Para suzish
February 03, 2026Sport turining rivojlanish tarixi
Para suzish — imkoniyati cheklangan sportchilar uchun moslashtirilgan suzish musobaqalaridan iborat. Paralimpiyalik suzish faqat yozgi Paralimpiya oʻyinlarida emas, balki butun dunyo boʻylab nogiron sportchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan sport musobaqalarining doimiy qismidir. Ushbu sport turi Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi tomonidan tartibga solinadi.
Para suzish Paralimpiya oʻyinlari dasturining bir qismi sifatida 1960-yilda Rim shahrida oʻtkazilgan ilk oʻyinlardan boshlab mavjud boʻlib, shundan buyon har toʻrt yilda sportchilar va ishtirokchi mamlakatlar sonining ortib borishi kuzatilmoqda.
Jahon chempionatlari hozirgi vaqtda har ikki yilda bir marotaba oʻtkaziladi va ular mintaqaviy chempionatlar bilan toʻldiriladi.

Musobaqalarni oʻtkazish shartlari
Musobaqalar 50 metrlik basseynda sakkizta yoʻlakda oʻtkaziladi. Imkoniyati cheklangan sportchilar uchun FINA qoidalari bir oz oʻzgartirilgan. Baʻzi masofalar uchun suv ichida start olishga moʻljallangan maxsus platformalar, shuningdek koʻrishida nuqsoni boʻlgan suzuvchilar uchun maxsus metronomlar qoʻllaniladi.
Zaif koʻruvchi sportchilarga, ular basseyn devorigacha suzib borganda va burilish yoki marrani tamomlaganda, assistent zarur boʻladi. Ular qorongʻi (shaffof boʻlmagan) suzish koʻzoynaklarida musobaqalarda qatnashishi shart. Qoidalarga koʻra, musobaqalarda protezlar va boshqa yordamchi vositalardan foydalanish taqiqlanadi.
Saralash bosqichlarida har bir klassda har bir suzishda sakkiz nafardan sportchi qatnashadi, soʻngra oʻz klassida eng yaxshi sakkiz nafari finalda ishtirok etadi.

Koʻrish qobiliyati past suzuvchilar koʻrish darajasiga qarab uch toifaga boʻlinadi — S11 (mutlaqo koʻr boʻlganlar) dan S13 (zaif koʻruvchi suzuvchilar) gacha. Ushbu toifada musobaqalar quyidagi masofalarda oʻtkaziladi:
· 50, 100 va 400 metr erkin usulda,
· 100 metr chalqancha,
· 100 metr brass,
· 100 metr batterflyay,
· 200 metr individual kompleks suzish,
· 4 × 100 metr erkin usulda estafeta,
· 4 × 100 metr kompleks estafeta.
Tayanch harakatida nuqsoni boʻlganlar sportchilar uchun klassifikatsiya bir nechta omillarga asoslanadi, jumladan mushak kuchi, boʻgʻimlar harakatchanligi va/ yoki shikastlangan qoʻl yoki oyoqning uzunligiga. Sportchilar oʻz klassini aniqlash uchun suvda barcha uslublarda suzish boʻyicha tasniflash jarayonidan oʻtishlari shart. Suzuvchilar quyidagi toifalarga boʻlinadi:
· 10 ta klass (S1–S10): erkin usul, chalqancha, batterflay;
· 10 ta klass (SM1–SM10): individual kompleks suzish;
· 9 ta klass (SB1–SB9): brass usuli
Klass raqami qanchalik yuqori boʻlsa, nogironlik darajasi shunchalik past boʻladi, masalan, 1-klass katta darajadagi nogironlikka, 10-klass esa minimal darajadagi nogironlikka mos keladi.

Paralimpiya oʻyinlarida musobaqalar quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:
· 50 m va 100 m erkin usul: S1–S10
· 200 m erkin usul: S1–S5
· 400 m erkin usul: S6–S10
· 50 m chalqancha usul: S1–S5
· 100 m chalqancha usul: S6–S10
· 50 m batterflyay: S1–S7
· 100 m batterflyay: S8–S10
· 50 m brass: SB1–SB3
· 100 m brass: SB4–SB9
· 150 m individual kompleks suzish: SM1–SM4
· 200 m individual kompleks suzish: SM5–SM10
· 4×50 m estafeta — erkin usul va kompleks suzish
· 4×100 m estafeta — erkin usul va kompleks suzish
Para suzish boʻyicha musobaqa qoidalari Xalqaro Paralimpiya Qoʻmitasi sport-texnik qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan va 2023–2028-yillarga tasdiqlangan.

