Pavel Durov about Telegram unblocking in Russia
Telegram Uzbekistan🇷🇺 Версия на русском языке ниже.
Roskomnadzor Rossiyada Telegram'ni rasman blokdan chiqardi

Pavel Durov rasmiy postining o‘zbek tilidagi talqini.
Telegram Uzbekistan tarjimasi.
Ajoyib yangilik — Roskomnadzor Rossiyada Telegram'ni rasman blokdan chiqardi. Men barcha rossiyalik Telegram foydalanuvchilarini ushbu ijobiy o‘zgarish bilan tabriklayman — va bu o‘zgarish uzoq muddatli bo‘lishiga umid qilaman.
Blokdan chiqarish natijasida amalda nima o‘zgaradi? Rossiyadagi Telegram mobil ilovalarining barqarorligi va tezligi oshishi kerak. Telegram kanallari va xizmatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalari VPN'ga ulanmasdan ham mavjud bo‘ladi, bu esa kanal va chatlar ishtirokchilarining ko‘payishiga olib keladi. Shu bilan birga, shaxsiy ma’lumotlarni saqlash rejasida hech qanday o‘zgarish yo‘q — shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi va shaxsiy yozishmalarning maxfiyligi barcha mamlakatlarda Telegram'ning asosiy qonun-qoidasi bo‘lib qolmoqda.
Blokirovkadan chiqarish IT-tadbirkorlar va investorlar uchun yaxshi belgi bo‘ladi, deb o‘ylayman. Rossiya hukumatining ushbu va boshqa sohalardagi bunday harakatlari optimizm tug‘dirmoqda. Umid qilamanki, ijobiy harakatlar yo‘nalishi saqlanib qoladi va Rossiya raqamli sohada o‘z imkoniyatlarini amalga oshira oladi.
So‘nggi ikki yil ichida Telegram'dan foydalanishda davom etgan barcha rossiyaliklarga rahmat. Sizning ishonchingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz bu vaqt davomida jamoamizni ilhomlantirdi. Ishonamanki, ushbu qo‘llab-quvvatlash bugungi tadbirning sabablaridan biriga aylandi.
2020-yil 18-iyun,
Pavel Durov
📢 Maqolani ulashish →
⬆️ Yuqoriga

Роскомнадзор официально разблокировал Telegram на территории России

Русскоязычная версия официальной публикации Павла Дурова.
Отличная новость – Роскомнадзор официально разблокировал Telegram на территории России. Поздравляю всех российских пользователей Telegram с этим позитивным изменением – и надеюсь, что оно долгосрочно.
Что поменяется на практике в результате разблокировки? Должна вырасти стабильность и скорость работы мобильных приложений Telegram на территории России. Также станут доступны без VPN прямые веб-ссылки на каналы и сервисы Telegram, что приведет к росту числа участников каналов и чатов. При этом в плане сохранности личных данных изменений нет – право на конфиденциальность и тайну личной переписки остаются фундаментальным принципом Telegram во всех странах.
Думаю, что разблокировка станет хорошим сигналом для IT-предпринимателей и инвесторов. Подобные действия российских властей в этом и других направлениях внушают оптимизм. Надеюсь, что положительный тренд будет сохранен, и Россия сможет реализовать свой потенциал в цифровой сфере.
Спасибо всем россиянам, которые продолжали пользоваться Telegram в течение последних двух лет. Ваше доверие и поддержка вдохновляли нашу команду все это время. Уверен, эта поддержка стала одной из причин сегодняшнего события.
18 июня 2020,
Павел Дуров
📢 Поделиться статьёй →
⬆️ Вверх
