🇺🇸 Pavel Durov: Семь причин не переезжать в Долину

🇺🇸 Pavel Durov: Семь причин не переезжать в Долину

Manpower Consult Group XBA

🇺🇸 AQSH (#USA)

🇷🇺 Оригинальная версия на русском языке ниже.

Kremniy vodiysiga ko‘chmaslikning 7 sababi

Pavel Durov rasmiy xabarining o‘zbek tilidagi talqini.
Telegram Uzbekistan tarjimasi.

Yaqinda Yuriy Dudning Kremniy vodiysi haqidagi filmi chiqdi. Unda muhojir tadbirkorlar AQShga ko‘chib o‘tishning foydalari haqida so‘zlab berishgan.

Yuriy tomonidan suratga olingan filmning ko‘plab qahramonlari bilan shaxsan tanish bo‘lganimdan, ular kamerada e’lon qilgan narsalar va ular bilan bo‘lgan shaxsiy suhbatlardagi narsalarda farq borligini payqadim. Syujetdagi barcha tanish ishbilarmonlardan men AQShdagi hayotning salbiy taraflari haqida bir necha bor eshitganman. Endi ulardan biri vaqtining yarmini o‘z vatanida o‘tkazmoqda, boshqasi Yevropaga qaytib kelganiga bir necha oy bo‘ldi, uchinchisi amerikaliklardan ko‘ngli qoldi va o‘z atrofida "kichik Rossiya" barpo etmoqda.

Umuman olganda, filmdagi qahramonlar kameraga bitta amerikalik fazilatni namoyish etadi — o‘tkir burchaklarni chetlab o‘tib, ijobiy tomonlarga urg‘u berish. Yangi avlod tadbirkorlarini o‘z o‘tmishdoshlarining xatolarini takrorlashdan ogohlantirish maqsadida men Amerikaning kamchiliklari haqida so‘zlab berishni o‘zimning burchim deb bilaman. Quyida siz Kremniy vodiysiga ko‘chmasligingizning 7 sababini taqdim etaman.

1. Politsiya davlati

Ozodlik mamlakati timsoliga qaramay, AQSh — qattiq politsiya davlati bo‘lib, qamoqxonada bo‘lganlar soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Amerikadagi mahbuslar soni Finlyandiya, Germaniya yoki Niderlandiyaga nisbatan 10 baravar ko‘p. Agar bu sizga ta’sir qilmaydi deb o‘ylasangiz, men o‘rningizda unchalik amin bo‘lmas edim: filmdagi Vodiyni reklama qilgan tadbirkorlardan hech bo‘lmaganda biri AQSh huquqni muhofaza qilish organlarining nohaq harakatlaridan va ular ustidan olib borilgan kuzatuvlardan aziyat chekkan. Aytganimdek, 2016-yilda San-Frantsiskoga safarimiz chog‘ida biz Telegram'da FBR'ning bosimiga duch kelganmiz.

2. Karmon ko‘tarmaydigan sog‘liqni saqlash

AQSh sog‘liqni saqlash tizimi samarasiz va qimmat, shuning uchun ko‘plab muhojirlar davolanish uchun Sharqiy Yevropaga uchishadi, chunki bu arzonroq chiqadi. O‘rtacha olganda, AQSh aholisi sog‘lom emas: rivojlangan davlatlar orasida semizlik bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda. Buning mumkin bo‘lgan sabablari zaif nazoratga ega bo‘lgan oziq-ovqat sanoati, past oziq-ovqat madaniyati va stressdir.

3. Cheklangan madaniy hayot

Kremniy vodiysi — madaniy hayoti cheklangan bir necha qishloqlardir. Eng yaqin bo‘lgan shahar San-Frantsisko ham megapolis emas, ammo u yerda ham jinoyatchilik darajasi yuqori va uysizlar soni ko‘pdir. Qizig‘i shuki, San-Frantsisko mening sayohatlarim tarixida shaharning markazida kun davomida menga hujum qilingan yagona joydir.

4. O‘rta-miyona o‘rta ta’lim

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi o‘rta ta’lim sifati boshqa rivojlangan davlatlarnikidan past. O‘rganib chiqilgan 79 mamlakatdan maktablarda matematikani o‘qitish sifati bo‘yicha Amerika atigi 38-o‘rinni egallaydi. Dasturlash bo‘yicha jahon chempionatlaridagi Amerikaning taniqli oliygohlari nomidan chiqadigan barcha g‘oliblar Xitoy maktablarida tahsil olgan va AQShga ko‘chib kelgan etnik xitoyliklardir. Shunga qaramay, AQSh ushbu musobaqalarda birinchi o‘rinlarni Xitoy yoki Rossiyaga qaraganda ancha kamroq egallaydi.

