Parkent tumanida yosh qizlarning bir-birlarini urib janjallashgani aks etgan holat yuzasidan Izoh

Parkent tumanida yosh qizlarning bir-birlarini urib janjallashgani aks etgan holat yuzasidan Izoh

IIBB Axborot xizmati

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Parkentda qizlar janjallashdi” izohi bilan video tarqaldi va muhokamalarga sabab bo'ldi.

Mazkur holat tuman IIB xodimlari tomonidan oʻrganildi. Maʼlum boʻlishicha, videodagi voqea, 2022-yilning iyun oyida, Parkent tumani 43-maktabning 2 nafar, 2003 va 2004 yilda tug'ilgan bitiruvchi (oʻquvchi) qizlari oʻrtasida kelib chiqqan.

Shu kunga qadar, ular yoki yaqinlari tomonidan Ichki ishlar organlariga mazkur voqea bilan bogʻliq murojaat yoki ariza kelib tushmagan.

Voqea janjalni tomosha qilgan yigit (2002 y.t. S.Z.) tomonidan tasvirga olingan va bugungi kunga kelib internet tarmoqlarida tarqatilgan.

Oʻrganish davomida, ushbu shaxslarning xatti-harakatida Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida koʻrsatilgan huquqbuzarlik alomatlari boʻlganligi sababli, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun JIB Parkent tumani sudiga yuborildi.

IIBB Axborot xizmati




Report Page