Pandemiya davrida fond bozori imkoniyatlari

Pandemiya davrida fond bozori imkoniyatlari

Freedom Finance Uzbekistan

Dunyo miqyosidagi pandemiya jamiyat hayotida va iqtisodiyotda sezilarli o'zgarishlarga olib keldi. Fond bozori bundan mustasno bo'lmadi. Natijada, faollik va aksiyalar narxlarining pasayishi kuzatilmoqda. Biroq, agar bunga boshqacha qaralsa, biz ko'rib turgan hodisani chegirmalar va imkoniyatlar davri deb atash mumkin.

Fond bozorida chegirma nima degani? Axir, agar aksiya narxi tushib qolsa, bu yaxshimi? Bu yomon emas! Yaxshi kompaniya aksiyalari uchun past narx aslida qimmatroq turadigan ulushni adolatli narxdan arzonroq narxda sotib olish va shu bilan chegirmaga ega bo'lish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Hozir bozorda chegirmalar bormi? Aynan shu davrda, chegirmalar ikki bozorda - Amerika va O'zbek bozorlarida ham kuzatilmoqda. Agar AQSh bozorida narxlarning pasayishi koronavirus pandemiyasi tufayli yuqori sifatli aksiyalar narxlarining pasayishi bilan bog'liq bo'lsa, O'zbekistonda bu bozorning faol rivojlanishi boshlanishi bilan bog'liq.

Har qanday professional treyderdan qachon eng ko'p pul ishlaganini so'rang. 15 yildan ortiq tajribaga ega bo'lgan ko'plab mutaxassislar "2008 yildagi inqirozda" deb javob berishadi. Hozir AQSh bozorida shunga o'xshash vaziyat kuzatilmoqda. Biroq, o'tgan inqirozdan farqli o'laroq, aksariyat kompaniyalarning daromadi endi bir yildan keyin tiklanadi. Bu ularning o'sishi uchun juda yaxshi imkoniyatdir. Aynan hozirgi kunlarda Apple narxlari tarixiy maksimal darajadan 14,7%, Microsoft 10% va Facebook 17,9% ga arzonlashgan.

Bugungi kunda O'zbekiston bozorining imkoniyatlari qanday? O'zbekiston fond bozori past baholangandir, shunga ko'ra aksiyalarning o'sish imkoniyati amaldagi bozor narxining 40% - 90% ni tashkil qilishi mumkin. Bu Amerika qimmatli qog'ozlarining eng optimistik taxminlaridan ancha yuqoridir. O'zbekiston korxonalarining aksiyalari daromadliligi bo'yicha boshqa omonat va kapitalni ko'paytirish vositalarning daromadliligigan ancha jozibaliroqdir.

Hozirda mahalliy fond bozorida istiqbolli aksiyalar bo'yicha ko'plab takliflar mavjud.

Freedom Finance tahlilchilari muntazam ravishda milliy kompaniyalarni monitoring va tahlil qiladilar hamda investorlarga ularning asosiy ko'rsatkichlari va kelajakda o'sish potentsialidan kelib chiqqan holda u yoki bu kompaniyalar aksiyalarini tavsiya qiladilar.

Masalan, 2019 yil yanvar oyida investitsiya kiritish uchun tavsiya etilgan kompaniyalardan biri "Qizilqumsement" AJ bo'lib, o'sha yilning iyul oyida ularning daromadliligi 61,5% gacha ko'tarildi.

2019 yil aprel oyida investorlarga "Biokime" AJ aksiyalari bo'yicha tavsiyalar berildi, uch oydan keyin esa ularning daromaliligi 87,5% ni tashkil qildi. «O’RTXB» AJ aksiyalari bilan ham huddi shunday vaziyat, bizning tavsiyalarimizdan so'ng ularning aksiyalari 175% daromadlilikni ko'rsatdi. Eng jozibador aksiyalar ro'yxatida mamlakatning eng yirik banklaridan biri bo'lgan "O'zsanoatqurilishbank" aksiyalari ham bordir. Biz ishonamizki, ular hali to'liq salohiyatiga etmagan va hozirgi narxdan 40% ga ko'tarilish imkoniyatini ko'rmoqdamiz.

Eng maqbul investitsiya sifatida mahalliy kompaniyalarning oxirigacha baholanmagan aksiyalari bo'lishi mumkin.

Freedom Finance ekspertlar komandasi sizga foydali sarmoya kiritishga va kapitalni ko'paytirishga yordam beradi, investitsiyalarning eng mos imkoniyatlarini taqdim etadi hamda o'z tajribasi bilan ulashib sarmoya kiritish san'atini o'rgatadi.

 

Qisqa tezkor telefon: 1135

Telegram-kanal: https://t.me/FREEDOM_finance

www.ffin.uz

 

*Qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarga egalik qilish har doim tavakkallar bilan bog‘liq: qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning qiymati o‘sishi ham, tushib ketishi ham mumkin.

Report Page