Pareto Prinsipi
Abdulaziz Bekturdiy
Pareto printsipi - ko'plab hodisalar uchun ta'sirlarning taxminan 80%, 20% sabablardan kelib chiqadi. Yani, har qanday dizaynning 80% ta'siri undagi 20% funksiyalar va harakatlar oqibatida sodir bo'ladi.
Kelib chiqishi
Uning kelib chiqishi iqtisodchi Vilfredo Paretoga borib taqaladi, u Italiyaning 80% erining 20% aholisiga tegishli ekanligini payqagan.
Bu noaniq bo'lib tuyulishi mumkin bo'lsa-da, 80/20 fikrlash usuli noaniq tizimlarni, shu jumladan UX strategiyasini chuqur va cheksiz qo'llanilishi mumkin bo'lgan tahlil qilishni ta'minlaydi.
Dizaynda qo'llanishi
Ish jarayonida bu prinsipning turli xilda qo'llanilishini guvohi bo'lasiz, masalan:
- Ish unumdorligining 80% siz sarflagan vaqtning 20% dan kelib chiqadi.
- Daromadning 80% mijozlarning 20% dan keladi.
- Diqqatning 80% veb-sahifaning 20% ga sarflanadi.
80/20 raqamlariga yopishib qolmang, chunki u kontekstdan kontekstga bir oz farq qiladi. Asosiy maqsad shuki, har qanday tizimda faqat bir nechta asosiy harakatlar yoki funksiyalar natijalarga ta'sir qiladi. Tizimdagi boshqa ko'pchilik omillar kam ta'sir qiladi yoki hech qanday ta'sir qilmaydi. Yanayamm soddaroq tushuntirilsa, siz chizayotgan dizaynda bir nechta asosiy omillargina foydalanuvchilarga kerakli natijalarni beradi. Qolganlari faqat ho'jako'rsin yoki shunchaki ikkinchi darajali elementlar holos.
Xulosa
Dizayner sifatida, foydalanuvchilarga eng kerakli elementlarga ko'proq e'tibor bering. Dizayn bu sanat emas, unda shunchaki qarab tomosha qilinmaydi. Dizaynning maqsadi natijaga erishish. Qancha tez, sodda va qulaylik bilan bo'lsa shuncha yaxshi. Shunday ekan, 80/20 prinsipini yaxshilab tushunib oling, va chizayotgan dizaynlaringizda undan unumli foydalaning.
Eslatma
80/20 prinsipini o'zimga moslab o'zgartirib olganman. 80% holatda, ishlayotgan jamoimdagi dasturchilarning tajribasi va bilimiga most dizay chizaman. Ularni ortiqcha qiynab, ham jamoaga va ham biznesga zarar keltirishni hohlamaganim uchun. 20% holatda innovatsiya qilaman. Yani jamoada dasturchilarni biroz qiynab, ularni yangi narsa o'rganishga, yangicha fikrlashga va qiyinroq ishlarni qilishga majbur qilaman. Shu orqali jamoa o'sishi va ularning tajribasi oshishini taminlayman. Bu uslubim orqali o'zim bilan ishlagan dasturchilarni qiynaganim aniq, lekin shu orqali ularning ish va bilim saviyalarining oshishiga sababchi bo'lganman desab mubolag'a qilmayman.
Dizayndagi qoidalarni buzish haqida qoida. Dizayn qoidalarini faqatgina ularni juda yaxshi bilgandagina buzish mumkin. Ya'ni qoiadalarni yaxshi bilib, ularning kam-ko'stlarini yaxshi analiz qila oladigan darajaga yetgandagina ularni qayerda, qanday va qachon buzish mumkinliginiyam bilib olasiz. Ungacha, qoidalarni yaxshi tushunib, ulardan unumli foydalanish zarur.