PREZIDENT MAKTABLARI

PREZIDENT MAKTABLARI

Jo‘rabek Jahon


Prezident maktablariga sinflar kesimida bo‘sh o‘rinlarga o‘quvchilarni qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

✔ 6-sinflar uchun:

o‘tgan o‘quv yilida 5-sinflar uchun o‘tkazilgan ikkinchi bosqich imtihon natijalari asosida o‘quvchilarning egallab turgan o‘rinlar ketma-ketligi asosida qabul qilinadi.

✔ 7-sinflar uchun:

6-sinfni matematika, tabiiy fan (science), ingliz tili fanlaridan yillik a’lo baholarga tamomlagan, ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan o‘tganlik to‘g‘risidagi tasdiqlangan sertifikatiga (kamida IELTS 4,0 / TOEFL iBT 41, PBT 400 / milliy CEFR B1 yoki analog) ega o‘quvchilar orasidan quyidagi fanlaridan imtihon topshiradi:

➖ matematika fanidan 40 ta;

➖ tabiiy fan (science) dan 40 ta test savollari beriladi.

Kirish imtihonlari yakunlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida teng natijalar yuzaga kelganda quyidagilar ustunlikka ega bo‘ladi:

1-darajali (matematika) fanidan yuqori ball to‘plaganlar;

2-darajali tabiiy fan (science) dan yuqori ball to‘plaganlar.

✔ 8-sinflar uchun:

7-sinfni matematika, fizika, biologiya, kimyo va ingliz tili fanlaridan yillik a’lo baholarga tamomlagan, ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan o‘tganlik to‘g‘risidagi tasdiqlangan sertifikatiga (kamida IELTS 5,0 / TOEFL iBT 50, PBT 470 / milliy CEFR B2 yoki analog)ga ega o‘quvchilar quyidagi fanlaridan imtihon topshiradi:

➖ matematika fanidan 40 ta;

➖ fizika fanidan 20 ta;

➖ biologiya fanidan 10 ta;

➖ kimyo fanidan 10 ta test savollari beriladi;

✔ 9-sinflar uchun:

8-sinfni matematika, fizika, biologiya, kimyo va ingliz tili fanlaridan yillik a’lo baholarga tamomlagan, ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan o‘tganlik to‘g‘risidagi tasdiqlangan sertifikatiga (kamida IELTS 5,5 / TOEFL iBT 65, PBT 500 / milliy CEFR B2 yoki analog) ega o‘quvchilar quyidagi fanlaridan imtihon topshiradi:

➖ matematika fanidan 40 ta;

➖ fizika fanidan 20 ta;

➖ biologiya fanidan 10 ta;

➖ kimyo fanidan 10 ta test savollari beriladi.

✔ 10-sinflar uchun:

9-sinfni matematika, fizika, biologiya, kimyo va ingliz tili fanlaridan yillik a’lo baholarga tamomlagan, ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan o‘tganlik to‘g‘risidagi tasdiqlangan sertifikatiga (kamida IELTS 6,5 / TOEFL iBT 79, PBT 550 / milliy CEFR C1 yoki analog) ega o‘quvchilar quyidagi fanlaridan imtihon topshiradi:

➖ matematika fanidan 40 ta;

➖ fizika fanidan 20 ta;

➖ biologiya fanidan 10 ta;

➖ kimyo fanidan 10 ta test savollari beriladi.

7-10-sinflarda kirish imtihonlari yakunlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida teng natijalar yuzaga kelganda quyidagilar ustunlikka ega bo‘ladi:

1-darajali (matematika) fandan yuqori ball to‘plaganlar;

2-darajali (fizika) fandan yuqori ball to‘plaganlar;

3-darajali (biologiya, kimyo) fandan yuqori ball to‘plaganlar.

Yuqoridagi barcha holatlarda o‘quvchilar ko‘rsatkichlari teng bo‘lgan taqdirda, ular tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq o‘quvchiga ustunlik beriladi.

Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, o‘quvchilarga qabul komissiyasi tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.

✔ 11-sinflar uchun:

10-sinfni matematika, fizika, biologiya, kimyo va ingliz tili fanlaridan yillik a’lo baholarga tamomlagan, ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan o‘tganlik to‘g‘risidagi tasdiqlangan sertifikatiga (kamida IELTS 6,5 / TOEFL iBT 79, PBT 550 / milliy CEFR C1 yoki analog) ega bo‘lgan hamda xalqaro AS-LEVEL sertifikati qo‘lga kiritgan o‘quvchilar qabul qilinadi.

Bunda o‘quvchilar xalqaro (International Advanced Levels) dasturlarning matematika, fizika, kimyo, biologiya va kompyuter ta’limi fanlarining kamida uchtasidan AS-LEVEL sertifikatlarining “c” (AS-LEVELning baholash darajasi) va undan yuqori darajasiga ega bo‘lishi kerak.

Yuqoridagi barcha holatlarda o‘quvchilar ko‘rsatkichlari teng bo‘lgan taqdirda, ular tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq o‘quvchiga ustunlik beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Report Page