Pavel Durov • Why users shouldn’t worry about ads on Telegram

Pavel Durov • Why users shouldn’t worry about ads on Telegram

Telegram Uzbekistan
🇷🇺 Версия на русском языке ниже.
🇬🇧 Original version of the article in English.

Nima uchun siz Telegram'da reklama paydo bo'lishidan qo'rqmasligingiz kerak?

Pavel Durov rasmiy postining o‘zbek tilidagi talqini.
Telegram Uzbekistan tarjimasi.

Men foydalanuvchilarni boshqa ilovalardan Telegram'ga o‘tish fikridan qaytarayotgan "Telegram reklama joriy qilmoqchi" degan sababga asoslangan maqolani o‘qidim. Bunday maqolalar sizni haqiqatdan chalg‘itadi — buni sizga kamida 3 sabab orqali tushuntiraman:

1. Telegram'dagi chatlarda reklama bo‘lmaydi

Telegram'ga ijtimoiy tarmoq sifatida emas, balki xabar almashish ilovasi sifatida ishonadigan foydalanuvchilar hech qachon reklamani ko‘rmaydilar. Shaxsiy va guruh chatlarida reklama bo‘lmaydi. Dekabr oyida ta’kidlaganimdek, reklama faqat katta kanallarda (@durov singari) bo‘lishi kutilmoqda. Aytgancha, kanallar kabi ushbu turdagi chat boshqa biron bir messenjerda mavjud emas. Shunday qilib, eski dasturlardan voz kechib Telegram'ga o‘tayotgan foydalanuvchilarning hayotida reklama soni ko‘paymaydi.

2. Foydalanuvchi ma’lumotlari target reklama uchun ishlatilmaydi.

Biz (WhatsApp va Facebook kabi) target reklama uchun foydalanuvchilardan shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash axloqsiz deb hisoblaymiz. Bizga DuckDuckGo kabi xizmatlarning maxfiyligiga asoslangan yondashuv — foydalanuvchi ma’lumotlarini yig‘masdan xizmatlarni monetizatsiya qilish yo‘li yoqadi. Shuning uchun, agar biz reklamani kanallarga joylashtirsak, ular kontekstli bo‘ladi — kanal mavzusiga asoslangan bo‘lib, foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarga asoslangan emas.

3. Biz mavjud reklamani takomillashtirmoqdamiz.

Aksariyat bozorlarda Telegram'da kontent (bir mavzuga oid postlar, maqolalar) yaratuvchilar o‘zlarining kanallarida reklama postlarni joylashtirib, o‘zlarining kontentini monetizatsiya qilishmoqda. Bu foydalanuvchilarda salbiy taassurot qoldiradigan shilqim reklamani targ‘ib qiladigan ko‘plab uchinchi tomon reklama tarmoqlariga boy betartib bozordir. Biz ushbu vaziyatni kanal egalariga maxfiylikka asoslangan alternativa taklif qilib tuzatmoqchimiz.

Foydalanuvchilar reklamalardan voz kechish imkoniyatiga ega bo‘lishadi, ammo menimcha, xayriya mablag‘larini jalb qilish yoki obunalarni ijro etishga alternativa sifatida maxfiylikka zid bo‘lmagan reklamalar kanal egalari uchun o‘z mehnatlarini monetizatsiya qilishning yaxshi usuli. Birinchi ikki uslub ustida ham ish obormoqdamiz.

Bizning yakuniy maqsadimiz — moliyaviy jihatdan barqaror va o‘z obunachilari uchun maqbul strategiyani tanlashda erkin bo‘lgan kontent yaratuvchilarning yangi sinfini yaratishdir. An’anaviy ijtimoiy tarmoqlar haddan tashqari ko‘p ma’lumot to‘plash va manipulyatsion algoritmlar bilan foydalanuvchilar va noshirlardan uzoq vaqt salbiy foydalanib kelishgan. Buni o‘zgartirish vaqti keldi. 


11-fevral 2021-yil,
Pavel Durov


Maqolani ulashish →

⬆️ Yuqoriga
@TeleUz — Telegram Uzbekistan

Почему вам не стоит бояться появления рекламы в Telegram?

Русскоязычная версия официальной публикации Павла Дурова.
Перевод от Telegram Uzbekistan.

Я прочитал статью, которая предостерегала пользователей от перехода в Telegram из других приложений по причине, что «Telegram собирается вводить рекламу». Это вводит в заблуждение как минимум по 3 причинам:

1. В чатах в Telegram рекламы не будет

Пользователи, которые полагаются на Telegram как на приложение для обмена сообщениями, а не как на социальную сеть, никогда не увидят рекламу. Личные и групповые чаты не будут содержать рекламу. Как я уже отмечал в декабре, предполагается, что реклама будет только в больших каналах (как @durov). К слову, такой тип чатов, как каналы, не существует ни в одном другом мессенджере. Таким образом, у пользователей, бросающих старые приложения в пользу Telegram, количество рекламы в их жизни не будет увеличиваться.

2. Данные пользователя не будут использоваться для таргетированной рекламы

Мы считаем, что сбор приватных данных от пользователей для таргетированной рекламы (как это делает WhatsApp и Facebook) — это аморально. Нам нравится подход, основанный на конфиденциальности услуг, как у DuckDuckGo: монетизация услуг без сбора информации о пользователях. Поэтому, если мы будем вводить рекламу в каналах, она будет контекстуальной — основанной на теме канала, а не таргетированной на основе каких-либо данных о пользователе.  

3. Мы улучшаем существующую рекламу

На большинстве рынков создатели контента в Telegram уже монетизируют свой контент, размещая рекламные посты в своих каналах. Это хаотичный рынок с множеством сторонних рекламных сетей, толкающих навязчивую рекламу, которая создает негативные впечатления у пользователей. Мы хотим исправить эту ситуацию, предложив владельцам каналов альтернативу, основанную на принципе конфиденциальности. 

Пользователи смогут отказаться от рекламы, но я считаю, что реклама, не нарушающая конфиденциальность, является хорошим способом для владельцев каналов монетизировать свои усилия — в качестве альтернативы пожертвованиям или подпискам, над которыми мы также работаем.

Наша конечная цель — создание нового класса создателей контента — такого, который был бы финансово устойчивым и свободным в выборе стратегии, оптимальной для своих подписчиков. Традиционные социальные сети слишком долго эксплуатировали пользователей и издателей чрезмерным сбором данных и манипулятивными алгоритмами. Пришло время изменить это.


11 февраля 2021 года,
Павел Дуров


Поделиться статьёй →

⬆️ Вверх


Report Page