Pavel Durov about Apple and Google

Pavel Durov about Apple and Google

Telegram Uzbekistan
🇷🇺 Оригинальная версия на русском языке ниже.

Apple dunyo bo‘ylab startaplarni qanday yo‘q qilmoqda va buni qanday qilib to‘xtatish mumkin

Pavel Durov rasmiy xabarining o‘zbek tilidagi talqini.
Telegram Uzbekistan tarjimasi.

Deyarli har oyda Telegram dasturchilar uchun tanlovlar o‘tkazadi. Ushbu tanlovlarning g‘oliblari, dunyoning eng yaxshi dasturchilari, bizdan millionlab dollarni mukofot sifatida olishdi.

Boshqa xalqaro dasturiy tanlovlarda bo‘lgani kabi, bizning musobaqalarimiz g‘oliblarining qariyb yarmi Rossiyadan. Telegram tanlovlarining g‘oliblari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Ukraina, uchinchi o‘rinda esa Belarus joy olgan.

Ushbu ulkan ijodiy imkoniyatlarni ko‘rib, 4 yil oldin biz Telegram'da o‘yin yaratuvchilar uchun platformani ishga tushirishga harakat qildik. Biz Sharqiy Yevropaning dasturchilari Telegram xalqaro auditoriyasi uchun xizmatlar yaratib, o‘z iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlarini istardik.

Afsuski, ushbu rejani amalga oshishi nasib etmagan ekan. 2016-yilda Apple kompaniyasi o‘z qoidalariga asoslanib, bizga o‘yin platformasini ishga tushirishni taqiqladi. Biz allaqachon yaratgan Telegram o‘yinlari katalogini va deyarli butun platforma interfeysini olib tashlashimizga majbur bo‘ldik, aks holda Apple bizni Telegram'ni AppStore'dan olib tashlash bilan qo‘rqitdi.

Apple o‘zining bozordagi mavqeini suiiste’mol qilayotgani haqida

Apple o‘z AppStore ilovalar do‘konidan tashqarida iPhone'ga biron-bir ilovalarni o‘rnatishni taqiqlaganligi sababli bizning o‘yin katalogimizni taqiqlagan. Gap shundaki, Apple o‘zining monopol mavqeidan foydalanib, AppStore'dagi barcha ilova dasturchilardan har qanday raqamli xizmatlarni sotishdan aylanmaning 30 foizini unga o‘tkazishni talab qilib kelmoqda. Raqamli xizmatlar — bu, masalan, dasturlardan foydalanish uchun to‘lovlar yoki ulardagi oliy xususiyatlardir. Buning evaziga Apple dasturchilarga ularning ilovalarini iPhone foydalanuvchilari uchun taqdim etishdan boshqa hech narsa bermaydi.

Ilovalar dasturchilari o‘zlarining loyihalarini yaratish, qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilish uchun katta kuch va mablag‘ sarflashadi. Ular bir-biri bilan qattiq raqobatlashadi va juda katta xavf-xatarlarga duch kelishadi. Apple o‘z platformasida uchinchi tomon ilovalarini yaratishda deyarli hech qancha mablag‘ sarflamaydi va hech narsada xavfga duch kelmaydi, ammo o‘sha ilovalar aylanmasining 30 foizini olishda umuman tinmaydi. Google'ning Android-smartfonlari uchun ilova dasturchilarida ham vaziyat uncha yaxshi tarafga uzoqlashgan emas.

Ilovalarni yaratuvchilar olgan pullarining ish haqi, xosting, marketing, litsenziyalar, davlat soliqlarini to‘lash uchun atigi uchdan ikki qismiga egalar. Ko‘pincha bu barcha xarajatlarni qoplash uchun yetarli emas va foydalanuvchilar uchun narxlarni yana ko‘tarishning iloji yo‘q — axir shunda foydalanuvchilar tomonidan talab pasayib ketadi. 30 foizli haq undirilishiga qaramay, daromadli bo‘lib qolishni uddalay olayotgan loyihalar deyarli har doim o‘zlarining yaratuvchilariga Apple va Google kompaniyalarining duopoliyasiga (2 kompaniya hukmronligiga) qaraganda kamroq sof foyda olib keladi.

