Pavel Durov • Strategy for making Telegram sustainable

Pavel Durov • Strategy for making Telegram sustainable

Telegram Uzbekistan
🇷🇺 Версия на русском языке ниже.
🇬🇧 Original version of the article in English.

Telegram'ni rivojlantirish strategiyasi

Pavel Durov rasmiy postining o‘zbek tilidagi talqini.
Telegram Uzbekistan
tarjimasi.

Telegram 500 million faol foydalanuvchi belgisiga yaqinlashganda, ko‘pchilikda savol tug‘dirmoqda: bu o‘sishni kim to‘laydi? Axir, foydalanuvchilar qancha ko‘p bo‘lsa, serverlar va trafik uchun xarajatlar ham ko‘proq bo‘laveradi. Bizning miqyosdagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yiliga yuz millionlab dollar turadi.

Telegram'ning tarixining aksariyat qismida Telegram to‘lovlarini men shaxsiy mablag‘larim hisobidan to‘laganman. Ammo hozirgi o‘sish sur’atlarida Telegram milliardlab faol foydalanuvchilarga va tegishli xarajatlarga erishish yo‘lida.

Texnologik kompaniya bunday hajmga yetganida, uning oldida faqat ikkita yo‘l mavjud bo‘ladi: xarajatlarni qoplash uchun pul ishlashni boshlash yoki bozorning kattaroq o‘yinchiga sotilish.

Shuning uchun savol tug‘ilishi tabiiy — biz nima qilamiz? Rejalarimizga bir nechta bandlarda oydinlik kiritaman.

1. Biz WhatsApp asoschilari kabi kompaniyani sotmoqchi emasmiz.

Telegram foydalanuvchilarga huquqlarini hurmat qiladigan va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatadigan mustaqil loyiha sifatida dunyoga kerak. Telegram buyog‘iga ham mukammallik va benuqsonlikka intiladigan texnologik kompaniyasi namunasi bo‘lib xizmat qilishi kerak. Buni esa, o‘tmishdoshlarimizning qayg‘uli misollari ko‘rsatayotganidek, katta korporatsiya tarkibida amalga oshirib bo‘lmaydi.

2. Telegram hali uzoq vaqt yashaydi.

Biz 8 yildan ko‘proq vaqt oldin Telegram'ni dastlab o‘z shaxsiy foydalanishimiz uchun mahsulot sifatida ishlab chiqishni boshladik. O‘shandan beri biz uzoq yo‘lni bosib o‘tdik. Telegram aloqaning bir qator jihatlarida — shifrlashda, funksionallikda, soddaligida, dizaynida, tezligida mumkin bo‘lgan chegaralarni kengaytirdi. Ammo bu faqat boshlanish. Biz dunyoga yana ko‘p narsalarni olib kelishimiz mumkin va kerak.

3. 1 va 2-bandlarni bajarish uchun Telegram keyingi yildan pul ishlashni boshlaydi.

Bunda biz o‘tmishda bergan qadriyatlarimiz va kafolatlarimizga sodiq qolamiz. Yetib olingan ko‘lam tufayli biz Telegram'dan xiraliksiz pul ishlashimiz mumkin — aksariyat foydalanuvchilar jiddiy o‘zgarishlarni sezmaydilar ham.

4. Hozirgi barcha Telegram xizmatlari bepul bo‘lib qoladi.

Ularga qo‘shimcha ravishda biz biznes-jamoalar va rivojlangan ehtiyojlarga ega foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha funksiyalarni taklif etamiz. Ushbu yangi funksiyalarning ba’zilari bizdan katta resurslarni talab qiladi va natijada pullik bo‘ladi. Oddiy foydalanuvchilar doimo Telegramdan bepul foydalanadilar.

5. Telegram'da xabar almashish barcha xizmatlari reklamasiz qoladi.

Shaxsiy va guruh chatlarda reklama ko‘rsatilishi nojoiz deb hisoblaymiz. Odamlar o‘rtasidagi aloqa reklamaga chalg‘imasligi kerak.

6. Telegram'da xabar almashish bilan bir qatorda ijtimoiy tarmoq tarkibiy qismi ham mavjud.

"Birdan ko‘pga" eshittirish tamoyili asosida qurilgan Telegram ommaviy kanallari millionlab obunachilarni qamray oladi va an’anaviy xabar almashish bilan umumiy jihatlari deyarli yo‘q. Ko‘p mamlakatlarda kanal egalari o‘z obunachilariga, ba’zida uchinchi tomon reklama platformalari orqali reklama ko‘rsatib pul ishlashadi. Ular joylashtiradigan reklama odatdagi xabarlarga o‘xshaydi va ko‘pincha xiralik hususiyatga ega bo‘ladi. Shu munosabat bilan biz foydalanuvchilarga qulaylik va maxfiylikni ta‘minlaydigan hamda bizga serverlar va trafik xarajatlarini qoplashga imkon beradigan kanallar uchun o‘z reklama platformamizni taklif qilamiz.

