Patologiyani qanday o'rganamiz ? [ How to study Pathology ]
Tohirjon AbdurahmonovPatologiya tibbiyot sohasida bòlishni istagan har bir talaba uchun muhim bo'lgan fan. Kasalliklarning mohiyatini anglash, davolashni etiotrop va patogenetik yo'llarda to'g'ri tashkil etish uchun bu fanni zaruriyat darajasida bilish kerak. Ushbu maqola Patologiya fanini va boshqa fanlar uchun ham umumiylikka ega o'rganish usullarini anglatishga qaratilgan.
I. Individual holatlar va kasalliklarni o'rganish.
1. Har bir kasallikni, holatni klassifikatsiya qilish.
Klassifikatsiya ko'p ma'lumotlarni umumiy holatda ko'rish, mavzu skeletini shakllantirish uchun zarur.
2. Har bir kasallik yoki patologik holat uchun aniq ta'rif(definition) yozib olish.
Ta'rif shu kasallik haqida umumiy tushuncha bersin.
- Aynan shu terminning ma'nosi bilish, kalit so'zlardan foydalanish zarur;
- Bu ta'rif siz o'rgangan ma'lumotlarga qay darajada mos keladi;
- Patologiya daftaringizda har bir kasallik ta'rifi uchun joy ajrating;
- Har bir kasalliking bosh qismida "definition" yozing;
3. O'rganilayotgan holat va kasallik uchun "Qanday va Nima uchun" ni anglab yetish.
"How and Why" bu Patogenez(kasallik qanday rivojlanadi)ni bilish deganidir.
- dastlab ta'rif => so'ng sabablar => shu sabablar qaday holatga olib kelishi(patogenez);
- daftaringizda patogenez uchun alohida joy ajrating;
- sabab va patogenezni turlicha ifodalash mumkin. a-sabablarni qator qilib yozib keyin patogenezni; b-bir sabab, bir patogenez shaklida;
- Jadval, sxema, strelkali bog'lab yozishlar juda muhim;
4. Har bir kasallikni morfologiyasini o'rganish.
- Har bir kasallik va holat uchun morfologiya ya'ni hujayra va to'qimaning o'zgarishi turlicha bo'ladi;
- O'zgarishni bilish kasallikni tanib olishda, aniqlashda ahamiyatli;
- morfologiya ta'rif va patogenezdan keyin yoziladi;
- Bu aspektda qo'lingizdan kelsa rasmlar chizish yoki bo'lmasa ulardan nusxa ko'chirish, chiqarib olish juda muhim;
5. Klinik belgilarni eslab qolish.
- eng muhimi faqatgina shu kasallik uchun xos simptomlarni bilish;
- turli kasalliklar o'xshash simpomlarga ega bo'ladi, ammo spetsifik simptomlar eslab qolinishi kerak;
- ma'lumotni yozish eslab qolishning 1 - usuli; - flashcardlar tayyorlash ham eslab qolishga yordam beradi;
6. Asoratlar.
- barcha kasallarda ham rivojlanavermaydi;
- davolanmasa yoki noto'g'ri davolansa kelib chiqadi;
- daftaringizga kasallikni, asoratlarni boshlanish vaqtlarini yozib qo'ying;
II. Umumiy o'qish usullardan foydalanish.
1. Barcha patologiyadan konspektlarni bir daftarga yozish.
- bu o'qishga, takrorlashga qulaylik tug'diradi;
- shu fan yoki biror bo'limning bir joyda bo'lgani ma'qul;
2. Flashcardlar tayyorlash.
- ularni tanaffuslarda, avtobusda, charchagan vaqtingizda takrorlashingiz mumkin;
- qancha ko'p takrorlansa shuncha ko'p eslab qolinadi;
- tayyor flashkard website laridan foydalanishingiz mumkin.( Ankishare kabi );
- noutbuk yoki telefoningizga Ankidroid dasturini yuklab oling;
- birinchi navbatda patologik terminlar asoslarini eslab qoling(giper-, gipo-, - oma kabi);
3. Bestseller kitoblar yoki ulardan tayyorlangan tarjima manbalardan foydalaning;
- sizdan avval o'rganganlar, ustozingiz tavsiyasiga quloq soling;
- "Robbins,Kotran", "Pathoma", "Goljan" kabi kitoblarni butun dunyo tan olgan va turli davlatlar talabalari foydalanadi;(kanal fayllarida mavjud);
4. Imtihonlar topshirish, qo'shimcha vazifalar qilish.
- o'qituvchingiz, do'stingiz savol javob qilishi, savollarni yozib berishi mumkin;
- yozma ish shaklida xotiradan qayta yozish;
- online yoki offline testlar, Quizlardan foydalanish;
III. Qanday o'qish odatlarini shakllantirishimiz kerak?
1. Patologiyani o'qiyotgan vaqtingiz anatomiya va fiziologiya kitoblarini ham birga olib oling.
- anatomiya va fiziologiyadan fundamentingiz yaxshi bo'lmasa, ularni ham Patologiya bilan birga o'rganing;
- M-n, Nafas sistemasi patologiyasini o'qimoqchimisiz, undan avval nafas anatomiyasi va fiziologiyasini takrorlab oling
- oldindan Patologiya o'qiydigan vaqtingizni va undan avval nimalarni o'qib olish kerakligini reja qilib olish mavzu mohiyatini qiyinchiliksiz tushunishga yordam beradi;
2. Konspektlaringizni ko'proq takrorlang
- qayta -qayta o'qish;
- boshqalarga yoki o'zingizga mavzuni tushuntirib berish;
- qiyin aspektlarni xotiradan yozish;
3. Yoningizda tibbiy lug'at bo'lsin.
- bilamagan har bir terminingizni ochiqlab keting;
- turli kontekstlarda bitta termin qanday ma'nolar bildira olishini o'rganing;( Medlexicon website )
4. O'rganish uchun jamoa tashkillash.
- siz ma'lum nuqtani osonroq va tezroq tushunsangiz, sherigingiz boshqa nuqtasini osonroq mohiyatiga yetadi. Ko'pchilikning fikrlashi yakka odamning fikrlashidan afzal.
- haftada bir yoki ikki marta birga taktorlang, o'rganing;
Ushbu maqola wikiHow sayti ma'lumotlari, shaxsiy tajriba va kuzatishlar asosida erkin tarjima qilindi. Xato va kamchiliklar uchun uzr. Foydali bo'ladi degan umiddamiz.
Abdurahmonov Tohirjon /14.05.2022-y/