#PSIXOLOGIK_TEST

#PSIXOLOGIK_TEST

@PSIHOLOGRAM

Rasmda qaysi hayvonni aniqroq ko‘rayabsiz?



Har bir inson ko‘proq yoki kamroq miqdorda namoyon bo‘ladigan o‘z ichki kuchi bor. Ichki kuchlari sharofati bilan inson muvaffaqiyatli bo‘lishi, o‘z hayotida ko‘p narsalarga erishishi mumkin. Keling sizning ichki kuchingiz qanday ekanligini aniqlaymiz? Ushbu rasmda qaysi hayvonni aniqroq ko‘rayotganingizni aniqlang va o‘z tanlavongiz izohini o‘qing.👇

1. Fil 🐘

Agarda siz boshqa hayvonlarga nisbatan ushbu aqlli va kuchli hayvonni aniqroq ko‘rgan bo‘lsangiz bu sizni o‘ziga xos noyob tabiatingizni namoyon qiladi. Siz ayni paytingizda dono, mulohazali va sabrli, yetuk insonsiz, bu esa odatda ancha katta yoshdagi insonlarga xos. Siz haqiqatan ham kamyob insonsiz. Siz o‘zingizga yaqin bo‘lgan insonlaringizni ilhomlantirish, qo‘llab-quvvatlash, motivatsiya berishga qodirsiz va bu ularning hayotlaridagi yaxshi ishlariga xizmat qiladi. Siz o‘z kuchingizga yanada ko‘proq ishonishingiz kerak, ko‘proq lider sifatida o‘zingizni namoyon qilishga intiling va o‘z fikringizda qat‘iy turing-bu barcha uchun hayrli bo‘ladi.

2. Sher 🦁

Siz juda ahamiyatki ichki kuchga egasiz, u odatda favqulodda vaziyatlarda, inqirozli holatlarda namoyon bo‘ladi. Siz zarur bo‘lganda tez va qat‘iy qarorlarni qabul qilishga va chaqmoq tezligida ularni amalga oshirasiz qodirsiz. Siz katta qismni asrab qolish uchun kichigini qurbon qila olasiz. Qarorlarni so‘ngi daqiqada emas, doimo qabul qilish zarur va o‘z hissiyotlaringizni jilovlay olishingiz kerak - uni hamma ham ko‘tara olmasligi mumkin.

3. Kiyik 🦌

Siz oliyjanob insonsiz, siz o‘z qadr-qimmatingizga egasiz. Insonlarga nisbatan xushmuomilasiz. Sizga yolg‘on va agressiya xos emas. Har qanday vaziyatda ham siz adolatli, ochiq va obyektiv pozitsiyani egallaysiz. Vaziyat shuni talab qilsa ham o‘z prinsiplaringiz doirasidan chiqib ketmaysiz. Qaror qilishdan avval siz uni obdon o‘ylab, mantiqqa tayanasiz. Inqirozli vaziyatlarda har qanday jiddiy harakatlardan nari bo‘lish va o‘z ichki dunyosini asrashi zarur.

4. Quyon 🐇

Quyon - bu yangi boshlanish, umid va imkon. Bu ijod, erkinlik va baxt. Siz qat‘iyatli insonsiz, har qanday to‘siqlarni yengishga qodirsiz, o‘zingiz uchun qadrli bo‘lgan narsa uchun kurashishib, voqealar rivojida ma‘qulroq variant paydo bo‘lganda esa hammasini tashlab unga og‘ib ketishingiz mumkin. Siz hissiyotlarga beriluvchan va beqaror insonsiz. Siz - nima qilishingizni oldindan aytib bo‘lmaydigan insonsiz, aynan shu sizning ichki kuchingizdir. Siz egilishingiz mumkin, ammo sinmaysiz. Kamdan-kam ruhingiz cho‘kadi, doimo yangi yo‘llarni izlaysiz va nostandart yechimlarni topasiz. Muhim masalaning barcha yechimini ko‘rish va siz uchun eng maqbulini tanlashingiz uchun qaror qilishdan avval biroz mulohaza qilish zarur.

@PSIHOLOGRAM

Report Page