PROXY haqida. [@TGraphUz]

PROXY haqida. [@TGraphUz]

TGraphUz
By @SindorbekUz

Menimcha ko'pchilik VPN haqida biladi. Chunki O'zbekistonda YouTube va shunga o'xshash boshqa tarmoqlar bloklangan paytda hamma VPN'dan foydalanish yo'lini qo'llab ko'rgandi.

Proxy ham VPN. U sizning IP adresingizni o'zgartirib ko'rsatadi. U yordamida qayerdalingizni o'zgartirishingiz mumkin. Masalan, Amerika serveridan foydalansangiz sizning IP adresingiz shunga mos Amerikani ko'rsatadi. Bu juda sodda!

Yanayam sodda qilib tushuntirsam, bu qimirlamasdan ko'chishdek gap :)

Proxy nega aynan Telegram'da?

Chunki, Telegram ko'plab davlatlarda blok holatiga tushib qolmoqda. Bloklandi degani esa Internetingiz ishlasada Telegram ishlamaydi, foydalanib bo'lmaydi degani!

Doimiy boshqa dasturdan VPN'ga ulanib turish esa qanaqadir noqulay ;) ularda server ham kam :)

Yechim esa Telegramni o'zida Proxy'ni qo'llab-quvvatlash edi. Hozirda Telegramdan foydalanayotganlarning tahminimcha 20% dan ko'pchiligi proxydan foydalansa kerak!

Lekin, deyarli barcha proxy'lar vaqtinchalik, doimiy emas hisoblanadi. Proxy ishlamay qolsa bunga hech kim javobgar emas.

Hullas Proxyning asl maqsadi IP'ni o'zgartirish va shu yo'l bilan Blok'ni chetlab o'tish.

O'zbekistonda esa Proxyga hojat yo'q ;)

Proxy'ga ulanish

Quyidagi ketma ketliklarni bajaring va Proxyni ishga tushuring:

O'zingizga kerakli proxyni tanlang.
"Mavjud" so'zi chiqsa demak proxy ishlaydi. "Proksini ulash" tugmasini bosing.
Tepada "check" belgisi chiqdi. Biz proxyga ulandik :)

Mana shunday qilib proxyga ulanamiz. Proxy esa biron bir kanalni vaqtinchalik chatlar ro'yhatida ko'rsatib turishi mumkin!

Sizga o'zim bilganlarni yozdim. Proxy haqida ham oz-moz bilib oldik :)

Report Page