Apple va Google soliqlari ilova dasturchilariga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda

Aslida, bugungi kunda smartfonlar foydalanuvchisiga oliy va raqamli xizmatlarni sotadigan dunyoning barcha ishlab chiqaruvchilari Apple va Google'ga o‘zlariga nisbatan ko‘proq ishlaydi. Natijada, Apple va Google o‘zlarining offshor hisoblarida o‘nlab milliard dollarni to‘plashmoqda. Shu vaqtning o‘zida butun dunyo bo‘ylab yuz minglab mahalliy dasturchilar jamoalari iqtisodiy jihatdan yo‘q bo‘lib ketish xavfida bo‘lib kelmoqda. Startaplarga o‘z mahsulotlarini yaxshilashni davom ettirishga va foydalanuvchilarni xursand qilishga imkon beradigan mablag‘lar Apple va Google balansida saqlanadi.

Bu raqamli iqtisodiyotning katta bo‘limlari raqobat bo‘lmagan taqdirdagina mavjud bo‘lgan juda katta yig‘im bilan kuchsizlantirilgan holatning markazlashuv va muvozanatsizlikning misli ko‘rilmagan namunasidir.

Raqamli xizmatlar dasturchilari hech qachon bu qadar haqsiz va qaram bo‘lishmagan. Hatto 90-yillarda Microsoft'ning operatsion tizimlar bozorida to‘liq hukmronligi davrida ham dastur ishlab chiquvchilari Windows uchun dasturlarini daromadlaridan hech qanday foizni Microsoft'ga to‘lamasdan bepul tarqata olishgan. Nolinchi yillarda veb-xizmatlarning rivojlanishi davrida, dasturchilar hatto veb-brauzerlar yaratuvchilariga to‘lamasdan, o‘z saytlaridan pul ishlashlari mumkin edi.

Bugungi kunda esa, 10 yildan ortiq vaqtdan beri, biz Kremniy vodiysidagi ikki kompaniya butun dunyo bo‘ylab milliardlab foydalanuvchilar o‘z telefonlariga o‘rnatishi mumkin bo‘lgan dasturlarni to‘liq nazorat qilayotgan, paradoksal vaziyatda yashayapmiz. Va Google hali ham o‘z Play Store'dan tashqarida ilovalardan foydalanish uchun cheklangan imkoniyatni taqdim etishiga qaramay, Apple o‘z foydalanuvchilariga bitta maqsad — natijada yoki foydalanuvchilar yoki dasturchilar to‘lashga majbur bo‘lgan 30 foizli haq undirilishi uchun yaratilgan yopiq ekotizimidan nariga o‘tishga yo‘l qo‘ymaydi.

Shu bilan birga, Apple va Google o‘z platformalari uchun uchinchi tomon ilovalari mualliflari tufayli bozorda o‘zlarining monopol mavqeiga ega. Microsoft va boshqa kompaniyalarning smartfonlar uchun o‘z operatsion tizimlarini ommalashtirishga urinishlari muvaffaqiyatsiz tugadi, chunki uchinchi tomon ilova dasturchilari allaqachon iPhone va Android uchun foydalanuvchilarni jalb qiladigan va ushbu smartfonlarni tanlashga majbur qiladigan ko‘plab ilovalarni yaratdilar. Ya’ni, Apple ilova dasturchilaridan ikki karra — o‘zlarining smartfonlariga raqobatdosh ustunlik yaratish uchun bepul ishchi kuchi sifatida va o‘z xizmatlarining 30 foizini sotishdan ortiqcha daromad manbai sifatida foydalanadi.

