PUBG MOBILE PRODYUSERI NUFUZLI PMGC GRAND FINALS TURNIRIDA KELGUSI REJALARNI OSHKOR QILDI

PUBG MOBILE PRODYUSERI NUFUZLI PMGC GRAND FINALS TURNIRIDA KELGUSI REJALARNI OSHKOR QILDI


PUBG MOBILE prodyuseri Rik Li qiziqarli yangiliklar bilan o’rtoqlashdi:

  • 3.0 versiyasi yangi qiziqarli mavzular va qurol-aslahalar bilan yangilanadi
  • Mo‘jizalar olamidagi o‘zgarishlar, jumladan, uy geympleyi joriy etiladi
  • PUBG MOBILE-ni birgalikda yaratish ekotizimiga 100 million dollar miqdoridagi sarmoya 
  • Battle Royal formatidagi qiziqarli va halol o'yinni saqlab qolish bo'yicha uzluksiz faoliyat

PUBG MOBILE prodyuseri Rik Li PUBG MOBILE Global Championship (PMGC) Grand-finali sahnasida PUBG MOBILE-ning jamoasi va uning sadoqatli hamjamiyati qanday qilib PUBG MOBILE-ni dunyodagi eng mashhur o‘yinlardan biriga aylantirish uchun birlashgani haqida gapirdi. U kelgusiga mo’ljallangan qator rejalarini oshkor qildi va o'yinning 2023 yildagi muvaffaqiyatlarini sanab o’tdi.

Rik Li yanvar oyida chiqadigan uzoq kutilgan 3.0 versiyasining yangilanishi o'yinchilarga futuristik jangchilar sifatida o'ynash va kuchli yangi qurol-aslahalar yordamida janglarda kurashish imkonini berishini aytdi. Ushbu yangilik PUBG MOBILE ijtimoiy tarmoqlarida 3.0 versiyasining yangilanishiga oid bir qator shifrlangan maslahatlar berilganidan so'ng paydo bo'ldi.

PUBG MOBILE kelajagiga nazar tashlar ekan, Li o‘yinchilarga syurprizlar tayyorlab qo’yilganini va klassik xaritalar, yangi pog’onalar va tuzilmalarga kiritilajak modifikatsiyalar, shuningdek, transport vositalari boshqaruvi, o‘zaro hamkorlik va unumdorlikni optimallashtirish bo‘yicha umumiy rejalar bo‘lishini ma’lum qildi. Metro Royale shuningdek, qor mavzusiga oid yangi xarita qo'shilishi bilan katta yangilanishga ega bo'ladi, unda ko’plab asbob-anjomlar, qiziqarli mexanika, yangi qorli ob-havo tizimi va ko’p sondagi yana ham yangi murakkab bosslar paydo bo’ladi.

Bundan tashqari PUBG MOBILE-ning shu yil boshida ishga tushirilgan Mo’jizalar olami foydalanuvchi kontenti rejimida ham muhim yangilanishlar va yangi uy geympleyi paydo bo’lishi kutilmoqda. Bu o'yinchilarga o'zlarining mitti olamlarini yaratish va do'stlarini o'yinda bir-birlarining uylariga tashrif buyurish va o'rganishga taklif qilish imkonini beradi. 

Jamoa muharrirni takomillashtirish ishlarini davom ettiradi, yanada ko'proq shablonlarni taqdim etadi va dizayn formatiga qo'yiladigan talablarni kamaytiradi, bu esa yanada ko'proq odamlarga o'zlarining ijodiy g'oyalarini amalga oshirish imkonini beradi. Rik Lining so’zlariga ko’ra, Mo’jizalar olami ishga tushirilgandan beri unga 400 000 dan ortiq yaratuvchilar qo‘shilgan va 1 milliondan ortiq kartalar chop etilgan. Bundan tashqari, Ptopia dizayn- loyihalarini birgalikda yaratish dasturi doirasidagi ishlar soni bu yil 500 000 dan oshdi. Rivojlanayotgan va qimmatli dasturchilar hamjamiyatini qo'llab-quvvatlash uchun Li PUBG MOBILE Mo’jizalar olami ekotizimiga 100 million dollar sarmoya kiritishini va 10 million dollarlik moliyaviy qo'llab-quvvatlash rejasini joriy etishini e'lon qildi.

Onlayn firibgarlik va nomunosib hulq-atvorga qarshi kurash PUBG MOBILE faoliyatining muhim tarkibiy qismidir. O'yinga o'zlarini baxshida etgan tadqiqotchilar shu yilning o'zida milliondan ortiq tekshiruvlarni amlga oshirganlar. Gold Investigator toʻplami ularga uzluksiz faoliyatlari uchun PUBG MOBILE-ning minnatdorchiligini bildirish maqsadida yaratilgan. Lining ta'kidlashicha, tegishli ekspertiza va real vaqt rejimida aniqlash qo’shma texnologiyalarini joriy etish qoidabuzarliklar uchun 14 million akkaunt va 350 000 qurilmani bloklab qo’yish imkonini bergan.



Report Page