Parvozlarni radiotexnik ta’minlashning zamonaviy kompleksi foydalanishga topshirildi

Parvozlarni radiotexnik ta’minlashning zamonaviy kompleksi foydalanishga topshirildi

 

Parvozlar xavfsizligi – bu fuqaro aviatsiyasining har qanday faoliyati negizida yotgan asosiy tamoyildir. Bugun Parvozlarni radiotexnik ta’minlash majmuasining (PRTTM) to‘liq rekonstruksiya qilingan binosida ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Endilikda O‘zbekistonda parvozlar xavfsizligini ta’minlovchi barcha xizmatlar bitta zamonaviy markazda jamlangan bo‘lib, bu bajarilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga imkoni beradi.

PRTTM hozirgi kunda joylashgan bino boy tarixga ega. U 1935 yilda qurilgan bo‘lib, dastlabki davrda havodagi harakatlarni boshqarish markazi bo‘lib xizmat qilgan. O‘nlab yillar davomida ishlatilish mobaynida bino bir necha bor qayta qurilib va modernizatsiya qilinib, o‘z zimmasiga turli xil funksiyalarni qabul qilib kelgan. 2013 yildan boshlab bu yerda PRTTM joylashgan edi, biroq texnologiyalarning jadal rivojlanishi va havo transporti hajmining kengayib borishi natijasida uni keng ko‘lamli rekonstruksiya qilish ehtiyoji paydo bo‘ldi.

Rekonstruksiya qilingan bino quyidagi bo‘linmalar uchun ish yuritish maskanlarini taqdim etadi:

1.  PRTTM – O‘z boshlig‘i, bosh muhandisiga, hamda texnik bo‘limi va radionavigatsiya tuguniga ega bo‘lgan, markaziy xizmat.

2.  Telekommunikatsiyalar majmuasi – aloqani va ma’lumotlar uzatishni ta’minlovchi yettita mutaxassis, ularning jumlasiga PB ATS va DHYaT guruhlarini ham kiradi.

3.  Informatsion texnologiyalar boshqarmasi – IT-infrastrukturasi va raqamli yechimlarga ma’sul bo‘lgan, yettita mutaxassis.

4.  PRTTT muvofiqlashtiruv markazi – kechayu-kunduz ish yuritadigan, to‘rtta mutaxassis. Markaz mamlakatning barcha aerodromlaridagi radiotexnik ta’minot uskunalari ahvolini kuzatib boradi, xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va statistikani olib boradi.

Ta’kidlash joizki, yangi majmuaning asosiy afzalliklaridan biri zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishidir. Buning sharofati bois parvozlar xavfsizligini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va samarali muvofiqlashtirishga qodir bo‘lgan yuqori samarali tizim yaratishga erishildi.

Rekonstruksiya binoning tarixiy qadr-qimmatini saqlab qolgan holda, unga zamonaviy funksional vazifalar yukladi. Yangi majmua, parvozlarni radiotexnik ta’minotiga taalluqli uskunalarining ishonchli ishlashini, hamda barcha xizmatlar ishini o‘zaro yuqori darajada muvofiqlashtirishni ta’minlab, “O‘zaeronavigatsiya” Markazi infratuzilmasidagi eng muhim bo‘g‘inga aylanadi.

 

Report Page