Vaziyatni tuzatish uchun nima qilish kerak

Yaqinda Yevropa Komissiyasi Apple kompaniyasining bozordagi mavqeini suiiste’mol qilganlik to‘g‘risida antimonopol tekshiruv ishlarini boshladi. Bu ijobiy qadam. Smartfonlar foydalanuvchilari va smartfonlar uchun ilovala dasturchilarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida biz ushbu muhokamalarda Yevropa Ittifoqi va boshqa yirik yurisdiktsiyalardagi tartibga soluvchilar bilan ishtirok etishni rejalashtirmoqdamiz.

Rossiyaning antimonopol xizmati hanuzgacha Apple'ga uning smartfonlarida rossiyalik ilovalarni oldindan o‘rnatish talablari nuqtai nazaridan qiziqish bildirmoqda. Bu yetarli o‘lchov emas: agar biz oldindan (ishlab chiqarish bosqichida) o‘rnatish haqida gapiradigan bo‘lsak, men milliy davlatlar o‘rnida Apple'ni hech bo‘lmaganda davlatning o‘z — alternativ ilova do‘konlarini oldindan o‘rnatishga majbur qilishga harakar qilgan bo‘lar edim, bu esa mahalliy dasturchilarga o‘z aylanmalarining 30 foizini Kaliforniyaga yubormaslikka imkon berar edi. Bu Yevropa Ittifoqining bir qator mamlakatlarida muhokama qilinayotgan raqamli soliqqa qaraganda mahalliy IT'ni qo‘llab-quvvatlash uchun yanada samaraliroq chora bo‘lar edi. Korporatsiyalarga 3% raqamli soliq solishga urinishdan oldin davlatlar birinchi navbatda Apple va Google kompaniyalariga 30% "raqamli soliqni" to‘lashni to‘xtatishlari kerak.

Maksimal dasturga kelsak, u Sharqiy Yevropa va boshqa tartibga soluvchilar uchun bo‘lishi kerak, bu Apple'ga foydalanuvchilarga nafaqat AppStore orqali ilovalarni o‘rnatishga ruxsat berish majburiyatini yuklashi kerak. Foydalanuvchilar o‘zlarining smartfonlarida dasturlarni erkin ishlatish huquqiga ega bo‘lishlari kerak — xuddi bugungi kunda o‘z kompyuterlariga har qanday dasturni o‘rnatishi mumkin bo‘lganidek.

Ko‘pgina startaplar uchun bunday o‘zgarish har qanday soliq imtiyozlariga qaraganda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar bu amalga oshmasa, Apple kompaniyasining bir yarim trillion dollardan oshgan kapitallashuvi o‘sib borishda davom etadi. Shu vaqtning o‘zida Rossiya, Ukraina, Belorusiya va boshqa mamlakatlarning dasturchilari o‘zlarining startaplarini Kremniy vodiysidagi gigantlar uchun oz miqdordagi pulga sotishda davom etadilar. Foydalanuvchilar ilovalar uchun 30% ko‘proq pul to‘lashni davom ettiradilar yoki past sifatli xizmatlardan qoniqishadi. Va hukumatlar qulay soliq rejimi va iste’dodlarning ko‘pligiga qaramay, nima uchun Kremniy vodiysining to‘laqonli analoglari o‘z mamlakatlarida paydo bo‘lmayotgani haqida savol berishda davom etadilar.

Ikki millat usti korporatsiyalarning butun insoniyatdan soliq yig‘ishiga yo‘l qo‘ymaslik — oson ish emas. Korporatsiyalar xizmatida — minglab lobbistlar, yuristlar va PR-agentlar. Ularning byudjetlari cheksizdir. Shu bilan birga, ilova dasturchilari tarqoq va qo‘rquv ostida, chunki ularning loyihalarining taqdiri butunlay Apple va Google'ning moyilligiga bog‘liq. Ammo biz qo‘rquv vaqti o‘tdi deb ishonamiz.

