Pareydoliya nima?

Pareydoliya nima?


Pishloqli sendvich uchun qancha haq to’lardingiz? 6 dollarmi? Ehtimol, ishtahani qitiqlab yuborar darajada issiq va qorningiz nihoyatda och bo’lgani uchun 7 dollar to’lagan bo’lardingiz?


2004-yilda AQShning Florida shtatidan bo’lgan Diana Dyuser o’zining 10 yildan buyon saqlab kelayotgan pishloqli sendvichini 28 ming AQSh dollarga sotdi.


Narxning 4000 karra oshishiga sabab nimada edi?


Mana shu tasvir uchun 28 ming dollar to'lardingizmi?

Ushbu pishloqli nonda aks etgan chizgilarda Miss Dyuserning aytishicha bo’yicha, Maryam yuzi namoyon bo’lgan.


Atrofdagilarning ham bu fikrga qo’shilishi shov-shuvlarga sabab bo’ldi. Bu esa uning eBAY kimoshdi bozorida mo’maygina pullanishiga olib keldi.


U yoki bu dinga go’yoki aloqador belgilarni kutilmagan joylardan tez-tez topib turishadi. Bundan hech qancha avval, Maryam suratini bulochkada va Sidney shaxrining chekka hududi, Koge cho’qqilari yaqinidagi daraxt to’nkasidan topishgan va u 10.600 dollarga pullangan bo’lsa, Ona Tereza qiyofasi ruletda namoyon bo’lgan. (“Nun of Bun”)



Tovushlar orasida tanish belgini uchratish

Pareydoliya insonning noaniq shakl, tasvir yoki tovushlarni aniq va mazmundor deb qabul qilganida yuz beradi.

Bunga tarixdan ko’plab misollarni keltirish mumkin. Leanardo da Vinchi rassomlarni ilhomlantirishda mazkur usulga murojaat etgan bo’lsa, italiyalik rassom Archimbaldo esa o’zining mevalardan yasalgan yuz qiyofasi portretlari bilan shuhrat qozongan edi.


Chehralar har yerda hozir-u nozir

Bir qarashdayoq inson chehrasidan uning yoshi, jinsi va kayfiyatni ajrata olamiz va shu orqali do’st-dushmanni farqlay bilamiz.


Pareydoliyaga berilgan izoh

Shakl, tasvir va boshqa stimullar namoyon bo’lganda, inson ko’rish analizatorlari ushbu ma’lumotlardan ikki yo’sinda foydalanadi. Bu fenomen “past-yuqori” va “yuqori-pastki” jarayonlar deb tilga olinadi.


“Past-yuqori” jarayoni jismning eng kichik minimal qismlaridan boshlanib, tobora murakkablasha boradi. Bir qancha fotonlar ko’zimizning sezuvchi sohasi, ya’ni retseptorlarimizga urilganda, ular rangli nuqtalar sifatida qabul qilinadi.


Tasvirdan olingan ushbu signallar keyingi bosqichda jamlanib, bu bosqichda miya namunalardan avval qirralarni, so’ngra burchaklarni, jismning sodda tuzilishini va axiyri, to’laqonli jismni (shuningdek, yuzni ham) aniqlaydi.


Miyaning yuzni ajrata bilishda ishtirok etuvchi muhim sohasi miyaning o’rta chakka bo’lagida joylashgan.


Bu masalada biz ongli tanlovni amalga oshira olmaymiz. Chehralarni izlash o’z-o’zidan ro’y beradi.


Mars sayyorasi yuzasidagi yassi togʻ bir burchakdan qaralganda inson yuzini yodga soladi.


Mo’jizami yoki tasodif? Buni o’zingiz hal qiling

Tasodiflar ro’y berib turadi. Agar bunday bo’lmaganida edi, buni chindan ham g’aroyib hodisa deb atasak bo’lardi.


Manba: The Conversation

Kanalga ulanish: Inson psixologiyasi

Report Page