5. Yuqori darajadagi soliqlar

AQSh — yuqori soliqlarga ega mamlakatdir va muvaffaqiyatli Kaliforniya aholisi o‘z daromadlarining yarmidan ko‘pini davlatga berishadi. Shu bilan birga, AQSh o‘z fuqarolaridan mamlakatdan chiqib ketganidan keyin ham daromad solig‘ini talab qilishni davom etayotgan dunyodagi yagona davlat. Amerika Qo‘shma Shtatlarining pasporti — dunyoning qayerida yashashingizdan qat’iy nazar har doim siz bilan birga bo‘ladigan iqtisodiy krepostnoy huquqdir. Albatta, siz AQSh fuqaroligidan voz kechishga harakat qilishingiz mumkin, ammo bu har doim ham natija bermasligini Oleg Tinkovning ayanchli namunasi ko‘rsatgan. Sharqiy Yevropada to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlar AQShga qaraganda ancha past va BAA kabi mamlakatlarda ular mutlaqo nolga teng.

6. Rivojlanishning yuqori narxi

Kremniy vodiysi — bu nafaqat ko‘chmas mulk uchun, balki yuqori texnologiyali biznes oborish uchun ham yuqori narxlar maskani. Muhojir tadbirkorlarning o‘zlari Kremniy vodiysidan bo‘lgan dasturchilarni kamdan-kam hollarda yollashadi. Mahalliy dasturchilar qimmat, taltaygan va ko‘pincha tashqi takliflar va g‘oyalar oqimi tufayli ishda diqqat-e’tiborni bir joyga jamlay olmaydilar. Natijada, muhojirlar Sharqiy Yevropadan kelgan dasturchilar va dizaynerlar bilan ishlashni afzal ko‘rishadi, ammo bu ham 10 soatlik farq tufayli ko‘pincha ularga qiyin bo‘ladi. Shu ma’noda dasturlashni Sharqiy Yevropa yoki Hindistonga yaqin vaqt mintaqasidan olib borish osonroq.

7. Bozorning XXI-asrdagi zaif istiqbollari

Amerika bozori — bu dunyo aholisining atigi 4 foizini tashkil etadigan dunyo internetining qizib ketgan va boshqaruvda qolib ketgan qismi. Hatto 10 yoki 20 yil oldin ham, barcha global loyihalar faqat Kremniy vodiysidan kelib chiqishi mumkindek tuyulgan va bu asosli edi. U payt AQSh eng katta yagona internet bozori bo‘lib, YouTube va Instagram kabi barcha yangi loyihalarni aynan u yerdan ishga tushurish osonroq edi.

So‘nggi yillarda esa bu unday emas: ijtimoiy mediada eng katta muvaffaqiyatlar Kremniy vodiysidan tashqarida paydo bo‘lmoqda. Bunga 800 million foydalanuvchisi bo‘lgan TikTok yoki 400 million faol foydalanuvchiga ega Telegram'ni misol qilib keltirish mumkin. O‘tgan hafta Hindistonning ta’lim startapi Byju'ning kapitallashuv darajasi 10 milliard dollarga yetdi. Bu mantiqiy narsadir: bugungi kunda eng katta ochiq internet bozori AQSh emas, balki Hindistondir. Telegram'dagi hind foydalanuvchilarning ulushi boshqa davlatlardagi foydalanuvchilar ulushidan ko‘proq bo‘lishi tasodif emas. Bizning bosh ofisimiz dunyoning orqa tomonida emas, balki ushbu mamlakatga nisbatan yaqin joylashganidan mamnunmiz.

Xulosa

Amerika Qo‘shma Shtatlari IT biznesini yuritish yoki yashash uchun eng yaxshi joy emas. Ishonchim komilki, tanlov mavjud bo‘lgan hollarda, Sharqiy Yevropani tark etishni istagan har bir kishi boshqa variantlarni albatta ko‘rib chiqishi kerak.

Shimoliy va Markaziy Yevropa mamlakatlarida inson huquqlari va erkinliklari ancha yaxshi himoya qilinadi va XXI-asrda iqtisodiy o‘sish Osiyo mamlakatlarida to‘plangan. Amerika hanuzgacha investorlarning arzon pullari bilan dunyodagi ba’zi tadbirkor va dasturchilarni jalb qilishga qodir, ammo bugungi kunda AQShga ko‘chib o‘tish — huddi aktiv xaridini uning narxining eng yuqori darajasida bo‘lgan vaqtida amalga oshirishga o‘xshaydi.


Pavel Durov: Семь причин не переезжать в Долину

🇺🇸 AQSH (#USA) 

Недавно вышел фильм Юрия Дудя о Кремниевой долине. В нем предприниматели-эмигранты рассказывают о преимуществах переезда в США.

Будучи знакомым со многими героями фильма Юрия лично, я заметил контраст между тем, что они декларируют на камеру, и тем, о чем говорят в личных беседах. От всех знакомых предпринимателей из сюжета я не раз слышал о минусах жизни в США. Сейчас один из них половину времени проводит на родине, другой фактически уже несколько месяцев как вернулся в Европу, третий разочаровался в американцах и строит вокруг себя “маленькую Россию”.