Klassifikatsion talablar
Suzish boʻyicha barcha funksional klasslar belgilanishi S harfi bilan boshlanadi (inglizcha swimming — “suzish” soʻzining birinchi harfi). “S” belgilanishi erkin usul, chalqancha va batterflyay boʻyicha funksional sinflarga tegishlidir. “SB” belgilanishi brass uslubi boʻyicha suzish klasslariga tegishlidir. “SM” belgilanishi esa kompleks suzish klasslariga tegishlidir.
S1 dan S10 gacha boʻlgan raqamlar tayanch-harakat apparati shikastlanishi, miya falaji, shuningdek boshqa nevrologik va lokomotor buzilishlarga ega sportchilardagi zararlanish darajasini bildiradi — maksimal darajadan (S1, SB1, SM1) minimal darajagacha (S10, SB9, SM10).
S11 dan S13 gacha boʻlgan raqamlar koʻrish qobiliyati buzilgan sportchilarning zararlanish darajasini bildiradi — maksimal (S11) dan minimal darajagacha (S13).
Sportchilar Xalqaro Paralimpiya Qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan suzish kiyimlarida musobaqalarda ishtirok etadilar. Suzish kiyimlarning sportchining nogironlik darajasiga mos kelishi uchun uning modifikatsiyasiga ruxsat beriladi.
Musobaqalarni oʻtkazish qoidalari
Start. Har bir suzish boshida hakam suzuvchilarga qisqa hushtaklar seriyasi orqali barcha kiyimlarni yechish zarurligini bildiradi, soʻngra bir uzun hushtak bilan ularni start tumbalariga (yoki ortga suzish va kombinatsiyalangan estafetalar uchun bevosita suvga sakrashga) joylashishga chaqiradi. Ikkinchi uzun hushtakdan soʻng chalqancha usulda suzuvchi va kombinatsiyalashgan estafetada qatnashuvchi sportchilar kechiktirmasdan start holatini egallashlari shart. Suzuvchilar va hakamlar startga toʻliq tayyor boʻlganda, hakam starterga qaratilgan qoʻl ishorasi bilan sportchilar endi uning nazorati ostida ekanini bildiradi. Koʻtarilgan qoʻl start signali berilguniga qadar shu holatda turishi lozim.
Start signali berilayotganda starter basseynning yon tomonida start chizigʻidan taxminan besh metr masofada joylashgan boʻlishi kerakki, sekundometrchilar start signalini koʻra va/yoki eshita olsin, suzuvchilar esa uni koʻrishlari va/yoki eshitishlari mumkin boʻlsin.
Agar suzuvchida koʻrish bilan bogʻliq muammo mavjud boʻlsa, uzun hushtakdan soʻng starterning “startga” komandasi boʻyicha yoʻnalish olishiga ruxsat etiladi.
Agar suzuvchida muvozanat bilan bogʻliq qiyinchiliklar boʻlsa, unga sonlari, qoʻli yoki qoʻl bilagidan ushlab turish orqali yordam koʻrsatilishi mumkin.
Agar S1–10 va S14 klasslaridagi suzuvchilar eshitishida muammo boʻlsa va ular start signalini eshitmasa, yordamchi xodimlar start signali oʻrnini bosuvchi imo-ishora orqali signalni berishga haqlidir.
Koʻzi ojiz va kar sportchilar uchun ham start signali faqat imo-ishora orqali beriladi.
Erkin usulda suzish. “Erkin usul” atamasi shuni anglatadiki, suzuvchi istalgan usuldan foydalanishi mumkin, biroq individual kompleks suzish yoki kombinatsiyalangan estafetada erkin usul — chalqancha suzish, brass va batterflyaydan tashqari istalgan usulni anglatadi. Suzuvchi burilishda ham, marrada ham basseyn devoriga tanasining istalgan qismi bilan tegishi kerak.
Suzish davomida suzuvchining tanasi suv sathini yorib chiqishi shart, biroq burilish paytida tananing toʻliq suv ostida boʻlishiga ruxsat etiladi, lekin start va har burilishdan keyin 15 metrdan oshmasligi kerak. 15 metrlik belgida suzuvchining boshi suv yuzasini yorib chiqishi zarur.
Chalqancha suzish. Start signalidan oldin suzuvchilar suvda start chizigʻiga qarab, sportchilarni har biri o‘zining maxsus klassifikatsiyasiga mos ravishda yuqoridagi usullarda start tutqichidan ushlab turgan holda saf tortishlari kerak. Start tutqichidan foydalana olmaydigan suzuvchilarga basseyn chetidan yoki start moslamasidan foydalanishga ruxsat etiladi.
