiga qaraganda tugʻilish koʻp kuzatilarkan. Bu yangi tugʻilgan 👶 chaqaloqdan tortib 80-90 yoshli 👴 insonlar uchun ham paypoq ehtiyoji boʻlishidan dalolat beradi. Shuning uchun ham bozorda paypoqqa boʻlgan talab kundan-kun yuqorilab bormoqda, albatta sifatga boʻlgan talab undan-da yuqori.

Kuzatgan boʻlsangiz kerak, bozorda sifatsiz paypoqlar koʻp ekanligini?! Bizning uch-xil turdagi uskunamiz va umumiy liniyamiz yordamida bozordagi eng sifatli paypoq turidan da sifatliroq mahsulot yetkazib berishingiz mumkinligiga kafolat beramiz 💯.

Sizga koʻrsatmoqchi boʻlgan uskunalarimizni sevib qolishingiz mumkin desam mubolagʻa boʻlmaydi. Kimga ham pul yoqmaydi?! Agarda xohlasangiz xomashyolarning ulgurji sotuv joyi bilan, malakali mutaxassislar/texnologlar bilan tanishtirishimiz mumkin. Buning uchun biz bilan bogʻlangan yoki ofisimizga tashrif buyurgan holda konsultatsiya xizmatimizdan foydalanishingiz mumkin. Biz biznesingiz rivoji tarafdorimiz.

Paypoq ishlab chiqaruvchi uskunalarning turlari va ularning narxi (www.afex.uz)


RB-6FTP modelidagi paypoq ishlab chiqarish uskunasi

RB-6FTP paypoq ishlab chiqarish uskunasining texnik parametrlari (www.afex.uz)


FS-6FTP modelidagi paypoq ishlab chiqarish uskunasi

FS-6FTP paypoq ishlab chiqarish uskunasining texnik parametrlari (www.afex.uz)


FX-7FTP modelidagi paypoq ishlab chiqarish uskunasi (7 - avlod uskunasi)

FX-7FTP paypoq ishlab chiqarish uskunasining texnik parametrlari (www.afex.uz)


Bular esa tepada ko'rsatib o'tilgan uskunalar ishlashiga kerakli bo'lgan moslamalar.

Havo tortish moslamalari

Havo tortish (otsos) moslamalarining ikki xil turi (www.afex.uz)


Overlok uskunasi

Overlok uskunasining ikki xil turi (www.afex.uz)


Havo kompressori

Havo kompressorining ikki xil turi (www.afex.uz)


Dazmollash uskunasi

Dazmollash uskunasining ikki xil turi (www.afex.uz)

Mahalliy texnologlar yordamida yasalgan qo'lbola uskuna ham mavjud bo'lib, uning narxi qariyb 200$ ni tashkil qiladi.


Siz aziz Xaridorlarimizga oson va qulay tanlov bo'lishi uchun 4 xil kombinatsiyadagi liniya narxlari bilan tanishtirib o'tamiz:


"Midi" Paypoq liniyasi

"Midi" paypoq liniyasining texnik parametrlari (www.afex.uz)

Midi liniyasi ikkiga bo'linadi:

Birinchi to'plamda minimal xarakteristikadagi uskunalar to'plami terilgan bo'lib uning umumiy narxi 4 350$ ni tashkil qiladi. Uning ikkinchi tanlovdan farqi Paypoq to'qish uskunasining RB-6FTP modelidagisi va qo'lbola dazmoldir.

Ikkinchi to'plam esa FX-7FTP yettinchi avlod paypoq to'qish uskunasi va Xitoydagi zavoddan keltirilgan dazmoli bilan birinchi to'plamdan farq qiladi. Ikkinchi to'plamning umumiy bahosi 6 550$ ni tashkil etadi.


"Pro" Paypoq liniyasi

"Pro" Paypoq liniyasining texnik parametrlari (www.afex.uz)

"Pro" liniyasi ikkiga bo'linadi.

Birinchi to'plam 5 dona RB-6FTP rusumli to'qish uskunasi va maksimal xarakteristikadagi uskunalardan tashkil topgan. Uning umumiy narxi 25 600$ ni tashkil qiladi.

Ikkinchi to'plam esa 5 dona FX-7FTP rusumli to'qish uskunasi va maksimal xarakteristikadagi uskunalardan tashkil topgan. Uning umumiy bahosi 33 350$ ni tashkil qiladi.



Xaridorlarimiz tomonidan sinab ko'rilgan videorolik (www.afex.uz)


Eslatma! Tepada keltirilgan narxlar 01.11.2018 sanadagi narxlarga muvofiq ko'rsatilgan va ular o'zgarishi mumkin.

Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini Toshkentdagi "Afex-Group" LLC omboridan qabul qilib oladi va kompaniyamiz uskuna va xomashyolaringizni Oʻzbekistonning istalgan hududiga bepul yetkazib berishni oʻz zimmasiga oladi.

(Oʻrnatib berish xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

Murojaat uchun:

📞 +998 93 381 66 99

📞 +998 93 382 66 99

✉️ Email: afexuz@gmail.com

🌐 www.afex.uz

Manzil: Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli 150.

Moʻljal: Janubiy temiryoʻl vokzali roʻparasida "Vega Centre" 5-qavati, 6-xona


Bizni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizda kuzatib boring:

Facebook

Telegram

Instagram

Ok.ru


Xaritada bizning joylashuvimiz 😊

Report Page