Para Osiyo o‘yinlari: hamyurtlarimiz eng kuchli ekanliklarini isbotlashda davom etmoqda

Para Osiyo o‘yinlari: hamyurtlarimiz eng kuchli ekanliklarini isbotlashda davom etmoqda


Xabaringiz bor, hamyurtlarimiz Bahrayn davlati mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Para Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishmoqda.

Bundan biroz avval para yengil atletikaning disk uloqtirish turi bo‘yicha F41 klassida ayollar o‘rtasida hamda para suzishning S8 klassida erkaklar o‘rtasida 100 metrga brass usulida suzish bo‘yicha bahslar o‘z yakuniga yetdi.

Quvonarlisi, disk uloqtirish bo‘yicha hamyurtlarimiz Nigina Husanova oltin, Kubaro Hakimova bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Nigina 21.80 metr, Kubaro esa 16.56 metr natija qayd etdi.

Para suzish bahslarida 1:27:75 daqiqa vaqt bilan hamyurtimiz Azizbek Boynazarov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Hozircha O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobida 4 ta oltin va 2 ta bronza medali mavjud. Sportchilarimizning bugungi ishtiroki davom etmoqda.


Report Page