В целом, на камеру герои фильма демонстрируют одну очень американскую черту – обходить острые углы и концентрироваться на позитивных сторонах. Считаю своим долгом рассказать и о недостатках Америки для того, чтобы предостеречь новое поколение предпринимателей от повторения ошибок предшественников. Ниже – 7 причин, почему не стоит переезжать в Кремниевую долину.

1. Полицейское государство 

Несмотря на имидж страны свободы, США – жесткое полицейское государство, которое является лидером по количеству людей, сидящих в тюрьмах. Процент заключенных в Америке в 10 раз выше, чем в Финляндии, Германии или Голландии. Если Вы думаете, что Вас это не коснется, я бы не был так уверен: как минимум один из предпринимателей, рекламирующих Долину в фильме, сам пострадал от несправедливых действий правоохранительных органов США и организованной над ним слежки. Как я рассказывал, мы в Telegram тоже сталкивались с давлением ФБР в ходе поездки в Сан-Франциско в 2016 году. 

2. Недоступное здравоохранение

Система здравоохранения США – неэффективная и дорогая, в результате чего многие эмигранты летают лечиться в Восточную Европу – это выходит дешевле. В среднем, жители США не являются здоровыми: США находится на первом месте по ожирению среди развитых стран. Возможные причины этого – слабо регулируемая пищевая промышленность, низкая культура приема пищи и стресс. 

3. Ограниченность культурной жизни

Кремниевая долина – это несколько деревень с ограниченной культурной жизнью. Ближайший город, Сан-Франциско,– тоже далеко не мегаполис, но обладает высоким уровнем преступности и большим количеством бездомных. Парадоксально, что Сан-Франциско – единственное место за всю историю моих путешествий, где на меня было совершено нападение днем в центре города.

4. Посредственное среднее образование

Качество среднего образования в США ниже, чем в остальных развитых странах. Америка занимает лишь 38 место по качеству обучения математике в школах (из 79 исследованных стран). Все победители чемпионатов мира по программированию, которые выступают за именитые американские вузы, – этнические китайцы, получившие образование в китайских школах и переехавшие в США. Несмотря на это, США занимает на этих соревнованиях первые места значительно реже, чем Китай или Россия.

5. Высокие налоги

США – страна высоких налогов, и успешные жители Калифорнии отдают более половины своего заработка государству. При этом США – единственное государство в мире, которое продолжает требовать подоходный налог со своих граждан даже после того, как они покинули страну. Паспорт Соединенных Штатов – это экономическое крепостное право, которое всегда с Вами независимо от того, в какой точке земного шара Вы живете. Конечно, можно пытаться отказаться от гражданства США, но – как показал печальный пример Олега Тинькова – и это не всегда работает. В Восточной Европе прямые налоги значительно ниже, чем в США, а в странах вроде ОАЭ и вовсе равны нулю.

6. Дороговизна разработки 

Кремниевая долина – место высоких цен не только на недвижимость, но и на ведение высокотехнологического бизнеса. Сами предприниматели-эмигранты редко нанимают разработчиков из Кремниевой долины. Местные программисты дороги, избалованы и часто не могут сфокусироваться на работе из-за потока посторонних предложений и идей. В итоге эмигранты предпочитают сотрудничать с программистами и дизайнерами из Восточной Европы, но и это нередко дается им с трудом в силу 10-часовой разницы во времени. В этом смысле намного проще руководить разработкой из часового пояса, близкому к Восточной Европе или Индии.

7. Слабые перспективы рынка в XXI веке

Американский рынок – перегретый и зарегулированный сегмент мирового интернета, представляющий лишь 4% населения земли. Еще 10 или 20 лет назад казалось, что все глобальные проекты могут быть запущены только из Кремниевой долины, – и это было обосновано. Тогда США предоставляли собой самый большой единый интернет-рынок, и все новые проекты, такие как YouTube и Instagram, было проще запускать именно оттуда. 

В последние годы это уже не так: самые крупные истории успеха в социальных медиа возникают как раз за пределами Кремниевой долины. В качестве примера можно привести TikTok с 800 миллионами пользователей, или Telegram с 400 миллионами активных пользователей. На прошлой неделе индийский образовательный стартап Byju достиг капитализации в 10 миллиардов долларов. Это закономерно: сегодня Индия, а не США, представляет собой самый крупный открытый интернет-рынок. Не случайно доля индийских пользователей в Telegram превышают долю пользователей из любой другой страны. Мы рады, что наша штаб-квартира расположена относительно недалеко от этой страны, а не на обратной стороне земного шара. 

Заключение

США не является лучшим местом ни для жизни, ни ведения IT-бизнеса. Уверен, что при наличии выбора всем желающим покинуть Восточную Европу обязательно стоит рассмотреть другие варианты. 

Права и свободы человека намного лучше защищены в странах Северной и Центральной Европы, а экономический рост в XXI веке сосредоточен в странах Азии. Америка все еще способна приманить часть уже состоявшихся предпринимателей и разработчиков со всего мира дешевыми деньгами инвесторов, но переезд в США сегодня – сродни покупке актива на пике стоимости. 



Report Page