7. Telegram orqali pul ishlash nafaqat bizga, balki butun jamoatchilikka foyda keltirishi kerak.

Masalan, ommabop ommaviy kanallar reklama platformasi orqali monetizatsiya qilinadigan bo‘lsa, ushbu kanal egalari qamrovga qarab bepul trafikni olishadi. Yoki, agar hozirgi bepul stikerlardan tashqari, yaxshilangan xususiyatlarga ega pullik stikerlar mavjud bo‘lsa, ushbu stikerlar rassomlari daromadning bir qismini ham olishadi. Biz Telegram'dagi kontenti yaratuvchilari va tadbirkorlar barcha foydalanuvchilarimizni yaxshilangan xizmat ko‘rsatish orqali boyitib, rivojlanib borishini istaymiz.

Telegram yo‘lini mana shunday ko'ramiz.

Bu bizga ko‘plab yangi xususiyatlarni joriy etish va kelgusi o‘n yilliklarda milliardlab yangi foydalanuvchilarni kutib olish imkoniyatini beradi. Ushbu yondashuv mustaqil bo‘lib qolib, qadriyatlarimizni saqlab qolishimizga va dunyoga yangi turdagi texnologik kompaniya namunasini taqdim etishga imkon beradi.


23-dekabr 2020-yil,
Pavel Durov


Maqolani ulashish →

⬆️ Yuqoriga
@TeleUz — Telegram Uzbekistan

Стратегия развития Telegram

Русскоязычная версия официальной публикации Павла Дурова.

По мере того, как Telegram приближается к отметке в 500 миллионов активных пользователей, многие задают вопрос: кто будет платить за этот рост? Ведь чем больше пользователей, тем больше расходов на серверы и трафик. А поддержка проектов нашего масштаба обходится в сотни миллионов долларов в год.

На протяжении большей части истории Telegram я оплачивал счета компании из личных сбережений. Но при текущих темпах роста Telegram находится на пути к миллиардам активных пользователей – и соответствующим расходам.

Когда технологическая компания вырастает до таких размеров, у нее есть только два пути – начать зарабатывать деньги для покрытия затрат – или продаться более крупному игроку.

Отсюда вопрос – как поступим мы? Проясню наши планы в нескольких пунктах.

1. Мы не собираемся продавать компанию, как это сделали основатели WhatsApp.

Telegram нужен миру как независимый проект, где уважают права пользователей и обеспечивают высокое качество сервиса. Telegram должен и дальше служить образцом технологической компании, которая стремится к совершенству и целостности. Печальные примеры наших предшественников показывают, что это невозможно в составе крупной корпорации.

2. Telegram просуществует еще долго.

Мы начали разрабатывать Telegram более 8 лет назад – первоначально как продукт для своего личного использования. С тех пор мы прошли большой путь. Telegram раздвинул границы возможного в целом ряде аспектов коммуникации – в шифровании, функциональности, простоте, дизайне, скорости. Но это только начало. Мы можем – и должны – принести миру гораздо больше.

3. Чтобы выполнить пункты 1 и 2, со следующего года Telegram начнет монетизироваться.

При этом мы останемся верны нашим ценностям и гарантиям, которые дали в прошлом. Благодаря достигнутому масштабу, мы сможем монетизировать Telegram ненавязчиво – большинство пользователей едва ли заметят какие-либо серьезные изменения.

4. Все текущие сервисы Telegram останутся бесплатными.

Помимо них, мы предложим дополнительные функции для бизнес-команд и пользователей с расширенными потребностями. Некоторые из этих новых функций будут ресурсоёмкими и, как следствие, станут платными. Обычные пользователи всегда будут пользоваться Telegram бесплатно.

5. Все сервисы Telegram, связанные с обменом сообщениями, останутся свободными от рекламы.

Считаем, что реклама в личных и групповых чатах неприемлема. Общение между людьми не должно прерываться на рекламу.

6. Помимо обмена сообщениями, в Telegram есть социально-сетевая составляющая.

Массовые публичные каналы Telegram, построенные по принципу вещания “один ко многим”, могут достигать миллионов подписчиков и имеют мало общего с традиционным обменом сообщениями. Во многих странах владельцы таких каналов зарабатывают на показе рекламы своим подписчикам, иногда через сторонние рекламные платформы. Рекламные объявления, которые они публикуют, выглядят как обычные сообщения и нередко навязчивы. В этой связи мы предложим нашу собственную рекламную платформу для каналов, которая обеспечит пользователям комфорт и конфиденциальность, а нам позволит покрывать расходы на серверы и трафик.

7. Монетизация Telegram должна приносить пользу не только нам, но и всему сообществу.

Например, если популярные публичные каналы будут монетизироваться через рекламную платформу, владельцы этих каналов получат бесплатный трафик пропорционально их охвату. Или, если – вдобавок к текущим бесплатным стикерам – появятся платные стикеры с расширенными возможностями, художники этих стикеров также получат часть дохода. Мы хотим, чтобы создатели контента и предприниматели в Telegram процветали, обогащая всех наших пользователей за счёт повышения качества сервиса.


Таким мы видим путь Telegram. 

Благодаря нему мы сможем внедрить множество новых функций и приветствовать миллиарды новых пользователей в течение грядущих десятилетий. Этот подход позволит нам оставаться независимыми, сохранить наши ценности, и предложить миру пример технологической компании нового типа.


23 декабря 2020 года,
Павел Дуров


Поделиться статьёй →

⬆️ Вверх


Report Page