PROMOTORS SHOW

PROMOTORS SHOW

Samarqand viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi matbuot xizmati


PROMOTORS SHOW SAMARKAND


Ilk marotaba «SOF EXPO Samarqand» markazida shu yilning 17dan-19-iyuniga

qadar avtomobil sanoati mutaxassislari uchun unutilmas tadbirlardan biri

“PROMOTORS SHOW SAMARKAND 2022” xalqaro ko‘rgazma-festivali bo’lib o’tadi.

«SOF EXPO Samarqand» markazi mahalliy va xorijiy avtomobilsozlik ishlab

chiqaruvchilarining eng soʻnggi ishlanmalari taqdimoti uchun samarali,

hamda qulay maydoncha boʻlib, bu yerda mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar o’z

avtomobillari (dizel, benzin, elektromobillari), avto ehtiyot qismlari,

xizmat koʻrsatish uskunalarini taqdim etadilar. Shu bilan bir qatorda,

ko’rgazmadan avtomobil yuvish, avtokimyo, avtomobil moyi, shinalar,

g'ildiraklar, shovqinni izolatsiyasiyalovchi materiallar, o'rindiqlar, avtomobil audio va

boshqa avto ehtiyot qismlari o’rin olgan.

Ushbu ko’rgazma festivalda mototsikllar, kvadrosikllar, oziq-ovqat yuk mashinalari,

uzoq safar uchun mo’ljallangan mashinalar, velosipedlar va boshqa bir

qator boshqa rusmdagi atomashinalar ham namoyish etiladi. Avtomobil tyuning

kompaniyalari o'z ijodlarini alohida stendlarda taqdim etadilar!! Ko‘rgazmadan

2 kun oldin avtomobillarni sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan, unda superkarlar

shaharning diqqatga sazovor joylarida bo’lib, ularning fonida suratga olinadi.

Ko‘rgazma dasturi doirasida superkarlar, retrokarlar va tyuninglangan avtomobillar,

drift-shou, avtoulovlar bo‘yicha musobaqalar, avtomobil auksionlari va

boshqa bir qator tadbirlarni namoyish etish rejalashtirilgan. Xohlovchilar

sotiladigan avtomobillarni sinovdan o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

MEHMONLAR

Ko'rgazma keng professional auditoriyani o’zida jamlaydi:

avtokomponentlar ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar, ehtiyot qismlar,

butlovchi qismlar, avtokimyo, lakbo'yoq mahsulotlari, transport vositalariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash uchun uskunalar sotuvchilardan tortib avtoservislar,

tyuning studiyalari, sug'urta vakillarigacha. Kompaniyalar, federal va

shahar hokimiyatlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari. Tadbir

butun Markaziy Osiyodagi blogerlar tomonidan televidenie va radio orqali

targ'ib qilinadi. Shuningdek, mamlakat avtomobil bozorlarida eʼlonlar

joylashtiriladi, flayer va plakatlar tarqatiladi, butun Markaziy Osiyo

boʻylab qiziqarli videorolik taqdim etiladi.

Ushbu shouga 10 mingdan 30 minggacha mehmon tashrif buyurishi

rejalashtirilgan.

“PROMOTORS SHOW SAMARQAND 2022” avtomobilsozlik sanoatidagi

muhim voqea ekanligini tasdiqlaydi.

Ishtirokchilar birinchilardan bo‘lib yirik ishlab chiqaruvchilar va yetkazib

beruvchilarning avto olamdagi eng so‘nggi uskunalari va materiallar bilan

tanishadilar, shu bilan bir qatorda yangi biznes aloqalarini o‘rnatadilar.

BIZ BILAN BOG'LANINGBIZ BILAN BOG'LANINGKontaktlar

+998 55 705 0 705 | +998 97 919 31 17

info@sofexpo.uz

Web: www.sofexpo.uz

Facebook: https://www.facebook.com/sofexpo.uz/

Instagram: https://www.instagram.com/sofexpo.uz/

Telegram: https://t.me/sofexpo

Ko’rgama markazining manzili:

Samarqand viloyat, Jomboy tumani, Dehqonobod MFY

"PROMOTORS SHOW SAMARKAND" 2022 avtomobil sanoati xalqaro

koʻrgazmasida koʻrishguncha!

Report Page