Papilloma

Papilloma

Doctor Ismoilov

Papilloma o'zi nima?

Papilloma - virus etilogiyali teri va ichki a'zolat shilliq pardalarida hosil bo'luvchi, yaxshi sifatli o'smaga o'xshash hosila. Vaqt o'tishi bilan yomon sifatli o'smalarga aylanib ketishi mumkin. Papilloma bilan zararlanish ehtimoli ayollar va erkaklarda deyarli bir xil, faqat erkaklardan farqli ravishda ayollarda bachadon raki kabi og'ir asoratlarga sabab bo'lishi mumkin. Papilloma erkaklarda kamdan-kam hollarda aniq bir klinik belgi bilan keladi, ammo shunday bo'lsa ham bunday insonlar tashuvchilar hisoblanadi.

Papilloma

Odam papilloma virusi

Odam papilloma virusi (HPV) - papillomavirus oilasi mansub viruslar guruhi bo'lib, 5 avlodga mansub 27 tur, 170 dan ortiq shtammni o'z ichiga oladi (Alfapapillomavirus, Betapapillomavirus, Gammapapillomavirus, Mupapillomavirus ,Nupapillomavirus va h.k). Mazkur virus deyarli 90% inson organizmida mavjud bo'lib , juda ko'pchilikda hech qanday patologik holat chaqirmaydi, sababi organizm immuniteti virus faoliyatini cheklab turadi. Ular faqat tashuvchi hisoblanadi. Ammo ba'zi odamlarda ushbu virusning ayrim turlari terida, og'izda yoki jinsiy a'zolarda hosilalarning o'sishiga olib keladi. Boshqa turlari saratonga olib kelishi mumkin. Ular yuqori xavf turlari deb ataladi. Yuqori xavfli HPV turli xil saratonlarni, jumladan, ayollarda bachadon bo'yni saratonini, erkaklarda jinsiy olat va anus saratonini keltirib chiqarish ehtimoli mavjud.

Odam papilloma virusi (HPV)

Klinikasi

Yuqorida aytganimizdek, papilloma ko'pincha klinika bermaydi.

O'smasimon papillomalar teri va shilliq qavatlarda ingichka oyoqchlari yordamida birikib turadi. Konsistensiya yumshoq yoki qattiq bo'lishi mumkin. Rangi och pushtidan to'q jigarranggacha o'zgarishi mumkin.

Odam papilloma virsuning klinikasi virus turi va joylashgan joyiga ko'ra turlicha bo'lishi mumkin:

Dag'al keratinlangan yuzaga ega bo'shliqlar shaklida vulgar papillomalar shakllanishi. Ularning diametri 1 mm dan oshadi, ular bir-biri bilan birlashib, keng jarohatlar hosil qilishi mumkin. Ularning ko'rinishi tizzalar va kaftlar sohasida xarakterlidir.
Yassi papillomalar silliq yuzaga ega bo'shliqlar shaklida paydo bo'ladi. Ular terining sog'lom joylari bilan bir xil rangga ega, ammo qichishish va og'riq bilan birga keladi.
Oyoqlarda tekis yuzaga ega bo'lgan kichik shish paydo bo'lishi - plantar papillomalar. Yurish paytida ular og'riq va noqulaylik tug'diradi. Ularda juda kichik pufakchalar ko'rinishidagi hosilalar shakllanishi mumkin.
Ko'z atrofida, bo'yinda, qo'ltiq osti va qo'ltiq ostidagi mayda sariq dog'lar shaklida filiform papillomalar. Asta-sekin, ular kichik bo'shliqlardan 5-6 mm uzunlikdagi cho'zinchoq hosilalarga aylanadi. Og'iz bo'shlig'ida va lablardagi shilliq qavatlarda ham shunday papillomalar shakllanadi.
Qo'llar va oyoqlarda bir nechta qizil-jigarrang dog'li hosilalar shakllanishi Levandovski-Lyutz papillomasi hisoblanadi.
Vokal papillomalar - ovoz boylamlarida hosil bo'ladi. Ularninghosil bo'lishi nutqning buzilishiga olib kelishi mumkin. Ko'payishi esa nafas a'zolarida havoning normal aylanishiga yo'l qo'ymaydi.
Ayollarda jinsiy a'zolar va bachadon bo'yni va erkaklarda siydik yo'lida intim papillomalar uchraydi

Kasallik kelib chiqishi sabablari

  • Betartib jinsiy hayot
  • Zararli odatlar (chekish, alkogol suiiste'mol qilish, narkotik preparatlar iste'mol qilish)
  • Immunodefitsid
  • Moddalar almashinuvi buzilishi
  • Hazm qilish tizimi kasalliklari
  • Og'iz bo'shlig'i va intim zonalar gigiyenasiga e'tibor bermaslik
  • Tug'ma faktorlar - homiladorlikda onadan bolaga o'tishi
Teri papillomasi
Teri papillomasi

Diagnostika

Papillomaga tashxis qonning umumiy va biokimyoviy tahlili, biopsiya, polimer zanjir reaksiyasi va PZR diagnostikasi orqali qo'yiladi.

Davolash

Papillomani davolash har bir bemor uchun virus turiga, kasallikning darajasiga va tananing individual xususiyatlariga qarab individual ravishda belgilanadi.

Agar tashxis paytida bemorda virus aniqlangan bo'lsa, ammo klinik belgilar hali ham bo'lmasa, sitostatiklarni qo'llash bilan profilaktik terapiya buyurilishi mumkin. Ushbu terapiya virusni bir muddat "muzlatish" imkonini beradi.

Agar bemorda papillomalar bo'lsa, ularni olib tashlash mumkin. Olib tashlash usulini tanlash ularning lokalizatsiya joyiga bog'liq. Papillomalarni olib tashlash narxi usulga bog'liq bo'ladi.

Mavjud olib tashlash usullari:

papillomalarni lazer yordamida olib tashlash.
kriodestruksiya - past harorat, suyuq azot bilan zararlangan hududlarga ta'sir qilish.
elektrokoagulyatsiya - doimiy yoki o'zgaruvchan chastotali elektr tokiga ta'sir qilish.
radiopichoq - olib tashlash yuqori chastotali radio to'lqinlar ta'sirida amalga oshiriladi.
jarrohlik - qo'shni sog'lom to'qimalarning ma'lum bir qismi bilan birga olib tashlash.
Yuzdagi papilloma
Jarrohlikka tayyorgralik jarayoni
Operatsiyadan keyingi holat

Papillomalarning oldini olish

Odam papillomavirusi bilan kasallanish xavfini kamaytirish va kasallikning rivojlanishini sekinlashtirish uchun profilaktika chorasi sifatida tavsiya etiladi:

  • yomon odatlardan voz kechish
  • sog'lom turmush tarzi, jismoniy mashqlar va to'g'ri ovqatlanish
  • shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish
  • bir sherik bilan himoyalangan jinsiy aloqa

Vaktsinalar virusning ayrim turlarini rivojlanish xavfini oldini olish uchun ishlatiladi.

@Doktor_Ismoilov


KLINIK FIKRLASH KANALI:👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAEgNn_qF2q8fRVLudg



Report Page