Marrada suzuvchi ortga qaragan holatda devorga tegishi kerak.
Brass usulida suzish. Startdan soʻng va har burilishdan keyin suzuvchi tanasi suv ostida boʻlgan holda sonlarga qadar tushiriladigan bitta uzun qoʻl harakatini amalga oshirishi mumkin. Birinchi qoʻl harakatida bitta delfinsimon oyoq zarbasiga ruxsat etiladi, keyingi harakatlar esa klassik brass texnikasiga mos boʻlishi lozim.
Startdan soʻng va burilishdan keyin sportchi oyoq bilan devordan itarilgach, bitta qoʻl harakati, keyin esa brassga xos sikl bajariladi.
Agar suzuvchining qoʻllari yoki oyoqlari yoʻq boʻlsa, yoki ularning bir qismi yoʻq boʻlsa, zarba yoki qoʻl harakati toʻliq siklni ifodalashi kerak.
Koʻrishida nuqson boʻlgan sportchilar burilish yoki marraga yaqinlashganda qoʻllarini sikl tugaganidan keyin oldinga uzatishlari mumkin.
S11–12 klass suzuvchilarida arqon chizigʻi bilan toʻqnashuv tufayli sinxron tegish qiyin boʻlishi mumkin — bunda ular imtiyozga ega deb hisoblanmaydi va diskvalifikatsiya qilinmaydi.
Batterflyay usulida suzish. Startdan keyin va har bir burilishdan soʻng suzuvchining tanasi koʻkrak tomonida boʻlishi kerak. Oyoqlar bilan yon tomonga suv osti zarbalari ruxsat etiladi. Ortga burilish taqiqlangan.
Har ikki qoʻl bir vaqtning oʻzida suv ustida oldinga harakatlanib, soʻngra orqaga qaytishi kerak.
S11–12 klass suzuvchilarida arqon bilan kontaktda qiyinchiliklar boʻlishi mumkin, bu ularga imtiyoz bermaydi.
Koʻzi ojiz suzuvchi burilish yoki marrada qoʻllarini suv ostidan oldinga chiqarib yuborishi mumkin.
Agar qoʻlning bir qismi yoʻq boʻlsa, qolgan qismi, qoʻl bilan birga oldinga uzatiladi.
Qoʻl faqat suv ustida harakatlanishi shart.
Har burilish va marrada ikki qoʻl bir vaqtning oʻzida devorga tegishi kerak.
Kombinatsiyalashgan usulda suzish. 150 m individual kombinatsiyalangan suzish musobaqasida suzuvchi quyidagi tartibda uchta usulni bajaradi: chalqancha suzish, brass, erkin usul. Kombinatsiyalangan estafetada esa to‘rtta usul ketma-ket bajariladi: chalqancha suzish usuli, brass usulda suzish, butterfly usulda suzish, erkin usulda suzish. Kombinatsiyalangan estafetada S1-S5 klassidagi sportchilar ishtirok etishi mumkin. Bu sportchilarni har biri o‘zining maxsus klassifikatsiyasiga mos ravishda yuqoridagi usullarda estafetani bajaradi.
Estafeta. Estafeta jamoalari ballar boʻyicha toʻplanadigan tizim asosida baholanadi. Masalan, S6 sinfi — 6 ball, SB12 sinfi — 12 ball va hokazo. Starti suvdan boʻlishi kerak boʻlgan suzuvchi faqat avvalgi sportchi bosqichni tugatgach suvga kirishi mumkin.
Bosqichlar almashtirilganda ikki nafar tapper (tepping uchun yordamchi) kerak boʻlishi mumkin: biri suzishni yakunlovchi sportchi uchun, ikkinchisi esa estafetani qabul qiluvchi sportchi uchun. Hech qanday ogʻzaki koʻrsatmaga ruxsat etilmaydi.
Koʻzi ojiz suzuvchi yoʻlini adashtirib boshqa yoʻlakka oʻtib qolsa, u shu yoʻlakda suzishni yakunlashga haqli. Agar oʻz yoʻlagiga qaytishi zarur boʻlsa, tapper faqat sportchini aniq identifikatsiya qilgach ogʻzaki koʻrsatma berishi mumkin.
Protezlardan foydalanish tartibi; Musobaqa vaqtida har qanday protezlardan foydalanish taqiqlanadi, bundan faqatgina koʻz protezlari mustasno.