Hozir biz hozirgi vaziyatning zarari — milliardlab foydalanuvchilar, yuz minglab dasturchilar, milliy iqtisodlar, global taraqqiyot uchun zararli ekanligi haqida ochiq-oydin gapirishni boshlashimiz kerak.


09-iyun, 2020-yil,
Pavel Durov

Maqolani ulashish →

⬆️ Yuqoriga
@TeleUz — Telegram Uzbekistan

Как Apple уничтожает стартапы по всему миру — и как это можно остановить

Официальная публикация Павла Дурова.

Почти каждый месяц Telegram проводит конкурсы для разработчиков. Победители этих конкурсов, лучшие программисты мира, получили от нас миллионы долларов в качестве призов. 

Как и в других международных соревнованиях по программированию, около половины победителей наших конкурсов — из России. На втором месте по количеству победителей конкурсов Telegram находится Украина, на третьем — Беларусь. 

Видя этот колоссальный творческий потенциал, 4 года назад мы предприняли попытку запуска в Telegram платформы для создателей игр. Мы хотели, чтобы разработчики из Восточной Европы смогли реализовать свои таланты через создание сервисов для международной аудитории Telegram.

К сожалению, этому плану не было суждено реализоваться. В 2016 году компания Apple запретила нам запуск игровой платформы, ссылаясь на собственные правила. Нам пришлось убирать уже созданный нами каталог игр Telegram и почти весь интерфейс платформы — иначе Apple угрожала нам удалением Telegram из AppStore.

Как Apple злоупотребляет своим положением на рынке

Apple запретила наш каталог игр по той же причине, почему она запрещает установку любых приложений на iPhone вне своего магазина приложений AppStore. Дело в том, что Apple, пользуясь монопольным положением, требует от всех разработчиков приложений в AppStore перечислять ей 30% от оборота с продажи любых цифровых услуг. Цифровые услуги – это, например, плата за сами приложения или премиальные возможности в них. Взамен Apple не дает разработчикам ничего, кроме разрешения их приложениям быть доступными для пользователей iPhone

Разработчики приложений тратят значительные ресурсы на создание, поддержание и продвижение своих проектов. Они жестко конкурируют между собой и несут огромные риски. Apple же не вкладывает в создание сторонних приложений на своей платформе практически никаких средств и не рискует ничем, зато гарантированно получает 30% от их оборота. Почти так же печально обстоят дела у разработчиков на смартфонах Android от Google

У создателей приложений остается лишь две трети заработанных ими средств для оплаты зарплат, хостинга, маркетинга, лицензий, государственных налогов. Часто этого оказывается недостаточно для покрытия всех расходов, а дальнейшее повышение цены для пользователей невозможно в силу снижения спроса. Те проекты, которым удается оставаться прибыльными несмотря на 30%-ный сбор, почти всегда приносят меньше чистого дохода собственным создателям, чем дуополии Apple и Google.

Как налог от Apple и Google сказывается на разработчиках приложений

Фактически сегодня все разработчики мира, которые продают пользователям смартфонов премиальные и цифровые услуги, работают на Apple и Google в большей степени, чем на самих себя. В результате Apple и Google аккумулируют десятки миллиардов долларов на своих оффшорных счетах, в то время как сотни тысяч локальных команд разработчиков по всему миру находятся на грани экономического выживания. Средства, которые могли бы позволить стартапам продолжать совершенствовать свои продукты и радовать пользователей, складируются на балансе Apple и Google

Это беспрецедентный по своему масштабу пример централизации и дисбаланса, когда целые секторы цифровой экономики оказываются обескровлены непомерным сбором, возможным только в условиях отсутствия конкуренции.

Никогда прежде разработчики цифровых сервисов не были настолько бесправны и зависимы. Даже в эпоху полной гегемонии Microsoft на рынке операционных систем в 90х разработчики приложений могли свободно распространять свои программы для Windows, не платя процент от своих заработков Microsoft. В эпоху расцвета веб-сервисов в нулевые годы разработчики могли свободно монетизировать свои сайты, также не платя отчислений создателям веб-браузеров.

