Pastki qatlamdagi 4 milliard odamga sun’iy intelekt qanday ta’sir qiladi ? 

Pastki qatlamdagi 4 milliard odamga sun’iy intelekt qanday ta’sir qiladi ? 

Muhammad Ikrom

25 yil ilgari Kongoda telefonlar paydo bo’la boshlagan. Ular juda og’ir lekin foydali va qimmat edi. Oddiy fuqaro bir necha oy ishlab topadigan pulga kunlik foydalanilgan. Shuning uchun vazirliklarda va kamchilik boy qatlamda ishlatilgan. Bu oddiy odamlarni kundalik hayotida katta ta’sir o’tkazmagan. 


4 milliard odam qashshoq yoki sal balandroq (low and lower middle) mamlakatda yashashadi. Sun’iy ong dramatik o’zgarishlar qila oladimi ? Optimistik o’ylash uchun 3 sababni keltirish mumkin.

1. Texnologiya tez rivojlanyapti.

2. Uni tez tarqalish potensiali katta. 

3. Rivojlanayotgan yoki qashshoq mamlakatlarda (high skilled) ilmli mutaxasislar kam bo’ladi. Sun’iy ong esa oddiy kadlarni ishda foydaliligini (productivity) oshirib beradi.


Albatta AI ba’zi ishlarni yo’q qiladi. IMFning taxminlari bo’yicha kambag’al va rivojlanayotgan mamlakatlardagi ishchi bozori boy mamlakatlaridagi ishchi bozorlariga nisbatan kamroq zarar ko’radi (qo’zg’aladi). 


Ta’lim bilan boshlash. Odatiy sub-Saharadagi o’quvchi 6 yil maktabga boradi va 3 yilga teng ta’lim oladi. Odatiy yaponyalik o’quvchi 14 yil darsga boradi va 16 yilga teng ta’lim oladi. Kenyalik tadbirkor sun’iy ong orqali ushbu bo’shliqni to’ldirish mumkinligini taklif qiladi. Somanasi (Men bilan o’rgan) dasturi chatbot singari ishlaydi. O’quvchi tushunmagan narsasini yozsa dastur qadam va qadam tushuntirib beradi. 


Rivojlanayotgan mamlakatlarda juda ham kam o’qituvchilar mavjud. Ko’pchiligi o’quv dasturini tugatmagan ham. (Menga fizika o’qituvchimiz iqtisoddan ham dars o’tgani yodimga tushdi. O’quvchilardan 2 mavzu oldinda yurardi holos. Yana ba’zi universal o’qituvchilar bor edi, “dejurni” har qanday darsdan o’tib ketaveradi.). 2015 yildagi tadqiqotga ko’ra Janubiy Afrikada 6 sinf matematika o’qituvchilarining 5dan 4 qismi O’RGATISHI kerak bo’lgan tushunchalarni o’zlari tushunishmaydi.


Ba’zi tadqiqotlar oddiy texnik instrumentlar bilan ham katta narsa olishi mumkinligi haqida boradi. Michael Kermer (Nobel mukofoti egasi, iqtisodchi) Keniyadagi 10 ming o’quvchilarni o’rganadi. Arzon va hususiy Bridge xalqaro akademiyasi tarmog’i mavjud. Bridge talabalari 2 yil ichida oddiy maktablaridagi o’quvchilarga solishtirganda 3 yilga teng o’quv dasturini o’zlashtirishgan.


AIning tibbiyotda ishlatilishi xavfliroq. Ta’limdagi chatbot xato qilsa o’quvchi biror testda yiqilishi mumkin, lekin tibbiyotda esa bemor o’ladi. Lekin opmistlar uchun doim yo’l bor. Boy mamlakatlarda AIdan keng miqiyosda ishlatish boshlangan va hatto kambag’al mamlakatlar ham moslashmoqda. Sun’iy ong davo usullari topishda , analizlar va tashhis qo’yishda ham o’zini yaxshi ko’rsatmoqda. Brazilyada 1 doktor uchun 467 odam to’g’ri keladi.Kenyada bir mutaxasis uchun 4425 ta odam (O’zbekiston bo’yicha ma’lumotlar yo’q). Keniyadagi mDaktari kompaniyasi (virtual tibbiy maslahat platformasi) 29 ming mijozga xizmat ko’rsatadi. Juda kichik oylik to’lov evaziga maslahat olishlari mumkin. 


Lekin muammo shundaki qashshoq mamlakatlar qashshoq ma’lumot (data) yig’ishadi. Qashshoq ma’lumot bilan to’g’ri bashorat (predict) qiladigan sun’iy ong modeli tuzib bo’lmaydi. Ba’zi qashshoq mamlakatlar hattoki aholi sonini ham to’g’ri yuritishmagan. Stanford universitetidan doktor Burke sun’iy yo’ldoshdan olingan rasmlar va mashinaviy o’rganish (machine learning) bilan quyidagi raqamlarni taklif qiladi. 2.5 milliard odam uyidagi kichik “agarot” (ekin ekish uchun maydoncha)ga bog’langan. Sun’iy ong orqali qishloq xo’jaligini optimallashtirish mumkin.


Ob-havo tahlillarida o’zini yaxshi ko’rsatmoqda, 100 barobar batafsil va 2 barobar eski metodologiyalardan yaxshiroq, arzonroq.


Uning mina maydoni. Xavflar.

Qashshoq mamlakatlarga ba’zi xavflar ham mavjud. Unday mamlakatlar boy mamlakatlarga nisbatan no-demoktarikroq. Ularning hukumatlari rivojlanish uchun emas odamlarni boshqarish va monitor qilish uchun ishlatishi ehtimoli yuqori, Xitoy bu borada yetakchilardan. 


Sun’iy intelektdan iqtisodiy o’sishga erishishda effektiv foydalanish uchun aholini internet va smartfonlar bilan ta’minlanishi oson bo’lishi kerak. Bu borada bizda raqamlar ancha ijobiy. Internet arzonligi bo’yicha 22-o’rinda turamiz. Buni ijobiyligi shundaki internet arzon bo’lgan joylar poygada tezroq yugurishadi. 


Shuncha izlanishlar bo’lganiga qaramay haligacha sun’iy ong va uning ta’siri mavhumligicha qolmoqda. Eng yaxshi ssenariyda sun’iy ong butun insoniyatni yanada sog’lomroq, ziyoli va boyroq qiladi. Va o’z vaqtida qashshoqlashtirishi ham mumkin.


Report Page