PaymeGO va CLICK to'lov tizimlari qabul qilinadi

PaymeGO va CLICK to'lov tizimlari qabul qilinadi

korzinka.uz

✅ Do'konda kassirga kartaning o'rniga telefoningiz ekranida QR-kodni ko'rsatasiz. ✅ Kassir QR-kodni skanerlaydi va kerakli qiymat plastik kartadan ko'chirib olinadi.

PaymeGO - tezkor. Siz sotuvchi terminalga kartangizni ulagunicha, qiymatni kiritishini va sizdan PIN ni so'rashini kutib turmaysiz.

PaymeGO - хavfsiz. QR-kod faqat 1 to'lovga mo'ljallangan. QR-kod bo'yicha kartadan pullarni ikkinchi marotaba yechib olib bo'lmaydi. QR-kodning amal qilish muddati - 30 soniya.

Google Play yoki AppStore dan Payme ilovasini telefonga o'rnating.

✅ Kartaga SMS-хabarnoma хizmatini ulang.

✅ Ilovaga UZCARD Online kartasini qo'shing.



Telefoningizda CLICK Uzbekistan ilovasini ochib, kassirga shaxsiy QR-kodingizni ko'rsating. Kassir uni skanerlab kartangizda kerakli mablag'ni yechib oladi.  

Shaxsiy QR-kodingiz har 30 soniyada yangilangani sababli undan 2 marta to'lov yechish mumkin emas. 

CLICK Uzbekistan ilovasini yuklab oling yoki uni Android hamda iOS uchun so'nggi talqinigacha yangilang. 


✅ Kartangiz CLICKka ulanmagan bo'lsa, uni ulang! Bo'ldi! Unumli xaridlar sari olg'a!


Report Page