Сегодня же, уже более 10 лет мы живем в парадоксальной ситуации, когда две компании Кремниевой долины полностью контролируют то, какие приложения могут устанавливать на свои телефоны миллиарды пользователей по всему миру. И если Google пока еще предоставляет ограниченную возможность запускать приложения вне их магазина Play Store, то Apple не дает своим пользователям выйти ни на шаг за рамки своей закрытой экосистемы, созданной для одной цели — сбора 30%, который в конечном итоге платят либо пользователи, либо разработчики. 

При этом Apple и Google обязаны своим монопольным положением на рынке именно авторам сторонних приложений для их платформ. Попытки Microsoft и других компаний популяризовать собственные операционные системы для смартфонов завершились неудачей потому, что для iPhone и Android сторонние разработчики уже создали множество приложений, которые привлекают потребителей и заставляют их выбирать именно эти смартфоны. То есть Apple эксплуатирует разработчиков приложений дважды — в качестве бесплатной рабочей силы для создания конкурентного преимущества своим смартфонам, — и в качестве источника сверхприбыли через отъем 30% от продажи их сервисов.

Что можно сделать для исправления ситуации

Не так давно Еврокомиссия открыла антимонопольное расследование в отношении этих злоупотреблений положением на рынке Apple. Это позитивный шаг. Мы планируем участвовать в этих дискуссиях с регуляторами в ЕС и других крупных юрисдикциях, чтобы защищать интересы пользователей и разработчиков приложений для смартфонов. 

Российская антимонопольная служба пока проявляет интерес к Apple в контексте требований предустановки российских приложений на ее смартфоны. Это недостаточная мера: если говорить о предустановке, на месте национальных государств я бы старался обязать Apple как минимум предустанавливать собственные — альтернативные — магазины приложений, которые позволяли бы местным разработчикам не отправлять 30% от своего оборота в Калифорнию. Это было бы более эффективной мерой поддержки локального IT, чем обсуждаемый в ряде стран ЕС цифровой налог. Прежде чем пытаться наложить 3%-ный цифровой налог на корпорации, государствам следует сначала самим перестать платить 30%-ный "цифровой налог" в бюджет Apple и Google.

Что касается программы максимум как для восточноевропейских, так и для остальных регуляторов, она должна состоять в том, чтобы законодательно обязать Apple дать возможность пользователям устанавливать приложения не только через AppStore. Пользователи должны иметь право свободно запускать приложения на своих смартфонах — точно так же, как они сегодня могут устанавливать любые программы на свои компьютеры. 

На многие стартапы подобное изменение окажет более позитивный эффект, чем любые налоговые послабления. Если этого не произойдет, капитализации Apple, которая уже превысила полтора триллиона долларов, продолжит рост, в то время как разработчики из России, Украины, Беларуси и других стран продолжат продавать свои низкомаржинальные стартапы за небольшие для гигантов Кремниевой долины суммы. Пользователи продолжат платить за приложения на 30% больше, либо довольствоваться менее качественными сервисами. А правительства будут продолжать недоумевать, почему, несмотря на комфортный налоговый режим и обилие талантов, в их странах не возникает полноценных аналогов Кремниевой долины.

Помешать двум наднациональным корпорациям собирать налог со всего человечества — непростая задача. На службе у корпораций — тысячи лоббистов, юристов и PR-агентов. Их бюджеты неограниченны. В то же время, разработчики приложений разрозненны и напуганы, так как судьба их проектов полностью зависит от благосклонности Apple и Google. Но мы считаем, что время для страха прошло. Сейчас нужно начинать прямо и открыто говорить о пагубности текущей ситуации — пагубности для миллиардов пользователей, для сотен тысяч разработчиков, для национальных экономик, для глобального прогресса. 


09 июля 2020 года,
Павел Дуров


Поделиться статьёй →

⬆️ Вверх


Report Page