Patriotizm(vatanparvarlik)ning 3 ko'rinishi

Patriotizm(vatanparvarlik)ning 3 ko'rinishi


Ideologik patriotizm: “Boshqa bunday mamlakatni bilmayman”

Bunday odamlar har doim o‘zidagi vatanparvarlikni namoyon qilishga shay turadi, shuningdek, boshqa odamlarni “tarbiyalash”ga ham. Patriotistik bo‘lmagan qarashlar bilan duch kelganida, bunga og‘riqli munosabat bildiradi: “Faqat o‘zimizni mahsulotlarni sotib olaman”, “Vatanim uchun jonimni berishga tayyorman!”.

Bunday patriotizm – kuchli ijtimoiy bosim va informatsion noma’lumlik muhitidagi siyosiy reklama va propoganda mevasidir. Ideologik patriotlarning umumiy jihatlari ko‘p. Odatda, bunday odamlar yuqori intellektual qobilyatlar va eruditsiya bilan ajralib turmaydi. Ular faqatgina bir nuqtayi nazarni to‘g‘ri deb qabul qiladi, mamlakatning o‘tmishi va buguniga turlicha qarash mumkinligini hisobga olmaydi.

Ko‘p hollarda ular diniy moyillikka ega va hukumatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi (hamda hukumat pozitsiyasi qanchalik kuchli bo‘lsa, patriotizmni shunchalik yorqin namoyon qiladi). Hukumat pozitsiyasini o‘zgartirsa, yaqindagina faol qarshilik qilgan tendensiyasini osonlikcha qabul qiladi. Biroq hukumatning o‘zi o‘zgarganida, ular eski qarashlariga sodiq qoladi va yangi hukumatning oppozitsiya lageriga o‘tadi.

Ularning patriotizmi – e’tiqod darajasida. Bunday odamlar opponentini tinglay olmaydi, ko‘pincha arazchi, haddan ziyod ma’naviyatlashtirishga moyil, shaxsiy or-nomusiga oid hislariga ozor berilishiga agressiv reaksiya bildiradi.

Ideologik patriotlarning kuchli jihatlari – tartibga intilish, jamoada ishlay olish, ishonganlari uchun shaxsiy farovonligidan va qulayliklaridan voz kecha olishi, ojiz tomonlari – analitik qobilyatlarining past rivojlangani va murosaga bora olmaslik. Bunday odamlar, kuchli davlat qurish uchun bunga qarshilik qiladiganlar bilan ziddiyatga borish kerak deb hisoblaydi.

 

Muammoli patriotizm: “Yana-da yaxshiroq bo‘la olamiz”

Muammoli patriotlar vataniga oid hislari haqida kamdan-kam hollarda omma oldida va jo‘shqinlik bilan gapirishadi. Ularni ko‘proq qiziqtiradigan narsa – siyosiy-iqtisodiy muammolarning hal qilinishidir. Ular vatanida bo‘layotgan har bir hodisa uchun qalban og‘riq his qiladi. Adolat hissi juda kuchli rivojlangan. Ideologik patriotlarning ko‘z o‘ngida bunday odamlar albatta “doim nimadandir norozilar”, “vatanini sevmaydiganlar” va umuman “patriot emaslar”dir.

Bunday patriotik xulq-atvor tipi ko‘pincha intelligent, yaxshi ya’lim ko‘rgan va dindor bo‘lmagan, keng eruditsiya va rivojlangan intellektual qobilyatlar sohibidir. Ular katta biznes, katta siyosat bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda yoki yuqori davlat lavozimlarida ishlamaydi.

Ularning ko‘pchiligi chet elda ko‘p bo‘ladi, ammo mamlakatida yashash va ishlashni maqul ko‘radi. Ularga turli o‘lkalarning madaniyati qiziq – jumladan o‘zining ham. O‘z yurtini boshqalardan yomon yoki yaxshi deb hisoblamaydi, ammo hokimiyat tuzilmalariga tanqidiy munosabatda bo‘ladi va ko‘pgina mummaolarning sababini samarasiz boshqaruv tufayli deb biladi.

Ideologik patriotizm – propaganda mahsuli bo‘lsa, muammoli patriotizm odamning o‘z tahlili davomida shakllanadi. U e’tiqod yoki shaxsiy muavaffaqiyatga emas, qarzdorlik hissi va mas’uliyatga asoslangan.

Bunday tipdagilarning kuchli jihati – o‘zini tanqid qila olish, gaplarida ortiqcha jo‘shqinlik yo‘qligi, vaziyatni analiz qila olish va uni chetdan ko‘ra olish, boshqalarni tinglay olish va qarama-qarshi nuqtayi nazarlar bilan hisoblasha olish. Ojiz jihatlari – tarqoqlik, koalitsiya va birlashmalar tashkil qilish istagi yoki qobilyatining yo‘qligi. Ba’zilari ularning faol harakatlarisiz ham muammolar o‘z yechimini topishiga ishonadi, boshqalari esa “odamning tabiiy pozitivligi”, gumanizm va adolatga ishonadi.

Ideologik patriotizmdan farqli ravishda muammoli patriotizm jamiyat uchun obyektiv jihatdan foydaliroqdir, ammo ko‘pincha hukumat tomonidan tanqid qilinadi.

 

Moslashuvchan (konform) patriotizm

Patriotik xulq-atvorning moslashuvchan tipini vataniga nisbatan u qadar kuchli hislari bo‘lmagan odamlar tashkil qiladi. Ammo ularni “patriot emas” deb hisoblamaslik kerak. Ideologik partiotlar bilan birga muloqot yoki ishlash jarayonida vatanining muvaffiyatlari uchun chin dildan xursand bo‘lishi mumkin. Ammo mamlakat istaklari va shaxsiy istaklar orasida tanlov qilish kerak bo‘lsa, bunday odamlar har doim shaxsiy farovonligini tanlaydi, hech qachon o‘zini esdan chiqarmaydi.

Ko‘pincha bunday odamlar yaxshi haq to‘lanadigan mansablarni egallaydi yoki tijoriy faoliyat bilan shug‘ullanadi. Ba’zilarining chet elda ko‘chmas mulki bo‘ladi. Davolanish, bolalarini o‘qitish uchun chet elni afzal ko‘radi, emigratsiya qilish imkoni tug‘ilsa bunday foydalanishadi.

Hukumat nimagadir munosabatini o‘zgartirsa yoki hukumatning o‘zi o‘zgarsa, ular osongina vaziyatga moslashadi. Ularning xulq-atvori – “patriot bo‘lish foydali, oson va yoqimli” ko'rinishadagi ijtimoiy adaptatsiya namunasidir.

Kuchli jihati – qonunga bo‘ysunuvchanlik, ojiz tomonlari – qarashlarining tez o‘zgarishi, jamiyat uchun o‘z istaklarini qurbon qila olmaslik yoki shaxsiy bo‘lmagan, jamiyatga oid muammoni hal qilish chog‘ida atrofdagilar bilan ziddiyatga kirisha olmaslik.


Manba


Kanalga ulanish: Psixologning qaydlari

 

 

Report Page